“Bir necha davlat tuhfasiga teng xazina”

“Bir necha davlat tuhfasiga teng xazina”

Ashtarxoniylar sulolasidan boʻlgan Abdulaziz Muhammadxon (1645 – 1681) oʻz  huzuriga Hoji Yodgorni chorlab, Hofiz Sheroziy devonini chiroyli husnixatda koʻchirishni amr qiladi.

Hoji Yodgor devonni koʻchirish uchun oz emas, koʻp emas, yetti yil vaqt sarflaydi. Buyurtma risoladagidek ado etiladi.
Bu orada Buxoro xoni Eron davlatiga elchilarini joʻnatish taraddudiga tushadi. Shu davlat hukmdori Sulaymon Safiyga atalgan qimmatbaho sovgʻalar qatorida Hoji Yodgor tomonidan koʻchirilgan Hofiz Sheroziy devoni ham bor edi.
Karvon uzoq yoʻl bosib, manzilga yetadi. Elchilarga hurmat – ehtirom koʻrsatiladi.
— Eron shohi devonni qoʻliga olar ekan, xattotlik sanʼatining yuksak namunasi boʻlgan bu kitobga “Bir necha mamlakat tuhfasiga teng xazina”, deb baho beradi, — deydi Buxorodagi Mir Arab oliy madrasasi mudarrisi, manbashunos Abdulgʻafur Razzoqov. — Ha, qadimda ajdodlarimiz ana shunday bebaho maʼnaviy  xazinalarning  ijodkori sifatida obroʻ-eʼtibor topishgan.
Hoji Yodgorga kelsak, u Buxoro xattotlik maktabining  tengsiz vakillaridan sanaladi. Manbalarda aytilishicha, Hoji Yodgor ustozi Mirhusayn Kashmiriydan xattotlik sanʼati sirlarini oʻrgangan.Mahoratiga tan berib, uni “Ikkinchi Mirali” deb atashgan ekan.Gap shundaki, ushbu maktabga tamal toshi qoʻyib, el – yurt orasida dong taratgan ajdodlarimizdan biri Mirali Hiraviy ( vafoti 1557-yil) edi.
Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi”


Абдулазиз Мухаммадхан (1645-1681) из династии Аштарханидов вызвал к себе Хаджи Ёдгора и приказал ему красиво каллиграфически скопировать диван Хафиза Шерози.

Хаджи Йодгору потребуется семь лет, чтобы переселить девонов. Заказ выполнен как в брошюре.
Тем временем бухарский хан решил отправить послов в Иран. Среди ценных подарков, адресованных правителю этого государства Сулейману Сефи, был кабинет Хафиза Шерози, скопированный Хаджи Йодгором.
Караван проходит долгий путь, чтобы добраться до места назначения. Послов уважают.
«Когда король Ирана захватил девон, он назвал эту книгу, шедевр каллиграфии, «сокровищем, равным дару нескольких стран», — сказал Абдулгафур Раззоков, учитель средней школы «Мир Араб» в Бухаре. — Да, в древности наши предки слыли создателями таких бесценных духовных сокровищ.
Что касается Хаджи Ёдгора, то он является одним из непревзойденных представителей бухарской школы каллиграфии. Согласно источникам, Хаджи Ёдгор научился секретам каллиграфии у своего учителя Мирхусейна Кашмири.
ИСТАМ ИБРОГИМОВ,
«Народное слово»

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: