Kasbiy mahorat uchun attestatsiyaga 20 bal kim tomonidan beriladi?

Kasbiy mahorat uchun attestatsiyaga 20 bal kim tomonidan beriladi?

❓Savol: Pedagoglarni pedagogik mahorati uchun attestatsiyaga beriladigan maksimal 20 balni kim tomonidan qanday beriladi?

❗️Javob: Nizomning 34-bandi Birinchi bosqichda pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi ta’lim tashkilotining pedagogik (kuzatuv) kengashlari tomonidan o‘rganiladi hamda mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq baholash mezonlari asosida 20 ballik tizimda baholanadi.

Manfaatdor vazirliklar va idoralar pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq baholash mezonlari asosida o‘rganish va baholash uchun o‘zining tizimidagi muassasalarni yoki mazkur faoliyatni amalga oshirishga ixtisoslashgan boshqa tashkilotlarni, shuningdek mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilishlari mumkin.

Pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi ma’lumotnomaga kiritilib, ta’lim tashkiloti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holda Ta’lim inspeksiyasiga topshirish uchun pedagog kadrlarga taqdim etiladi.

Pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma attestatsiyadan o‘tish uchun hujjat topshirish boshlangan sanaga qadar ko‘pi bilan to‘rt oy muddat ichida berilgan bo‘lishi lozim.

P.S. Pedagogik (kuzatuv) kengashlari tomonidan o‘rganilib baholanadi hamda natijalari ma’lumotnomaga kiritilib, ta’lim tashkiloti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holda o‘qituvchiga beriladi.


❓Вопрос: Кто ставит максимальные 20 баллов за педагогическое мастерство учителей?

❗️Ответ: Пункт 34 Положения На первом этапе педагогическое мастерство и психологическая подготовка педагогов изучаются педагогическими (наблюдательными) советами организации образования и оцениваются по 20-балльной шкале на основании критериев оценки, указанных в приложении 5. к настоящему Регламенту.

Соответствующие министерства и ведомства могут привлекать учреждения своей системы или иные организации, специализирующиеся на данной деятельности, а также местных и зарубежных экспертов для изучения и оценки педагогического мастерства и психологической подготовки педагогов согласно приложению 5 к настоящему Положению.

Результаты оценки педагогического мастерства и психологической подготовки учителей вносятся в справочную форму согласно приложению 6 к настоящим Правилам, подписываются руководителем образовательного учреждения и представляются учителям для представления в Инспекцию образования.

Сертификат по результатам оценки педагогического мастерства и психологической подготовки должен быть представлен в течение максимум четырех месяцев с даты подачи заявки на аттестацию.

P.S. Его изучают и оценивают педагогические (наблюдательные) советы, а результаты заносят в справочник и выдают учителю за подписью и печатью руководителя образовательного учреждения.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 7
  1. Sevinch

    savollar juda yaxshi tayyorlangan :

  2. zilola

    sdfgm

    1. Elyor

      Toifa

  3. zilola

    sdfgm :oops: :oops: :oops: :oops: :o :mrgreen: :mrgreen: :mrgreen:

  4. Elyor

    :idea:

  5. Meliyeva setora

    J :arrow:

  6. M.Qazoqova

    Bola parvarishida boʻlgan pedagoglar oʻz xoxishiga koʻra attestatsiyadan oʻtishlari mumkinmi.agar mumkin boʻlsa ularga pedagogik va psixologik mahorati uchun ball qoʻyiladimi yoki 0 ball qoʻyib berilsa ham boʻladimi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: