Har yili 100 nafar xotin-qizning to‘lov-kontrakti hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi

Har yili 100 nafar xotin-qizning to‘lov-kontrakti hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi

Hukumat qarori (577-son, 17.09.2021 y.) bilan Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🎓 Nizomga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab har yili o‘zlarining hududlaridan o‘qishga kirgan 25 nafardan hamda 2-4-kurslarda o‘qiyotgan 75 nafar (har bir kursdan – 25 nafardan), jami 100 nafar xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt summasini to‘rt o‘quv yilining yakunlanishiga qadar to‘lab beradi.

☑️ Moliyaviy barqaror davlat OTM tomonidan ularning kengashlari qaroriga muvofiq, 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi o‘quv yilida bepul o‘qitiladi.

Bunda talabgorlarning keyingi o‘quv yillari uchun ta’lim kreditlari rasmiylashtiriladi. Hokimliklar o‘z hududlaridagi talabgorlar uchun uchinchi shaxs kafilligini beradi hamda o‘qishni tamomlagandan so‘ng ularni ish joyi bilan ta’minlaydi.

🔰 Talabgorlarni tanlab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

👉 otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar;
👉 boquvchisi yo‘q ehtiyojmand yolg‘iz ayollar.

Bunda yuqoridagi mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab ijtimoiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotnomani har yili 10 kun ichida OTM qabul komissiyasiga taqdim etadi.

📝 Davlat OTM 5 kun mobaynida ro‘yxatni shakllantirib, hokimliklarga yozma ravishda ma’lumotlarni yuboradi.

🧾 Shunga ko‘ra, Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash komissiyasi 15 kunda (lekin har o‘quv yilida 15 sentabrdan kech bo‘lmagan muddatda) talabgorlar ro‘yxatini hamda shartnomani imzolash bo‘yicha xulosalarni davlat OTMga yozma ravishda kiritadi va belgilangan tartibda shartnomalarni rasmiylashtiradi.

📌 Mazkur tartib to‘lov-kontrakt asosida davlat OTM bakalavriatiga (kunduzni, sirtqi, kechki ta’lim shaklidan qat’i nazar) talabalikka tavsiya etilgan hamda 2-4 kurslarda tahsil olayotgan talabgorlarga qo‘llaniladi.

🚫 Quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

➖ ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etgan talabgorlarga;
➖ O‘zbekistonda joylashgan xorijiy OTM yoki ularning filiallari, nodavlat ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga;
➖ oliy harbiy ta’lim muassasalariga.

❕Talabgorlar joriy o‘quv yili davomida OTMni yoki ta’lim yo‘nalishini o‘zgartirsa yoxud talabalar safidan chetlashtirilsa mazkur imtiyozdan foydalanib bo‘lmaydi.

✅ Talabgorlarni tanlab olish natijalari “Aziz-ayol.uz” Yagona interaktiv milliy platformasi orqali e’lon qilinadi.


Постановлением Правительства (№ 577 от 17.09.2021) о порядке материального обеспечения получения высшего образования малообеспеченным девушкам, потерявшим родителей или одного из них, одиноким женщинам, не имеющим кормильца Устав утвержден.

🎓Согласно Уставу, Советом Министров Республики Каракалпакстан, областным и Ташкентским городским хокимиятами с 2021/2022 учебного года ежегодно осуществляется набор 25 студентов со своих территорий и 75 студентов на 2-4 курсы (с каждого курса — 25 чел.), всего 100 женщин выплатят контрактную сумму до конца четырех учебных лет.

☑️ До 50 женщин получат бесплатное образование в первый учебный год финансово устойчивым государственным высшим учебным заведением в соответствии с решением их советов.

В этом случае абитуриентам будет выдан образовательный кредит на следующий учебный год. Правительства предоставляют сторонние гарантии абитуриентам в своих областях и предоставляют им работу по окончании учебы.

🔰 Отбор претендентов осуществляется по следующим критериям:

👉 нуждающиеся девочки, у которых умер отец или мать, или они оба;
👉 Одинокие нуждающиеся женщины без кормильца.

При этом женщины, соответствующие вышеуказанным критериям, должны представить справку о социальном статусе в Приемную комиссию Университета в течение 10 дней каждого года со дня публикации результатов тестирования.

📝 Государственный университет в течение 5 дней составит список и направит информацию властям в письменном виде.

🧾 Соответственно, Комиссия по финансовому обеспечению высшего образования для малообеспеченных девушек, потерявших одного из родителей или одного из них, одиноких женщин без кормильца, в течение 15 дней (но не позднее 15 сентября каждого учебного года) в установленный срок. ) список поступающих и заключение о заключении договора представляются в письменной форме в государственное высшее учебное заведение и договоры оформляются в установленном порядке.

📌Данный порядок распространяется на абитуриентов, рекомендованных для поступления на бакалавриат в государственный вуз (независимо от формы очной, заочной, вечерней) и обучающихся во 2-4 классах.

🚫 Не распространяется на:

➖ поступающие на второе и последующие высшие образования;
➖ Иностранные вузы, расположенные в Узбекистане или их филиалы, предприятия, оказывающие негосударственные образовательные услуги;
➖ высшие военные учебные заведения.

❕Эта льгота недоступна, если абитуриенты меняют вуз или специальность в течение текущего учебного года или были отчислены.

✅ Результаты отбора кандидатов будут объявлены через Единую интерактивную национальную платформу «Aziz-ayol.uz».

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Uzoqova Nargiza

    uzoqova Nargiza

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: