Jizzaxda maktab o‘quvchisi homilador ekanligi ma’lum bo‘ldi

Jizzaxda maktab o‘quvchisi homilador ekanligi ma’lum bo‘ldi

Do‘stlik tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 14-umumta’lim maktabi o‘quvchilaridan biri A.Aliyeva (ism-shariflari o‘zgartirilgan) Do‘stlik tuman tibbiyot birlashmasida 2020 yil yanvar oyida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganida unda xomiladorlik alomatlari aniqlangan.

Holat bo‘yicha o‘sha vaqtning o‘zida tuman IIBga xabar berilgan va IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilib, natijasiga ko‘ra biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat a’lomatlari bo‘lmaganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Bundan tashqari, Do‘stlik tuman prokuraturasi tomonidan Aliyevaning xomiladorligi holati yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2010 yildagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra, tuman Xalq ta’limi bo‘limiga kiritilgan taqdimnomaga asosan 14-umumta’lim maktabining 4 nafar mansabdor shaxslariga intizomiy jazo qo‘llanilgan.
Shu bilan birga, voyaga yetmagan Aliyeva va Odilovlarning onalari o‘z farzandlariga ta’lim-tarbiya bermaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, taraflar o‘zaro turmush qurish istagini bildirganliklari sababli Oila kodeksi talablariga asosan ularning nikoh yoshini qisqartirish to‘g‘risida tuman hokimining tegishli qarori qabul qilingan.
Hozirda videomurojaatda qayd etilgan fuqaro Z.D.ga XTB mudiri mablag‘ taklif qilganligi holati yuzasidan Do‘stlik tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: