Jizzaxda o‘quvchi qiz dars paytida to‘satdan vafot etdi

Jizzaxda o‘quvchi qiz dars paytida to‘satdan vafot etdi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumta’lim maktabida o‘quv yili boshlanganining birinchi kunida kutilmagan hodisa yuz berdi. Maktabning 9-sinf o‘quvchisi (qiz bola) dars vaqtida to‘satdan vafot etdi.

Bu haqda “Zamon” informasion dasturida xabar qilindi.
Hodisa 3-soatda Informatika darsida yuz bergan. Dars tugashiga 15 daqiqa qolganda o‘quvchi xushidan ketgan. Dars o‘tayotgan ikki o‘qituvchi boshqa o‘quvchilarni sinfdan chiqarib, xushidan ketgan o‘quvchini hamshiraga olib borishgan, shifokorlar ham yetib kelgan.
Maktab direktori o‘rinbosari Dilnoza Hatamovaning so‘zlariga ko‘ra, dars vaqtida vafot etgan 9-“V” sinf o‘quvchisi ertalab maktabga kelganda uning holati juda yaxshi bo‘lgan. Tana harorati ham joyida bo‘lgan. Barcha o‘quvchilar qatorida antiseptik vositalar bilan zararsizlantirilgan.
Shu kuni “Xavaslik” Qishloq vrachlik punkti shifokoralari 1-sinf o‘quvchilarini emlash uchun maktabga kelgan bo‘lgan. Ular xushidan ketgan o‘quvchi qizga birinchi yordam ko‘rsatishgan.
Voqea joyida bo‘lgan QVP shifokori Shahboz Usmonov qizda birinchi hayotlik belgilarini tekshirib, hech qanday belgi ko‘rinmagan bo‘lsa-da, unga o‘pka-yurak reanimasiyasini amalga oshirgan. 15 daqiqalik reanimasiya harakatidan keyin ham bemorda hayotlik belgilari tiklanmagan. Bundan tashqari, o‘quvchi qizga tashqi yurak massaji qilingan va sun’iy nafas berib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ammo buning foydasi bo‘lmagan.
Qayd etilishcha, ayni vaqtda o‘quvchi qizning to‘satdan vafot etishi yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan surishtiruv va ekspertiza ishlari olib borilyapti.


Неожиданный инцидент произошел в первый день учебного года в 11-й общеобразовательной школе Шароф-Рашидовского района Джизакской области. Ученица 9-го класса (девочка) внезапно скончалась во время урока.

Об этом сообщает информационная программа «Замон».
Инцидент произошел в 3 часа ночи на уроке информатики. За пятнадцать минут до окончания занятия студент потерял сознание. Двое учителей вывели других учеников из класса и отнесли потерявшего сознание ученика к медсестре, после чего прибыли врачи.
По словам заместителя директора школы Дильнозы Хатамовой, 9-классник, погибший во время урока, утром пришел в школу в очень хорошем состоянии. Температура ее тела была нормальной. Все студенты были продезинфицированы антисептиками.
В этот же день в школу приехали врачи Сельскохозяйственного центра «Хаваслик» для вакцинации первоклассников. Они оказали первую помощь потерявшему сознание студенту.
Присутствовавший на месте врач КВП Шахбоз Усманов осмотрел девушку на наличие первых признаков жизни и провел сердечно-легочную реанимацию, хотя признаков не было. Даже после 15 минут реанимации у больного не восстановились жизненные функции. Кроме того, студент получил наружный массаж сердца, искусственное дыхание и первую помощь. Но это не помогло.
Сообщается, что в настоящее время правоохранители расследуют внезапную смерть школьницы.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: