Uddaburon talabalarga jinoiy ish ochildi

Uddaburon talabalarga jinoiy ish ochildi

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan tashkilot sertifikatini qalbakilashtirib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslar qo‘lga olindi.

Bu haqda bosh prokratura Daryo nashriga xabar bergan.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida fuqarolar S.A., F.Y. va X.A. test sinovlari majmuasiga chet tili fani kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va sertifikatning muayyan darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball berilganligidan foydalanish maqsadida, www.abitur.dtm.uz sayti orqali chet el vakolatli xayriya organining O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan tashkiloti sertifikatini qalbakilashtirib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga hujjat topshirgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.A., F.Y. va X.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1 va 3-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Задержаны лица, подделавшие аттестат организации, зарегистрированной в Узбекистане, и подавшие документы на получение степени бакалавра.

Об этом Дарье сообщили в Генпрокуратуре.
Сообщается, что Юнусабадское районное отделение управления при Генпрокуратуре провело доследственную проверку по запросу Государственного испытательного центра при Кабинете министров.
В ходе расследования граждане С.А., Ф.Ю. и К.А. Для того, чтобы воспользоваться тем, что абитуриентам, подавшим документы на получение степени бакалавра по иностранному языку, включенному в набор тестов и имеющим определенный уровень сертификата, выставляется максимальный балл по этому предмету без экзаменов, пожалуйста, посетите сайт www.abitur .dtm.uz Выяснилось, что он подделал свидетельство организации, зарегистрированной в Узбекистане, и подал заявление на получение степени бакалавра.
При этом С.А., Ф.Ю. и Х.А., по статье 228, части 1 и 3 УК РФ (изготовление, подлог, сбыт или использование документов, штампов, печатей, бланков) и находятся под следствием.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: