Qashqadaryoda maktab direktori o‘zini osdi. U o‘limidan oldin tilxat qoldirgan

Qashqadaryoda maktab direktori o‘zini osdi. U o‘limidan oldin tilxat qoldirgan
Telegramda o'qish

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida maktab direktori o‘z joniga qasd qildi. U o‘limidan oldin 3 nusxada tilxat yozib qoldirgan.

Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib Qalampir.uz nashri xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Kitob tumani, “Bog‘bon” MFY, Yangiqishloq qishlog‘ida yashovchi fuqaro E.L. va boshqalar joriy yilning 8 sentyabr kuni tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, jiyani N.T. o‘z joniga qasd qilganligini bildirib, aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur murojaat shu kuni tuman prokuraturasining jinoyatga oid ariza va xabarlarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd qilinib, tuman prokuraturasi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan.
Aniqlanishicha, Kitob tumani, “Bog‘bon” MFY, Yangiqishloq qishlog‘ida yashagan N.T. tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 13-sonli maktab direktori lavozimida ishlab kelgan. 31 avgust kuni o‘zi rahbarlik qilgan maktabning ma’muriy binosi hojatxonasi boloriga arqondan sirtmoq yasab, o‘zini-o‘zi osib vafot etgan.
Tuman IIB xodimlari N.T.ning o‘limi holatini aniqlash uchun marhumning uyiga borganlarida uning yaqin qarindoshlari murdani sud-tibbiyot ekspertizasi ko‘rigidan o‘tkazmaslik maqsadida yurak hurujidan vafot etganligi haqida aytishib, jasadni shu kunni o‘zida ko‘mib yuborishgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida tuman xalq ta’limi bo‘limi, tuman ichki ishlar bo‘limi, maxalla va oilani qo‘llab-quvvatlash markazining Kitob tumani bo‘limi hodimlari harakatlariga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Tekshiruv harakatlari davomida N.T.ning o‘lim sababini aniqlash maqsadida jasadni eksgumatsiya qilish yo‘li orqali sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazish tushuntirilganda, marhumning yaqin qarindoshlari jasadni eksgumatsiya qilishga mutlaqo qarshi ekanliklarini bildirishgan.
Marhum N.T. o‘limidan avval 3 nusxada tilxat yozib qoldirgan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu tilxatlar N.T.ning tog‘asi E.L.da saqlanayotganligi aniqlangan.
Ushbu tilxatlarni tergovga qadar tekshiruv zaruratiga ko‘ra sudga oid xatshunoslik ekspertizasi tayinlash uchun taqdim qilish talab etilganda, E.L. ushbu hujjatlarni nusxasini taqdim qilib, asl nusxalarini taqdim qilishdan bosh tortgan.
Mazkur tilxatlar ko‘zdan kechirilganda oila a’zolaridan rozi ekanligini, farzandlariga g‘amxo‘rlik qilishni, shuningdek, maktab o‘qituvchilaridan korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikni so‘ragan.
Hozirda Kitob tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: