Tanqidiy fikrlash nima va uni qanday o‘rganish mumkin?

Tanqidiy fikrlash nima va uni qanday o‘rganish mumkin?

Bugun biz juda ko‘p ma’lumotlar bilan ishlashimizga to‘g‘ri keladi. Turli ma’lumotlarni qabul qilarkanmiz, ularning qay biri to‘g‘ri-yu, qaysinisi noto‘g‘ri, asoslanmagan va o‘ylab topilganligini ajratish qiyin albatta. Bunda bizga tanqidiy fikrlash(critical thinking) yordam beradi.

2002 yil AQSH da o‘tkazilgan 21-asr malakalari va ko‘nikmalari aniqlash bo‘yicha hamkorlikda «4 Ss» konsepsiyasi qabul qilingan. Konsepsiya boshidayoq tanqidiy fikrlash(Critical thinking) tilga olingan(keyingilari Creativity, Communication, Collaboration). AQSH ta’lim tizimida esa allaqachon ayni shu ko‘nikamlar ni o‘rgatish asosiy o‘ringa chiqqan.

Tanqidiy fikrlash — bu hamma narsani tanqid qilish emas. Bu bizga kelayotgan ma’lumotlarni tahlil qilish, uni shubxa ostiga olib asoslarini tekshirish va vaziyatni mustaqil baholab qaror chiqarishdir.

Xo‘sh, tanqidiy fikrlashni qanday amalga oshirish mumkin? Quyida bu borada yangiliklarni tahlil qilish orqali javob beramiz:

Bu xabardan kimga foydaliroq ekanini o‘ylang.
Yangilikni o‘qidingizmi o‘zingizga savollar bering. Xo‘sh, bu yangilik nega bosilib chiqdi? Eng avvalo bu xabardan kimga, qaysi tashkilot yo xukumatga foydaliroq? Shu xabar motivini aniqlash lozim.

Har doim manbani tekshiring.
Internetda bu anchayin oson manbaga ko‘pnicha link beriladi, ustiga bosib xabar qaerdan olinganini ko‘rish mumkin. Boshqa holda o‘zingiz izlaning va tekshirib qaysi saytdan olingan, saytdagi ma’lumotlar, auditoriyasi, sifatini ko‘ring. Xozirda ko‘plab olamshumul yangiliklar shunchaki oddiy, «sariq matbuot» bo‘lgan manbalardan olib boyitilgan bo‘lib chiqadi. Masalan qaysidir olim tilga olingan bo‘lsa, o‘sha olim haqida internetdan ma’lumotlar izlab ko‘ring.

Boshqalar bilan shu yangilikni munozara qiling.
YAngilikni o‘zini emas, siz undan olgan xulosa bilan fikringizni bildiring, post yozing. Boshqalarning e’tirozi va argumentlarini tinglab solishtirib ko‘ring. Siz o‘z fikringizni va ular o‘zlarinikini asoslashini talab qiling, shunda haqiqat yuzaga chiqadi. Siz xam xato fikrlayotgan yo noto‘g‘ri xulosa qilgan bo‘lishingiz mumkinligini unutmang!

Tanqidiy fikrlashni oshirishga nimalar yordam beradi?

Ko‘proq kitoblar o‘qish. O‘qiganda ham maishiy badiy kitoblar emas,balki o‘z g‘oyasiga ega sifatli adabiyotlar o‘qing. Hech bo‘lmasa klassik adabiyotlarni.

Suhbatlashishda, munozarada ko‘proq savol berish. Agar suhbatdosh menimcha, balki, men shunday o‘ylaymanki qabilida gaplar ishlatsa bilingki uning argumentlari endi ishonchsiz va yolg‘on bo‘lishi mumkin. Demak, savollar berishni ayni vaqti. Aniqlashtiruvchi savollar berib, asosli javoblarni talab qiling.

Intuisiyaga ishonib ko‘ring.
Ba’zan turli fikrlar orasida chuvalashib qolganda ichki ovozga ishonib ish qiling. CHunki ichki ovoz ham asli xayolingizdagi fikrlarning mantiqiy davomi,xulosasi bo‘ladi.

Tanqidiy fikrlash mantiqiy fikrlashni ham talab qiladi. SHunday ekan turli mantiqiy o‘yinlar o‘ynang yoki shunday ko‘rsatuvlarni tomosha qiling.

Umuman olganda fikrlashdan to‘xtamang va qo‘rqmang, sizning fikringiz boshqalarnikidan farq qilishi, bu siz nohaqligingizni bildirmaydi!


Сегодня нам предстоит работать с большим количеством данных. Когда мы получаем разные типы информации, трудно сказать, какая из них правдива, а какая ложна, необоснованна и сфабрикована. Критическое мышление помогает нам в этом.

Концепция «4 S» была принята в 2002 году в США в сотрудничестве с целью определения навыков и способностей 21 века. Критическое мышление (позже Творчество, Коммуникация, Сотрудничество) упоминается в начале понятия. А в системе образования США обучение тем же навыкам уже является приоритетом.

Критическое мышление — это не критика всего. Речь идет об анализе поступающей к нам информации, проверке ее достоверности и независимой оценке ситуации.

Так как же развить критическое мышление? Мы ответим на это, проанализировав новости ниже:

Подумайте, кому выгодно это сообщение.
Спросите себя, читали ли вы новости. Так почему эта новость была опубликована? Прежде всего, кому, какая организация или правительство полезнее этого послания? Необходимо определить мотив этого сообщения.

Всегда проверяйте источник.
Интернет часто предоставляет ссылки на этот простой источник, и вы можете щелкнуть по нему, чтобы увидеть, откуда пришло сообщение. В противном случае проведите собственное исследование и узнайте с какого сайта, информацию на сайте, аудиторию, качество. Получается, что многие мировые новости сегодня просто обогащаются из источников, являющихся «желтой прессой». Например, если упоминается ученый, поищите в Интернете информацию об этом ученом.

Обсудите эту новость с другими.
Не стесняйтесь комментировать новость, а не саму новость, и писать пост. Слушайте доводы и доводы других и сравнивайте. Вам просто нужно быть более разборчивым в помощи, которую вы оказываете другим людям. Помните, вы можете ошибаться или ошибаться!

Что помогает развивать критическое мышление?

Читайте больше книг. Кроме того, читайте качественную литературу со своими собственными идеями, а не повседневную художественную литературу. По крайней мере, классическая литература.

Задавайте больше вопросов в разговорах и обсуждениях. Если собеседник, я думаю, может быть, я думаю, употребляет такие утверждения, знайте, что его доводы теперь могут оказаться недостоверными и ложными. Итак, пришло время задавать вопросы. Задавайте конкретные вопросы и требуйте разумных ответов.

Доверьтесь своей интуиции.
Иногда вам просто нужно быть более разборчивым в помощи, которую вы оказываете другим людям. Потому что внутренний голос также является логическим продолжением мыслей в вашем уме.

Критическое мышление также требует логического мышления. Так что играйте в разные логические игры или смотрите такие передачи.

В общем, не переставайте думать и не бойтесь, то что ваше мнение отличается от других, это не значит, что вы не правы!

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 4
  1. Farida

    Tanqidiy fikr nima

  2. Khurshida

    Tanqidiy fikrlash bu faktlarga asoslangan holda fikrlashdir.

  3. Аноним
  4. Dilshod

    Manga yoqdi zór :idea:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: