Ichki perevod javoblari chiqdi, ariza topshirgan talabalarga eslatmalar

Ichki perevod javoblari chiqdi, ariza topshirgan talabalarga eslatmalar
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Sizga ruxsat etilgan yoki etilmaganini bilish uchun o‘zingiz ariza topshirgan OTMning rasmiy veb-sayti yoki Telegram kanallarini tekshirib ko‘ring.

Ro‘yxatda nomi chiqqan talabalardan tegishli oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Ushbu ichki perevod masalasida Xushnudbek Xudoyberdiyev muhim eslatmalarni taqdim etdi:

1️⃣ bu yerda gap faqat ichki perevodlar haqida ketmoqda, xorijdan yoki O‘zbekistondagi xorijiy OTMlar filiallari va nodavlat universitetlardan o‘qishni ko‘chirish javobi hozircha chiqqani yo‘q, qachon chiqishi ham ma’lum emas. Bu Davlat qabul komissiyasi qaroriga bog‘liq;

2️⃣ bu yerda gap faqat turdosh yo‘nalishlar haqida ketmoqda. Turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlarga o‘qishni ko‘chirish masalasida (aytaylik pedagogikadan moliyaga) hali javoblar chiqqani yo‘q, qachon chiqishi ham ma’lum emas.

3️⃣ bu yerda gap faqat Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi OTMlar haqida ketmoqda. Ya’ni respublika ichida turdosh bo‘lgan bir yo‘nalishdan boshqasiga (masalan, iqtisoddan iqtisodga, tibbiyotdan tibbiyotga, tarixdan tarixga va h.k.) o‘qishni ko‘chirish masalasini OTM bo‘ysunadigan vazirlik hal qiladi. Har bir vazirlik o‘z tasarrufidagi OTMlar bo‘yicha alohida qaror qabul qiladi. Hozircha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi OTMlarning javobi chiqdi (eng ko‘p OTMlar shu vazirlikka qarashli). Boshqa yo‘nalishlarda, masalan tibbiyot sohasida Sog‘liqni saqlash vazirligi, agrar sohada Qishloq xo‘jaligi vazirligi, san’at sohasida Madaniyat vazirligi qaror qabul qilishi kerak. Hozircha ular qaror qabul qilgan-qilmagani ma’lum emas.

4️⃣ bu yerda gap faqat o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilgan talabalar haqida ketmoqda. Ya’ni agar sizning familiyangiz ro‘yxatda chiqqan bo‘lsa, bu hali talabalikka qabul qilinganingizni anglatmaydi. Agar fanlardan farqingiz bo‘lsa, ularni yopishingiz, tegishli tartibda kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishingiz kerak va yana boshqa ayrim tashkiliy jarayonlar amalga oshgach, sizni talabalikka qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqariladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 6
  1. Shaxnoza Alibayeva

    Assalom aleykum. Man turdosh bomagan yonalish u.n ya’ni (Ona tili adabiyotdan _ Iqtisod ga ) perevodga ariza tawlagandim. Aytolmismi bu perevodlani javobi hal boldi bomaganini qandey bilsak boladii???

  2. Bekhzod Ikromov

    ассалому алекум
    соволм бориддэ ман тощкент давлат техника университетидан миллий университетка перевод кгани ариза топширудм халиям жовоб кемад лекн трансфер сайтида ариза кабул килинди дб йозлган нма килсам болад?

    1. Baxtiyor Roziq (Muallif)

      Valeykum assalom, javobi chiqsa paydo bo’ladi

  3. Husnidabonu

    Assalomu alaykum ichki perivot natijalari toʻliq chiqdimi mani arizamga javob kelmayabdi man Farg’ona davlat universiteti biologiya turlari bo’yicha yoʻnalishidan TTAning Fargʻona filialiga ariza yozgandim javob uchun rahmat sizga

    1. Baxtiyor Roziq (Muallif)

      Universitet ma’muriyati bilan bog’lanib ko’ring

  4. Homidova Muslima

    Assalomu alaykum Men Oʻzbekiston Milliy Universitetning Matematika fakulteti Mexanika yoʻnalishi 2- kurs talabasiman . Milliy Universitetning Matematika fakulteti Matematika yoʻnalishiga oʻqishni koʻchirish uchun ariza yozgan edim.Natijasi qachon chiqadi.Javob uchun oldindan rahmat.

Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: