«Hidoyat sari» onlayn telekanali tashkil etildi

«Hidoyat sari» onlayn telekanali tashkil etildi
Telegramda o'qish

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi arxiv fondida diniy ilmiy ekspertizadan o‘tgan, turli talqinga o‘rin bermaydigan darajada ishonchli ma’lumotlarga asoslangan diniy-tasavvufiy, ilmiy-ma’rifiy, islomshunoslik va tarix, ajdodlar merosi kabi turkum teledasturlar, allomalar haqida hujjatli filmlar, ulamo va imom-xatiblarimizning ma’rifiy suhbatlari, shuningdek, hadisu rivoyatlar asosida tayyorlangan maxsus filmlar, telenovella va ijtimoiy teleroliklarning son jihatdan salmoqli bazasi mavjud.

Shulardan kelib chiqqan holda, MTRK OTT platformasida (Over the Top) yoshlarning madaniy-ma’rifiy, diniy bilimlarini oshirish maqsadida «Hidoyat sari» Ilmiy-ma’rifiy onlayn telekanali tashkil etildi.
Tunu kun ishlaydigan «Hidoyat sari» ilmiy-ma’rifiy onlayn telekanalida O‘zbekiston MTRK tizimida ishlab chiqilgan va o‘rnatilgan tartibda tegishli ilmiy, diniy ekspertizalardan o‘tkazilgan, efirga uzatilgan va bugungi kunda MTRK Arxiv Fondida saqlaniyotgan quyidagi telemahsulotlar o‘rin oladi:
• mamlakatimizda islom madaniyati, ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz merosini, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni obod etish, muqaddas dinimiz musaffoligini asrash, aholi, ayniqsa, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy-diniy qadriyatlarimizga hurmat hamda turli millat va e’tiqod vakillariga nisbatan bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar keng targ‘ib etilgan teledasturlar;
• xalqimizning diniy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va bunyodkorlik ishlari bilan aholini yaqindan tanishtirib borish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chuqur falsafiy va ibratga yo‘g‘rilgan ilmiy-ommabop va badiiy ko‘rsatuvlar;
• ️bugungi globallashuv davrida insoniyat hayotiga xavf solayotgan muammolar hamda oilaviy, odob-axloq va yosh avlod tarbiyasining dolzarb masalalar yuzasidan din sohasi vakillari, mutaxassis va olimlari bilan bahs-munozara va muloqotlar, davra suhbatlari;
• ️aholi, xususan yoshlarni g‘arazli kuchlar va oqimlarning ta’siridan asrash, terrorizm va ekstremizm g‘oyalarining asl maqsadlarini fosh etish, har xil oqimlardan, shu jumladan, «ommaviy madaniyat»ning zararli illatlaridan himoya etishga yo‘naltirilgan maxsus ko‘rsatuv va roliklar.

 

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: