Klinik limfologiya milliy maktabini tashkil etish masalasi muhokama etildi

Klinik limfologiya milliy maktabini tashkil etish masalasi muhokama etildi
Telegramda o'qish

Andijon davlat tibbiyot instituti va Rossiya limfologlar assotsiatsiyasi, “Limfa” ilmiy-amaliy reabilitatsiya markazi hamkorligida “Limfologiya dolzarb masalalari” xalqaro onlayn ilmiy sessiya tashkil etildi.

Onlayn sessiyada Rossiya Federatsiyasi va yurtimiz tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tekshirish institutlari, tibbiyot markazlari va jarrohlik, onkologiya, pediatiriya, terapiya, nevrologiya, infeksionist, quloq-tamoq, reabilitologiya kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi Fan va ta’lim bosh boshqarmasi boshlig‘i O‘.Ismailov, Rossiya Federatsiyasi “Limfa” ilmiy-amaliy reabilitatsiya markazi rahbari I.Makarov, Rossiya limfologlar assotsiatsiyasi prezidenti B.Urtayev, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi G‘.Xodjimatovlar so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

Ma’ruza va mahorat darslarida klinik va eksperimental tibbiyotda limfologiyaning ilmiy-amaliy ahamiyati, fundamental va amaliy limfologiyada qo‘lga kiritilgan yutuqlarni saqlab qolish, tibbiyot institutlarida limfologiyani va oliy ta’limdan keyingi tibbiy ta’limda klinik limfologiyani dastur asosida o‘qitish, limfologiya yo‘nalishida yosh olimlar va talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, klinik limfologiya milliy maktabini tashkil etish masalalari yuzasidan fikrlar, takliflar bildirildi. Takliflar sessiya qo‘shma rezolyutsiyasiga kiritildi.


Андижанский государственный медицинский институт и Ассоциация лимфологов России совместно с Научно-практическим реабилитационным центром «Лимфа» организовали международную онлайн научную сессию «Актуальные вопросы лимфологии».

В онлайн-сессии приняли участие медицинские работники медицинских вузов РФ и страны, научно-исследовательских институтов, медицинских центров и направлений хирургии, онкологии, педиатрии, терапии, неврологии, инфекционных болезней, отоларингологии, реабилитации.

У.Исмаилов, начальник Главного управления науки и образования МЗ РУз, И.Макаров, руководитель Научно-практического реабилитационного центра «Лимфа» РФ, Б.Уртаев, президент Российской ассоциации Врио ректора Андижанского государственного медицинского института лимфологов Г.Ходжиматов выступил и высказал свое мнение по данному вопросу.

Научная и практическая значимость лимфологии в клинической и экспериментальной медицине в лекциях и мастер-классах, сохранение достижений фундаментальной и прикладной лимфологии, программное преподавание лимфологии в медицинских институтах и ​​клинической лимфологии в последипломном медицинском образовании, лимфологии Высказаны мнения и предложения по привлечению молодых ученых и студентов в научно-исследовательскую работу, создание Национальной школы клинической лимфологии. Предложения вошли в совместную резолюцию сессии.

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: