Gulxaniy (XVIII asr oxiri – XIX asr birinchi yarmi)

Gulxaniy hayoti, faoliyati, asarlari, Zarbulmasal asari haqida ma’lumotlar

Gulxaniy hayoti

Oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Muhammad Sharif Gulxaniyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida tafsiliy maʼlumotlarga ega emasmiz. XVIII asrning soʻnggi choragi va XIX asrning birinchi yarmi Qoʻqon adabiy muhitida qalam tebratib, oʻzbek badiiy nasri taraqqiyotiga jiddiy hissa qoʻshgan Gulxaniy nomi bir qator tazkira va tarixiy asarlarda zikr etilgan.
Gulxaniy haqida ayrim maʼlumotlar Fazliy Namangoniyning “Majmuat ush-shuaro” tazkirasida uchraydi. Manbalardagi maʼlumotlarga tayanib aytish mumkinki, boʻlajak ijodkor asli togʻli Qorategindan Qoʻqonga kelib oila qurgan, taxminan 1770–80-yillar atrofida dunyoga kelgan, ogʻir iqgisodiy qiyinchiliklarda kun kechirgan. Baʼzi manbalar uning Namangan madrasalarining birida maʼlum muddat tahsil olganligidan darak beradi.

Gulxaniy faoliyati

Muhammad Sharif bir necha yil hammomda oʻt yoquvchi – goʻlaxlik vazifasida ishlagan va shunga ishora tarzida Gulxaniy taxallusini kabul ettan. Maʼlum vaqt sipohiylik (navkarlik) ham qilgan. Shoir vafoti sanasi ham maʼlum emas – XIX asrning 30–40-yillarida dunyodan oʻtgan, deb taxmin qilinadi.

Gulxaniy asarlari

Gulxaniy XIX asrning boshlarida shoir sifatida davr adabiy hayotining faol ishtirokchilaridan biriga aylangan edi. Amir Umarxon Qoʻqon xonligi taxtiga oʻtirgach (1811 y.) oʻz saroyi atrofiga isteʼdodli qalam ahlini jalb etganida, ular orasida Muhammad Sharif ham bor edi. Oʻzi ham qobiliyatli shoir boʻlgan xonning toshpirigʻiga koʻra Fazliy Namangoniy tuzgan “Majmuat ush-shuaro” tazkirasida Gulxaniy asarlariga bir necha oʻrin ajratilgan. Shoirning oʻzbekcha gʻazallari, shuningdek, “Az chashmai man”, “Ey toʻti”, “Birun” radifli forsiy gʻazallari gʻoyaviybadiiy jihatdan nihoyatda pishiqdir. Ularni ishqiy lirikaning yetuk namunalari katoriga kiritish mumkin.
Fazliy tazkirasida Gulxaniyning keyinchalik Jurʼat taxallusini qabul qilib, shu taxallus bilan ham qalam tebratganligini yozadi. Bizga Jurʼat taxallusi bilan bitilgan “Angushtam” radifli forsiy gʻazal yetib kelgan.

Gulxaniy ijodi haqida

Gulxaniy isteʼdodli shoir boʻlgan. Ammo milliy adabiyotimiz tarixidan mohir nasr ustasi, mashhur “Zarbulmasal”ning muallifi sifatida faxrli oʻrin olgan. “Zarbulmasal”ning muqaddimasida qayd etilishicha, Gulxaniy bu asarni yozishga Amir Umarxonning tavsiyasiga koʻra kirishgan.

“Zarbulmasal” asari haqida

“Zarbulmasal” jiddiy ijtimoiy mazmunni majoz yoʻli bilan badiiy ifodalovchi axloqiy didaktik va tanqidiyhajviy yoʻnalishdagi asardir. Unda ijtimoiy hayot muammolari, jamiyatda turli tabaqa guruhlar oʻrtasidagi murakkab munosabatlar, insonlarning oʻzaro muomalalari, urf-odatlar, xalq marosimlari haqida majoziy uslubda soʻz boradi.
Gulxaniy ijtimoiy hayotdagi voqea va hodisalarni, insonlar tabiati va amaliy faoliyatidagi olijanoblik va pastkashlik, adolat va zoʻravonlik, saxovat va xasislik, kamtarlik va manmanlik, qanoat va ochkoʻzlik, xushmuomalalik va qoʻpollik, halimlik va dagʻallik kabi fazilat va salbiy belgilarni badiiy mahorat bilan qushlar va hayvonlar tili va harakatlariga, intilish va qilmishlariga koʻchiradi va ular ishtirokidagi hayotiy lavhalarda oʻz munosabatini bildiradi. Albatta, asar bilan tanishgan har bir oʻquvchi unda gap qushlar va hayvonlar faoliyatlari va oʻzaro mojarolari haqida emas, balki, aslida kishilik jamiyatidagi turli tabaqa guruhlar vakillari haqida borayotganini darhol anglab oladi. Asar ishtirokchilarining nutqlari xalq maqollari, matal, hikmat va qoliplangan birikmaiboralaridan keng foydalanish asosiga qurilgan. Asar voqeasi qadimgi “Fargʻona iqlimida” joylashgan “eski bir shahristonda” yuz beradi. U yerda istiqomat qilayotgan Yapaloqqush oʻz oʻgʻli Kulangirsultonni uylantirish taraddudiga tushadi, shu manzilda yashaydigan Boyoʻgʻli va Boyqushlar qizi Kunushbonuga sovchi qilib Koʻrqushni yuboradi. Bahs va tortishuvlardan soʻng qiz tarafga beriladigan qalin miqdori ming chordevor deb belgilanadi, nikoh marosimlari oʻtkaziladi. Voqealar davomida boʻlajak qudalar va ularning manfaatlarini ifodalovchi ishtirokchilarning tabiatlari, falsafasi, ichki dunyosi va intilishlari bosqichma-bosqich ochila boradi.
“Zarbulmasal”da yetakchi mazmun bilan mantiqan uzviy bogʻlanib ketgan oʻndan ortiq nasriy va nazmiy masala, qissa va hikoyatlar mavjud. Bu moʻjaz badiiy asarlar, asosan, axloqiy taʼlimiy yoʻnalishda boʻlib, halollik, toʻgʻrilik, olijanoblik, mehr-muhabbat, vafo va sadoqat gʻoyalarini olgʻa suradi, xasislik, manmanlik, befarosatlik, johillik, sotqinlik kabi salbiy belgilarni qoralaydi. Xususan, “Maymun bilan Najjor” va “Toshbaqa bilan Chayon” kabi masallar yuksak badiiy mahorat bilan yozilgan.
Zikr etilgan masallarning birida hayotiy lavha orqali “bilmagan, oʻrganmagan va aqling yetmaydigan ishga hovliqib urinma, avval hunarni yaxshilab egalla, shunda pand yemaysan!” deb oʻgit berilsa, ikkinchisida hayotda doʻst tanlashda nihoyatda ehtiyot boʻlishlikka, yomonga aslo yaqinlashmaslikka daʼvat etiladi. “Zarbulmasal”dagi bu kabi axloqiytaʼlimiy yoʻnalishdagi masallardan farqli oʻlaroq “Tuya bilan Boʻtaloq” masalida sof ijtimoiy mavzu badiiy intihosiga yetkazilgan. Unda erksiz Tuyaning och va suvsiz qolgan Boʻtalogʻining yolvorib qilgan figʻonu nolasiga bergan gʻamgin javobi aniq eshitiladi:
Aydi onasi bolasiga boqib,
Koʻzlarining yoshlari suvdek oqib:
“Koʻrki, – burunduq kishini qoʻlida,
Ul kishining koʻzlari oʻz yoʻlida!
Menda agar zarra kabi ixtiyor
Boʻlsa edi – boʻlmas edim zori bor!”
“Zarbulmasal” oʻzbek badiiy nasrining eng yetuk namunalari katorida faxrli oʻrin olgan. Rang-barang tasviriy vositalardan, jumladan, murakkab sajdan keng foydalanib yozilgan bu asarning tili nihoyatda shirador, jozibali boʻlib, asarning chin maʼnoda xalqchil ruh egallashida juda katta xizmat qilgan.

Foydalanilgan adabiyot

“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi.


Сведения о жизни, деятельности, творчестве Гюльхани, творчестве Зарбулмасала.

Огненная жизнь

Мы не располагаем подробными сведениями о жизни и творчестве одного из крупных представителей узбекской классической литературы Мухаммада Шарифа Гулхани. Имя Гулхани, внесшего значительный вклад в развитие узбекской прозы последней четверти XVIII века и первой половины XIX века в Коканде, упоминается в ряде тазкир и исторических сочинений.
Некоторые сведения о Гулхани можно найти в «Маджмуат уш-шуаро» Фазли Намангани. Согласно источникам, будущий художник приехал в Коканд из горного района Коратеги, родился около 1770-80 годов и жил в тяжелых экономических условиях. По некоторым данным, некоторое время он учился в одном из наманганских медресе.

Тепличная деятельность

Мухаммад Шариф несколько лет работал пожарным в ванной, и в знак этого он взял себе прозвище Гульхани. Он также некоторое время занимался навигацией. Неизвестна и дата смерти поэта – считается, что он умер в 30-х и 40-х годах XIX века.

Фейерверк

Гулхани стал одним из самых активных участников литературной жизни того периода как поэт в начале девятнадцатого века. Когда Амир Умархан взошел на престол Кокандского ханства (1811 г.), он привлек в свой дворец талантливых писателей, в том числе Мухаммеда Шарифа. По словам хана, который также был талантливым поэтом, произведениям Гюльхани отведено несколько мест в тазкире Фазли Намангани «Маджмуат уш-шуаро». Идейно зрелыми являются узбекские газели поэта, а также персидские газели со строками «Аз чашмаи ман», «Эй тоти», «Бирун». Их можно отнести к разряду зрелых образцов романтической лирики.
В своем комментарии Фазли пишет, что Гюльхани позже взял псевдоним Джурат и писал под тем же псевдонимом. Мы получили персидскую газель из рода «Ангуштам» под псевдонимом Джурат.

О творчестве Гульхани

Гюльхани был талантливым поэтом. Однако в истории нашей национальной литературы ему принадлежит почетное место как мастеру прозы, автору знаменитого «Зарбулмасала». Согласно предисловию к «Зарбулмасалу», Гульхани начал писать это произведение по рекомендации Амира Умархана.

О работе «Зарбулмасал»

«Зарбулмасал» — произведение нравственно-дидактического и критического юмора, художественно образно выражающее серьезное социальное содержание. Он касается проблем социальной жизни, сложных отношений между различными группами в обществе, человеческих взаимодействий, обычаев и народных ритуалов в образном стиле.
События общественной жизни, благородство и низость человеческой природы и практической деятельности, справедливость и насилие, великодушие и жадность, смирение и гордость, довольство и жадность,Он умело переводит качества и отрицательные черты, такие как вежливость и грубость, мягкость и грубость, в язык и действия, стремления и действия птиц и животных, выражает свое отношение в сценах жизни, в которых они участвуют. Конечно, каждый читатель, прочитавший книгу, сразу поймет, что речь идет не о деятельности и конфликтах птиц и животных, а о различных слоях человеческого общества. Выступления участников работы строятся на широком использовании народных пословиц, пословиц, поговорок и стереотипов. Действие происходит в «старом шахристане» в древнем «ферганском климате». Япалаккуш, живущий там, решает жениться на своем сыне Кулангирсултане, а Коркуша отправляет женихом к Кунушбону, дочери Бойоглу и Сов, которые там живут. После ссоры невесте назначается сумма в тысячу хордеворов, и проводятся церемонии бракосочетания. В ходе мероприятия постепенно раскрывается характер, философия, внутренний мир и стремления участников, которые представляют будущее благополучие и их интересы.
«Зарбулмасал» содержит более десятка прозаических и поэтических выпусков, рассказов и повестей, логически связанных с основным содержанием. Эти небольшие произведения искусства в основном относятся к сфере нравственного воспитания, пропагандируют идеи честности, принципиальности, благородства, любви, верности и преданности и осуждают такие негативные черты, как жадность, высокомерие, невежество, предательство. В частности, с большим художественным мастерством написаны такие притчи, как «Обезьяна с Наджаром» и «Черепаха с черепахой».
В одной из притч, упомянутых в жизнеописании, «Не пытайтесь делать то, чего не знаете, не научились и не понимаете, освойте сначала профессию, тогда не проведете!» Второе – быть предельно осторожным в выборе друзей в жизни и ни в коем случае не приближаться ко злу. В отличие от подобных нравственно-воспитательных притч в «Зарбулмасале», «Верблюд и бутылка» — тема чисто социальная. В нем отчетливо слышен печальный ответ беспомощного Верблюда на умоляющий крик голодного и обезвоженного Боталаги:
Мать Айди посмотрела на своего ребенка,
Слезы лились рекой:
«Смотрите», сказал человек с носом в руке.
Его глаза в пути!
У меня есть выбор, как у частицы
Если бы я был, меня бы здесь не было!»
«Зарбулмасал» — один из лучших образцов узбекской прозы. Написанный с широким набором наглядных пособий, в том числе замысловатыми простираниями, язык произведения чрезвычайно сочный и привлекательный, что во многом способствовало подлинно народному духу произведения.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Аноним

    :idea: juda ham zoʻr va ajoyib

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: