Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari boshlanmoqda

Prezident maktablari imtihon natijalari

1—22 iyun davomida Prezident maktablariga jami 28 446 nafar talabgor hujjat topshirgan. Shundan 9260tasi (32,5 foiz) onlayn, 19 186 nafari (67,5 foiz) esa oflayn usulda, ya’ni bevosita qabul markazlari orqali hujjat topshirgan.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.
Onlayn topshirilgan, ammo belgilangan talablarga javob bermagan va rad etilgan hujjatlar soni 791tani tashkil etgan bo‘lsa, ota-onalarga tahrirlashga yuborilgan, ammo tahrirlanmagan arizalar soni 211tani tashkil etdi.

Topshirilgan umumiy 28 446 talabgordan 27 446 nafari saralash bosqich imtihonidan o‘tish imkoniga ega bo‘lishdi.

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p – 7 724ta hujjat Namangan viloyatidagi Prezident maktabiga kelib tushgan. Qoraqalpog‘istonda 7 456ta, Xorazmda 6 503ta, Toshkent shahrida 5 763ta hujjat qabul qilingan.

Eng ko‘p – 8 727ta ariza 5-sinf uchun qabul qilingan, eng past ko‘rsatkich 10-sinflar orasida – 2 350ta.

Imtihonlarni davlat (o‘zbek) tilida topshiruvchi o‘quvchilar soni 22 051, qoraqalpoq tilida 4 847 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, ingliz tilida topshiruvchilar soni 621 nafarni tashkil etdi.

Bir o‘ringa o‘rtacha raqobat 49 o‘quvchini tashkil etgan bo‘lsa, eng yuqori raqobat 5-sinfga topshirgan talabgorlar o‘rtasida – 1 o‘ringa 92 nafar o‘quvchini (Namanganda 118 o‘quvchi) tashkil etadi.

Prezident maktablariga 1—22 iyun davomida umumiy topshirilgan hujjatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotni (hududlar, sinflar, raqobat, jinsi va boshqa kesimlarda) infografikada ko‘rishingiz mumkin.

Prezident maktablariga hujjat topshirgan talabgorlarning soni rejalashtirilgandan ham oshib ketgani sababli kirish imtihonlarini o‘tkazishga mas’ul chet ellik tashkilot Cambridge assessment – saralash bosqich imtihonlari (pre-selection) o‘tkazilishi lozimligi ma’lum qilindi.

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari (pre-selection) qachon va qayerda bo‘lib o‘tadi?

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari (pre-selection) 2019 yil 26 iyun—3 iyul davomida bo‘lib o‘tadi.

Ota-onalar o‘quvchilar bilan birgalikda 2019 yil 26-27-28 iyun kunlari Prezident maktablari saralash imtihonlariga tayyorgarlik kunlari (oriention day) – saralash bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tadigan binoga tashrif buyuradi va imtihonga tayyorgarlik bo‘yicha barcha tegishli ma’lumotlarni oladi.

OTA-ONALAR DIQQATIGA!

Qayerga va qachon tashrif buyurishni bilish uchun:

SMS xabarni kuting, ma’lumotnomada to‘ldirilgan telefon raqamingizga SMS xabar yuboriladi.

Ushbu SMS xabarni olganingizdan so‘ng Prezident maktablari rasmiy veb-sayti — PM.XTV.UZ orqali QAERGA VA QAChON tashrif buyurishingizni bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Kirish imtihonlari tayyorgarlik kuniga ota-onalar:

FAQATgina PM.XTV.UZ veb-saytda ko‘rsatilgan manzil, vaqt va kunda kelishlari kerak;

O‘quvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining asli (original) bilan kelishlari shart.

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari 29-30 iyun va 1-2-3 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Batafsil ma’lumotlarni ota-onalar va o‘quvchilarga (orientation day) 26-27-28 iyun davomida xabar beriladi.

Saralash bosqich imtihonlari (pre-selection) bo‘lib o‘tadigan bino manzillari:

Toshkent shahrida — Toshkent shahri, «O‘zko‘rgazmasavdo» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bino (manzil: Toshkent sh., Beruniy ko‘chasi, 41-uy);

Urganch shahrida — Yoshlik sport majmuasi (manzil: Urganch sh., Yoshlik ko‘chasi, 1 uy);

Namangan shahrida — Barkamol avlod sport majmuasi (manzil: Namangan sh., Istiqlol ko‘chasi).

Nukus shahrida:
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi (manzil: Nukus sh., M.Jumanazarov ko‘chasi, 172-uy) va
Nukus ixtisoslashtirilgan Olimpiya rezervlari maktab-internati (manzil: Nukus sh., Chimboy guzari, raqamsiz uy);


Всего с 1 по 22 июня в Президентские школы подали заявки 28 446 абитуриентов. Из них 9 260 человек (32,5 процента) обратились онлайн, а 19 186 человек (67,5 процента) обратились офлайн, напрямую через приемные центры.

Об этом сообщает Министерство народного образования.
Количество поданных онлайн документов, не соответствующих требованиям и отклоненных, составило 791, а количество заявлений, направленных родителям на редактирование, но не отредактированных, составило 211.

Из 28 446 абитуриентов квалификационный экзамен смогли сдать 27 446 человек.

Наибольшее количество заявлений в регионах — 7 724 — поступило в Президентскую школу Наманганской области. В Каракалпакстане получено 7 456 документов, в Хорезме – 6 503, в Ташкенте – 5 763.

Наибольшее количество заявлений – 8727 для 5-х классов, самое низкое среди 10-х классов – 2350.

Количество студентов, сдавших экзамены на государственном (узбекском) языке, составило 22 051, на каракалпакском – 4 847, на английском – 621.

Средний конкурс на одно место составил 49 студентов, а самый высокий конкурс – 92 студента (118 студентов в Намангане) за 1 место.

Подробную информацию об общих документах, поданных в Президентские школы с 1 по 22 июня (по регионам, классам, конкурсу, полу и т. д.), можно найти в инфографике.

В связи с тем, что количество абитуриентов в президентские школы превысило запланированное, было объявлено, что Кембриджская оценка, иностранная организация, отвечающая за проведение вступительных экзаменов, должна будет провести предварительные отборочные экзамены.

Когда и где будут проходить президентские предвыборные экзамены?

Отборочные экзамены в Президентские школы пройдут с 26 июня по 3 июля 2019 года.

Родители вместе с учащимися посетят здание, где 26-27-28 июня 2019 года пройдут квалификационные экзамены Президентской школы. Поступают данные.

ВНИМАНИЕ РОДИТЕЛЯМ!

Чтобы узнать, где и когда посетить:

Дождитесь смс, на ваш номер телефона будет отправлено смс с заполненными данными.

Получив это SMS, вы сможете узнать, ГДЕ и КОГДА посетить официальный сайт Президентских школ — PM.XTV.UZ.

Родители в день подготовки к вступительным экзаменам:

Они должны прийти только по адресу, времени и дате, указанным на сайте PM.XTV.UZ;

Студент должен принести оригинал свидетельства о рождении.

Отборочные экзамены в президентской школе пройдут 29-30 июня и 1-2-3 июля. Подробности будут объявлены родителям и ученикам 26-27-28 июня.

Адреса зданий предварительного отбора:

В Ташкенте — Ташкент, здание, принадлежащее обществу с ограниченной ответственностью «УзЭкспоТрейдинг» (адрес: г. Ташкент, ул. Беруния, 41);

Ургенч — Детско-юношеский спортивный комплекс (адрес: г. Ургенч, ул. Йошлик, 1);

В Намангане – спортивный комплекс «Баркамол авлод» (адрес: г. Наманган, ул. Истиклол).

В Нукусе:
Нукусская высшая школа олимпийского и национального спорта (адрес: г. Нукус, ул. М. Джуманазарова, 172) и
Нукусская специализированная школа-интернат олимпийского резерва (адрес: г. Нукус, Чимбай гузар, дом без номера);

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. shahnoza

    :| :x :shock: :roll: :evil: :???:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: