Fan o’qituvchilari haftada necha soat to’garak o’tishi kerak?

Bir haftada necha soat to’garak o’tish kerakligini bilarmidingiz?

Xalq ta’limi Vazirligining 2011 yil 4 iyuldagi “Maktablarda tashkil etiladigan to’garaklar o’quv dasturlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 143-sonli buyrug’iga asosan to’garaklar fan o’qituvchilari tomonidan 1 stavka ish yuklamasi uchun xaftasiga 2 soat (1 soat “Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar” uchun, 1 soat “Iqtidorli o’quvchilar” uchun) o’tilishi belgilab qo’yilgan. Shuningdek, Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 1 dekabrdagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya natijadorligini ta’minlashda xalq ta’limi boshqaruv idoralari va ta’lim muassasalari rahbarlari mas’uliyatini oshirish to’g’risida”gi 367-sonli buyrug’ining 7 bandida ham barcha fan o’qituvchilari tomonidan (pedagogik yuklamasiga muvofiq o’quvchilar bilan individual ishlash hisobidan) haftasiga 2 marotaba 2 soatdan fan to’garaklari o’tilishi lozimligi ko’rsatib o’tilgan.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

error: Kontent himoyalangan!