Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli kelgusi o‘quv yilida o‘tkaziladi

Prezident maktablarida kimlar o‘qishi mumkin?

Prezident maktablariga yangi o‘quvchilar qabuli qoldirildi.

Bu haqda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Yuzaga kelgan pandemiya vaziyatidan kelib chiqib, karantin davrida yosh avlod sog‘ligini asrash, pandemiya butunlay bartaraf etilmagan sharoitda voyaga yetmagan o‘quvchilarning katta sig‘imli binolarda saralash imtihonlari vaqtida uzoq vaqt qolib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, shuningdek, Agentlik hamkori – Cambridge Assessment tashkiloti vakillarining mamlakatimizga karantin davrida tashrifini belgilangan sanalarda tashkil etish imkoni yo‘qligi sababli qabul kelgusi o‘quv yiliga qoldirilgan.
Buxoro, Jizzax, Qarshi, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida ochiladigan Prezident maktablariga (beshinchi sinfdan o‘ninchi sinfgacha) hamda joriy yilda ochilishi rejalashtirilgan Surxondaryo viloyatidagi Ro‘zi CHoriev va Buxoro viloyatidagi Muxtor Ashrafiy nomidagi ijod maktablariga (ettinchi sinfdan) o‘quvchilar qabuli kelgusi yilda o‘tkaziladi.
Toshkent, Nukus, Namangan va Xiva shaharlarida faoliyat yuritayotgan Prezident maktablariga 2020/2021 o‘quv yiliga o‘quvchilarni beshinchi sinflarga qabul qilish imtihonlari 2021 yilga qoldirilib, 2021/2022 o‘quv yilida o‘quvchilar beshinchi va oltinchi sinflarga qabul qilinadi.
Hukumat qaroriga binoan, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab ijod maktablariga qabul yettinchi sinfdan amalga oshiriladi. Bugungi kunga kelib, mavjud ijod maktablaridagi sinflar kontingenti to‘liqligini inobatga olgan holda, 2020/2021 o‘quv yilida yangi sinflar ochilishi nazarda tutilmagan.
Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar, ya’ni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2020/2021 o‘quv yiliga o‘quvchilarni qabul qilish masalasiga oid ma’lumot tegishli o‘rganishlardan so‘ng ma’lum qilinadi.


Прием новых учеников в президентские школы отложен.

Об этом сообщили Президенту в пресс-службе Агентства творческих и специализированных школ.
В связи с пандемической ситуацией важно беречь здоровье подрастающего поколения в период карантина, не допускать длительного пребывания несовершеннолетних школьников в многоместных корпусах во время сдачи квалификационных экзаменов, если не будет полностью ликвидирована пандемия. был перенесен на следующий учебный год из-за невозможности Кембриджской оценки посетить нашу страну в период карантина.
Прием учащихся в Президентские школы в Бухаре, Джизаке, Карши, Самарканде и Фергане (с пятого по десятый класс), а также в творческие школы имени Рузи Чориева в Сурхандарьинской области и Мухтора Ашрафи в Бухарской области (с седьмой класс) состоится в следующем году.
Президентские школы в Ташкенте, Нукусе, Намангане и Хиве перенесут вступительные экзамены в пятый класс на 2020/2021 учебный год до 2021 года, а в пятый и шестой классы – на 2021/2022 учебный год.
Согласно решению правительства, с 2020/2021 учебного года прием в творческие школы будет осуществляться с седьмого класса. На сегодняшний день планов по открытию новых классов в 2020/2021 учебном году нет, учитывая полный контингент классов в действующих творческих школах.
Информация о приеме учащихся в специализированные школы Агентства, то есть в специализированные школы имени Мухаммада ал-Хорезми, Мирзо Улугбека и Абу Али ибн Сино на 2020/2021 учебный год, будет доступна после проведения соответствующих исследований». люм.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. Shahnoza

    Talim shaklini xar hil yozsa buladimi masalan 5tadan bittasi yo ikkitasini sirtqi qolganlarini kunduzgi yo kechki qilib yozsa buladimi

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Bir xil ta’lim shakli bo‘lishi kerak

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: