Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka toifasini olish uchun test topshirmaydi

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka toifasini olish uchun test topshirmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan bog‘liq o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi 106-son bilan yuqori mehnat samaradorligiga erishayotgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini munosib rag‘batlantirishni tashkil etish maqsadida bir qator qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi to‘g‘risida oldin xabar berilgan edi. Jumladan, Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ta’lim muassasalarining quyidagi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestasiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi:

— tuman (shahar) miqyosidagi sport musobaqalarining 1-o‘rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);

— viloyat miqyosidagi sport musobaqalarining 1-o‘rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – birinchi malaka toifasi (etakchi o‘qituvchi lavozimi);

— xalqaro hamda respublika miqyosidagi sport musobaqalarining 1, 2 va 3-o‘rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

SHuningdek, ushbu qarorda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun malaka sinovlari (test sinovlari o‘rniga) nazariy va amaliy sinovlar sinovlarini o‘tkazish belgilanganligi sababli tegishli vazirlik va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Ushbu o‘zgarishlar yuqori mehnat samaradorligiga erishgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini rag‘batlantirishga katta hissa qo‘shib, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun:

2019 yilda xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlari attestasiyasining test sinovlarida jami 2592 nafar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari ishtirok etishgan.

Test sinovlari natijalariga ko‘ra ishtirok etganlarning 2592 nafardan 1481 nafari (57,1%) ijobiy natijalar, ya’ni amaldagi malaka toifasini oshirish yoki saqlab qolishga mos keladigan ko‘rsatkichlarni qayd etishgan.

Jismoniy tarbiya fani bo‘yicha ishtirok etgan 2592 nafar pedagoglarning o‘rtacha ko‘rsatkichlari 61,4% (o‘tgan yilgi 60,1%ga nisbatan +1,3% ga oshgan)ni tashkil qilgan.

Bu o‘qituvchilarining ko‘rsatkichlarini 100 ballik reyting tizimi asosida tahlil qilinganda, ishtirok etgan 2592 nafar pedagoglardan:

— 86-100 ball, a’lo — 64 (2,4%) nafar;

— 71-85 ball, yaxshi — 399 (15,3%) nafar;

— 55-70 ball, koniqarli — 1287 (49,6%) nafar;

— 55-baldan past, koniqarsiz — 842 (32,6 %) nafar.

Attestasiya natijalariga ko‘ra, 68 (2,6%) nafariga oliy malaka toifasi, 1040 (40,1%) nafariga birinchi malaka toifasi, 1484 (57,2%) nafarga ikkinchi malaka toifasi berilgan.

2019-2020 o‘quv yilida xalq ta’limi musassalarida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari jami 28897 nafar, shundan:

— oliy malaka toifalilar soni — 314 nafar (1,1%);

— birinchi malaka tofialilar soni — 2842 nafar (9,9%);

— ikkinchi malaka toifalilar soni — 9887 nafar (34,3%);

— mutaxassis malaka toifalilar soni — 9753 nafar (33,7%);

— malaka toifasiga ega bo‘lmagan (o‘rta maxsus ma’lumotli) 6075 nafar (21,0%)ni tashkil etadi.


Государственная инспекция по контролю качества образования при Кабинете Министров Республики Узбекистан сообщила об изменениях, касающихся учителей физкультуры.

Ранее сообщалось, что в Постановление Кабинета Министров № 106 от 20 февраля 2020 года внесен ряд изменений и дополнений в целях обеспечения надлежащего стимулирования учителей физической культуры, достигающих высокой производительности труда. В частности, согласно приложению к Положению о порядке аттестации педагогов дошкольных, общеобразовательных, средне-специальных, профессионально-технических и внешкольных государственных образовательных учреждений, непосредственно (без аттестации) присваиваются следующие квалификационные категории (должности). ) следующим учителям физкультуры:

— для подготовивших 1 место призеров спортивных соревнований районного (городского) уровня — вторая квалификационная категория (старший преподаватель);

— для занявших 1 место в областных спортивных соревнованиях — первая квалификационная категория (ведущий воспитатель);

— обладатели 1, 2 и 3 мест в международных и республиканских спортивных соревнованиях — высшая квалификационная категория (должность завуча).

Соответствующие министерства и ведомства также вносят изменения в положения в связи с тем, что постановление предусматривает проведение теоретических и практических испытаний (вместо зачетов) для учителей физической культуры.

Эти изменения в значительной степени будут способствовать повышению работоспособности учителей физической культуры и еще больше повысят эффективность работы по развитию массового спорта и физической культуры.

Для информации:

Всего в 2019 году в испытаниях по аттестации педагогов системы народного образования приняли участие 2 592 учителя физической культуры.

Из 2592 участников, сдавших тест, 1481 (57,1%) сообщили о положительных результатах, что свидетельствует о том, что они имеют право на повышение или сохранение текущей квалификационной категории.

Средняя успеваемость 2592 учителей по физической культуре составила 61,4% (рост +1,3% по сравнению с 60,1% в прошлом году).

При анализе работы этих учителей по 100-балльной системе оценок из 2592 учителей, принявших участие:

— 86-100 баллов, отлично — 64 (2,4%) человека;

— 71-85 баллов, хорошо — 399 (15,3%) человек;

— 55-70 баллов, удовлетворительно — 1287 (49,6%) человек;

— Менее 55 баллов, без конусов — 842 (32,6%).

По результатам аттестации 68 (2,6%) присвоена высшая квалификационная категория, 1040 (40,1%) присвоена первая квалификационная категория, 1484 (57,2%) присвоена вторая квалификационная категория.

В 2019-2020 учебном году в государственных образовательных учреждениях работает 28 897 учителей физической культуры, в том числе:

— количество высококвалифицированных категорий — 314 человек (1,1%);

— количество первоклассников — 2842 человека (9,9%);

— Численность второй квалификационной категории — 9887 человек (34,3%);

— количество специалистов квалификации — 9753 человека (33,7%);

— 6075 человек (21,0 %) без квалификационной категории (среднее специальное образование).

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: