Endi bog‘chalarimizda Xitoy tilini o’rganish joriy qilinishi mumkin

Endi bog‘chalarimizda Xitoy tilini o'rganish joriy qilinishi mumkin
Telegramda o'qish

2020 yilning 5-noyabr kuni Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va O‘zbekistondagi Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor Elchisi  Szyan Yan xonim o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida kelajakdagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘yinchoqlar va turli xil o‘yin uskunalarini hamda didaktik materiallarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, davlat-xususiy sherikligi asosida NMTTni tashkil etish taklifi ilgari surildi.  Shu bilan birga, suhbatdan DMTTlarida xitoy tilini qo‘shimcha chet tili sifatida o‘rganish, bu borada xodimlar malakasini oshirish kabi masalalar ham o‘rin oldi.
Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va O‘zbekistondagi Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi  Szyan Yan bilan hamkorlikda  Toshkent shahrida  raqamli bolalar bog‘chasining pilot loyihasini ishga tushirish muhokama qilindi.

Shuningdek, Xitoyning Sun Sinlin jamg‘armasi hamkorligi doirasida ixtisoslashtirilgan MTTlarning ta’lim sifatini oshirish, xodimlarning bilim salohiyatlarini kengaytirish masalalari borasida fikr almashildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hamkorlik doirasida Xitoyda “Bolalarning erta rivojlanishi uchun innovatsion yondashuv” nomli  Ikkinchi o‘zbek-xitoy forumini tashkil etish kelishib olindi.
Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi nomidan kam ta’minlangan oilalar farzandlariga 300 dona o‘yinchoq (termos va kubik-Rubiklar) sovg‘a qilindi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: