Endi o’quvchilar o’zlari qiziqqan fanni chuqur o’qishi mumkin bo’ladi

Endi o’quvchilar o’zlari qiziqqan fanni chuqur o’qishi mumkin bo’ladi

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri buyrug’i bilan 2019-2020 o’quv yilining uchinchi choragidan boshlab, umumiy o’rta ta’lim maktablarida variativ o’quv rejalar tajriba-sinovdan o’tkaziladi.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Eslatib o’tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xarita”sida variativ (o’zgaruvchan) o’quv rejalarining joriy etilishi belgilangan.
Variativ o’quv rejalarini joriy qilishdan maqsad o’quvchilarning o’zlari qiziqqan fanlarni chuqur o’rganishiga sharoit yaratish, maktab bitiruvchilarining oliy o’quv yurtiga kirish imtihoniga tayyorgarlik ko’rishini ta’minlash va yuqori sinflarda o’quv jarayonini kasblarga yo’naltirilgan holda tashkil etishdan iborat.
Ta’kidlash joizki, variativ o’quv rejalarining joriy qilinishi ixtiyoriy bo’lib, maktabda tanlov sinfini tashkil etishda yuqori malakali, tajribali o’qituvchilarning mavjudligi inobatga olinadi.
Quyidagi hollarda umumiy o’rta ta’lim maktablarida variativ (o’zgaruvchan) o’quv reja joriy qilinishiga yo’l qo’yilmaydi:

o’quvchilar, o’qituvchilar va ota-onalardan norozichilik bo’lsa;

umumiy o’rta ta’lim maktablari variativ (o’zgaruvchan) o’quv reja asosida o’qitiladigan sinfga tegishli fandan dars berish uchun yetarli malaka va tajribaga ega o’qituvchi bilan ta’minlanmagan bo’lsa.

Tanlov sinfi yo’nalishi 10-, 11-sinflar kesimida o’quvchilar o’rtasida so’rovnoma o’tkazish orqali aniqlanadi. Bunda bir nafar o’quvchi faqat bitta yo’nalishni tanlaydi.
O’quvchilar o’rtasida so’rovnoma o’tkazish va natijasini umumlashtirish uchun maktabda tanlov komissiyasi tuziladi. Komissiya tarkibiga maktab direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari, psixolog, fan metod birlashma rahbari va ota-onalar qo’mitasi raisi kiritiladi. SHu bilan birga, tanlov komissiyasi a’zolari tarkibiga o’quvchilarning ota-onalari va tegishli yo’nalishdagi fan o’qituvchilari kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi (ota-onalar qo’mitasi raisi va fan metod birlashma rahbari bundan mustasno).
So’rovnomani o’tkazish va natijalarini umumlashtirish jarayonining shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini o’rnatish maqsadida ushbu jarayonlarda maktabning Kuzatuv kengashi a’zolari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
So’rovnoma natijasida tegishli tanlov sinfida o’qishni xohlagan o’quvchilar soni 35 nafardan oshib ketsa, bunday holda o’quvchilar maktab tomonidan tashkil etiladigan tegishli fan bo’yicha sinov natijalari asosida tanlov sinfiga qabul qilinadi.
Agarda tanlov sinfida o’qishni xohlagan o’quvchilar soni 35 nafardan ortiq bo’lmasa, bunday holda o’quvchilar tanlov sinfiga sinovsiz qabul qilinadi.
Tanlov sinfini tashkil etish uchun quyidagi yo’nalishlar tavsiya etiladi:
birinchi yo’nalish: xorijiy til va filologiya yo’nalishi;
ikkinchi yo’nalish: moliya – iqtisod yo’nalishi;
uchinchi yo’nalish: texnologiya yo’nalishi;
to’rtinchi yo’nalish: tabiiy fanlar yo’nalishi;
beshinchi yo’nalish: ijtimoiy-gumanitar yo’nalish.
Pedagogika kengashi qarori bilan tasdiqlangan tanlov sinfi yo’nalishidan kelib chiqib, tegishli fan metodika birlashmasi va direktorning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan tanlov sinfining o’quv rejasi tuziladi.
Tanlov sinfi uchun variativ o’quv rejani tuzishda 2019-2020 o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv rejada 10-11-sinflarga ajratilgan umumiy dars soatlari miqdori asos qilib olinadi. Bunda haftalik umumiy soatlar miqdori 10-sinfda 30 soatni, 11-sinfda 31 soatni tashkil etadi.
Variativ o’quv rejalarining joriy etilishi natijasida 10- va 11-sinflarda o’quvchilar o’qiydigan majburiy fanlar soni 15 tadan 8 taga kamayadi. Mazkur o’quv rejasini tajriba-sinovdan o’tkazish jarayonida ona tili va adabiyoti, o’zbek tili/rus tili, chet tili, tarix, matematika, informatika, ma’naviyat asoslari (tarbiya), jismoniy tarbiya fanlari majburiy o’qitiladi.
Mazkur majburiy fanlarga ajratilgan soatlarning miqdori tayanch o’quv rejada belgilangan miqdordan (10-sinfda jami 19 soatdan, 11-sinfda 19,5 soatdan) kam bo’lmasligi lozim.
O’quvchilar tomonidan tanlangan yo’nalishga oid fanlar tanlov fanlari hisoblanadi. Tanlov sinfida majburiy fanlar bilan birga tanlov fanlari ham o’qitiladi va tanlov fanlari uchun haftada 10-sinfda jami 11 soat, 11-sinfda 11,5 soat ajratiladi. Tanlov fanlariga 2019-2020 o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv rejada 10-11-sinf uchun belgilangan barcha fanlar kiradi.
Majburiy fanlar tanlov fani sifatida ham tanlanishi mumkin. Bunda majburiy fanga tayanch o’quv rejada ajratilgan soatga qo’shimcha ravishda tanlov fani uchun ajratilgan soat qo’shib o’qitiladi.
Tanlov fanlariga boshqa fanlar hisobidan ajratiladigan qo’shimcha soatlarni o’tishda fanlarning bo’lib o’qitilishiga yo’l qo’yilmaydi.
SHuningdek, tanlov fani sifatida tanlangan majburiy fanlar: “CHet tili”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Jismoniy tarbiya”, ta’lim tili o’zbek tili bo’lmagan umumiy o’rta ta’lim maktabida “O’zbek tili” hamda ta’lim tili rus tili bo’lmagan umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Rus tili” fanlari ikki guruhga bo’lib o’qitilishiga yo’l qo’yilmaydi (mazkur fanlarga tayanch o’quv rejada ajratilgan soatlar bundan mustasno).
Tanlov sinfida tanlov fanlari uchun ajratilgan soatlarni yo’nalishlar bo’yicha tegishli fanlar uchun quyidagicha taqsimlash tavsiya etiladi:
Xorijiy til va filologiya yo’nalishida: 10-sinfda “CHet tili” fani 5 soat, “Ona tili va adabiyoti” fani 6 soat, 11-sinfda “CHet tili” fani 5,5 soat, “Ona tili va adabiyoti” fani 6 soat o’qitilishi mumkin;
Moliya – iqtisod yo’nalishida: 10-sinfda “Matematika” fani 6 soat, “CHet tili” fani 5 soat, 11-sinfda “Matematika” fani 5,5 soat, “CHet tili” fani 6 soat o’qitilishi mumkin;
Texnologiya yo’nalishida: 10-sinfda “Matematika” fani 4 soat, “Fizika” fani 7 soat, 11-sinfda “Matematika” fani 4,5 soat, “Fizika” fani 7 soat o’qitilishi mumkin;
Tabiiy fanlar yo’nalishida: 10-sinfda “Biologiya” fani 5 soat, “Kimyo” fani 6 soat, 11-sinfda “Biologiya” fani 5,5 soat, “Kimyo” fani 6 soat o’qitilishi mumkin;
Gumanitar yo’nalishida: 10-sinfda “Tarix” fani 5 soat, “Ona tili va adabiyoti” fani 6 soat, 11-sinfda “Tarix” fani 5 soat, “Ona tili va adabiyoti” fani 6,5 soat o’qitilishi mumkin.
Tanlov fani bo’yicha qo’shimcha ajratilgan soatlarda quyidagilar amalga oshiriladi:
o’quvchilarga fanlarni chuqur o’rgatish va tegishli mavzularga doir qo’shimcha ma’lumotlar berish;
o’quvchilar bilimini mustahkamlash va mavzularni to’liq o’zlashtirilishini ta’minlash;
“Khan Academy O‘zbek – Onlayn ta’lim platformasi” ta’lim resurslaridan foydalanish;
qo’shimcha adabiyotlardan misol va masalalar, testlar (DTM saytidagi namunaviy testlar) yechish;
oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilarini jalb qilish;
o’quvchilarni oliy ta’lim muassasalarining kirish imtihonlariga tayyorlash.
Tanlov fanlarini chuqur o’rgatishda darsliklardan tashqari, qo’shimcha adabiyot va manbalardan foydalanish mumkin. Bunda mualliflik o’quv dasturlaridan amaliyotda foydalanishga Respublika ta’lim markazi tomonidan ekspertizadan o’tkazilgan taqdirda ruxsat etiladi.
“Variativ o’quv rejalari hozirda tajriba sifatida joriy etilmoqda. YAngi tizim o’quvchilarga maktabning o’zida oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihoniga tayyorlanishi uchun imkoniyat yaratib, repetitorga ehtiyojini kamaytiradi. SHuningdek, o’quvchilarning vaqti tejaladi. Natijada, ota-onalarning repetitorga sarflayotgan mablag’i tejalib, kam ta’minlangan oila farzandlari uchun ham OTMga bepul tayyorgarlik ko’rishga imkon yaratiladi”, dedi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Alisher Umarov.


Приказом министра народного просвещения Республики Узбекистан, начиная с третьего квартала 2019-2020 учебного года, в общеобразовательных средних школах будут в пилотном порядке внедряться альтернативные учебные планы.
сообщает пресс-служба Министерства народного образования .
Напомним, введение вариативных (сменных) учебных планов в «Дорожную карту» по реализации Концепции развития системы народного образования Республики Узбекистан до 2030 года в 2019 году, утвержденной указом Президента Шавката Мирзиёева Целью введения альтернативных учебных программ является создание условий для углубленного изучения учащимися интересующих их предметов, обеспечение подготовки выпускников школ к вступительным экзаменам в высшие учебные заведения и совершенствование учебного процесса в старших классах. Следует отметить, что введение вариативного учебного плана является добровольным, с учетом наличия высококвалифицированных, опытных педагогов в организации факультативного занятия в школе.Введение вариативного учебного плана не допускается:
если есть недовольство со стороны учеников, учителей и родителей;
если общеобразовательные школы не обеспечены учителем, имеющим достаточную квалификацию и опыт работы для преподавания предмета, соответствующего преподаваемому классу, на основе вариативного (переменного) учебного плана.
Направление отборочного класса определяется путем проведения опроса среди учащихся 10-х и 11-х классов. При этом один студент выбирает только одно направление.
В школе будет создана приемная комиссия, которая проведет опрос среди учащихся и подведет итоги. В комиссию вошли заместитель директора школы по воспитательной работе, психолог, руководитель научно-методического объединения и председатель родительского комитета. При этом не допускается включение в состав приемной комиссии родителей учащихся и преподавателей естественных наук по соответствующей специальности (кроме председателя родительского комитета и руководителя научно-методической ассоциации). обеспечить прозрачность процесса проведения опроса и подведения итогов, установить общественный контроль, члены наблюдательного совета школы могут участвовать в этих процессах в качестве наблюдателей.При этом учащиеся принимаются в элективный класс на основании результатов тестирования по соответствующему предмету, организуемому школой.Если количество учащихся, желающих обучаться в факультативном классе, не превышает 35, то осуществляется отбор учащихся.Рекомендуются следующие направления для организации факультативного класса: первое направление : направление иностранного языка и филологии второе направление Направление: финансово-экономическое направление, третье направление: технологическое направление, четвертое направление: естественнонаучное направление, пятое направление: социально-гуманитарное направление Постановление Педагогического совета Учебный план факультативного класса будет разработан соответствующим объединением науки и методологии и заместителем директора по учебной работе, исходя из направления факультативного класса.Основной учебный план на год формируется исходя из общего количества аудиторных часов, отведенных на 10-11 классы. Общее количество часов в неделю составляет 30 часов в 10-х классах и 31 час в 11-х классах.В результате введения альтернативных учебных программ количество обязательных предметов, преподаваемых учащимися 10-х и 11-х классов, будет сокращено с 15 до 8. . В процессе апробации по данной учебной программе в обязательном порядке преподаются родной язык и литература, узбекский/русский язык, иностранный язык, история, математика, информатика, основы духовности (образования), физическая культура.Количество часов, отведенных на эти обязательные предметы, должно не менее количества, указанного в основной учебной программе (всего 19 часов в 10 классе, 19,5 часов в 11 классе). Помимо обязательных предметов, в факультативном классе преподаются и факультативные предметы, а всего на факультативные предметы в 10-м классе отводится 11 часов в неделю и 11,5 часов в 11-м классе. К факультативным предметам относятся все предметы, указанные в базовом учебном плане на 2019-2020 учебный год для 10-11 классов, в качестве факультативов могут быть выбраны и обязательные предметы. В этом случае помимо часов, отведенных в основном учебном плане, дополнительно к часам, отведенным на предмет по выбору, преподаются обязательные науки, а также обязательные предметы, выбранные в качестве предметов по выбору: «Иностранный язык», «Информатика и информационные технологии». , «Физическая культура», в общеобразовательной школе с неузбекским языком обучения Узбекский язык и нерусский язык обучения в общеобразовательных школах не допускается преподавание в двух группах (эти предметы входят в базовую учебную программу часов)) В факультативном классе часы, отведенные на факультативные предметы по соответствующим дисциплинам, рекомендуется распределять следующим образом: В области иностранных языков и филологии: в 10 классе предмет «Иностранный язык» 5 часов, «Родной язык и литература» 6 часов, 11 класс «Иностранный язык» 5,5 часов, «Родной язык и литература» В области финансов и экономики: «Математика» в 10 классе — 6 часов, «Иностранный язык» — 5 часов, в 11 классе — «Математика» — 5,5 часов, «Иностранный язык» Предмет может преподаваться в течение 6 часов; В области технологии: 4 класс «Математика» 4 часа, «Физика» 7 часов, 11 класс «Математика» 4,5 часа, «Физика» 7 часов o В области естественных наук: в 10 классе «Биология» может преподаваться 5 часов, «Химия» 6 часов, в 11 классе «Биология» 5,5 часов, «Химия» 6 часов По гуманитарным наукам: в 10 классе предмет «История» может преподаваться 5 часов, предмет «Родной язык и литература» на 6 часов, в 11 классе предмет «История» на 5 часов, предмет «Родной язык и литература» на 6,5 часов Дополнительные часы по факультативным предметам включают: углубленное изучение предметов и дополнительная информация по актуальным темам, закрепление знаний учащихся и обеспечение полного усвоения тем минлаш, «Академия хана узбекский — Образовательная онлайн-платформа» использование образовательных ресурсов; примеры и задачи из дополнительной литературы, решение тестов (примеры тестов на сайте ДТМ); привлечение преподавателей вузов; ознакомление студентов с вузами. Помимо учебников, дополнительная литература и ресурсы могут быть использованы для углубленного изучения факультативных предметов. При этом допускается практическое использование авторских учебных планов при условии прохождения экспертизы Республиканским центром образования. Новая система снизит потребность в репетиторстве, позволив учащимся готовиться к вступительным экзаменам в высшие учебные заведения непосредственно в школе. Это также экономит время студентов. В результате родители сэкономят деньги на репетиторстве, а дети из малообеспеченных семей смогут бесплатно подготовиться к высшему образованию», — отметил первый заместитель министра народного образования Республики Узбекистан Алишер Умаров.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: