Xotin-qizlar endi uydan chiqmasdan muammolarini hal qilishi mumkin

Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va yechim toppish uchun aziz-ayol.uz platformasi ishlamoqda

Buning uchun https://aziz-ayol.uz/ platformasi faoliyat olib bormoqda.

Platformada psixolog, shifokor va huquqshunos bilan onlayn muloqot yo‘lga qo‘yilgan.
Vazirlar Mahkamasining “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan milliy platforma doirasida davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro elektron hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga asosan, shuningdek 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni” orqali tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar bilan muloqot qilish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish masalalari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarga 24 soat ichida tezkor munosabat bildirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Platforma orqali:
— xotin-qizlar, shu jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etishga yordam beriladi;
— vazirlik va idoralardan xotin-qizlar bilan bog‘liq ma’lumotlar tezkor yig‘iladi va real vaqt rejimida tahlil qilinadi;
— xotin-qizlarning o‘z huquqlarini ta’minlanishi bo‘yicha murojaat qilishlari uchun yanada qulayliklar yaratiladi.
Milliy platformani uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga topshirilgan.


Для этого работает платформа https://aziz-ayol.uz/.

Платформа предлагает онлайн-общение с психологами, врачами и юристами.
Постановлением Кабинета Министров «О мерах по внедрению единой интерактивной национальной платформы «Aziz-ayol.uz» утверждено Положение о порядке электронного взаимодействия государственных органов и организаций в рамках национальной платформы.
Согласно постановлению, по номеру горячей линии 1146 также предоставляется информация по вопросам связи с женщинами, пострадавшими от давления и насилия, а также экстренная психологическая, психотерапевтическая, юридическая помощь, консультирование и информирование. Практика оперативного реагирования на поступающие обращения будет налажена в течение 24 часов. часы.
Через платформу:
— Профессиональное обучение, трудоустройство и предпринимательство женщин, в том числе женщин, включенных в «Женскую книгу»;
— информация о женщинах от министерств и ведомств собирается и анализируется в режиме реального времени;
— упростить для женщин обращение за своими правами.
Министерство поддержки махалли и семьи отвечает за обеспечение бесперебойной работы национальной платформы.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: