Dunyoning eng kichik lekin katta ta’sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati

Dunyoning eng kichik lekin katta ta’sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati

Dunyoda shunday mamlakatlar borki ular demografik jihatdan ham va yer maydonlarining kattaligi bo‘yicha ham katta ahamiyat kasb etmaydilar, lekin ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ta’sirlari global ahamiyatga ega.

Bugungi maqolamiz ana shunday davlatlar ro‘yxatini birinchi o‘ntaligini sizlarning e’tiboringizga havola qiladi.

1. Vatikan


Vatikan o‘zining jahon diplomatiyasiga ta’siri jihatdan dunyoda o‘ziga xos o‘ringa egadir. Davlatning bu mavqei uning tarixi va diniy roli bilan uzviy bog‘liqdir. Dastlab, Vatikan davlatini dunyoning eng qadimgi mamlakatlardan biri ekanligini unutmaslik lozim, davlatga 754-yilda asos solingan. Papalik o‘zining ilk rasmiy diplomatik bayonatlarini XI-asr oxirlariga kelib e’lon qilishni boshlaydi. Qirolliklardagi Vatikanga bo‘ysunuvchi cherkovlardagi yepiskop va ruhoniylar mavjud mamlakatlarning ichki hamda tashqi siysatlariga katta ta’sir ko‘rsatar edi. Shuningdek Papalar qirolliklarning orasidagi manfaat to‘qnashuvlari, urushlar va qarindoshlik munosabatlarini o‘rnatilishida siyosiy dallol sifatida ishtirok etgan. Yevropada uyg‘onish davrining boshlanishi hamda protestonizmning kuchayishi bilan Vatikan asta sekin o‘zining ta’sirini yo‘qota bordi. Bir tomondan bu Vatikan cherkovlarining mahalliy hokimiyatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirini yo‘qotgan bo‘lsa, boshqa tomondan Vatikanni diplomatik qobilyatini tobora takomillashtirishiga va zamon bilan hamnafas siyosat olib borishiga turtki bo‘ldi.
Mamlakat 44 gektar hududda joylashgan, aholisi 1000 kishiga yaqin. Demak Vatikan mamlakatining halqaro maydondagi qudrati uning hududining kattaliga, demografiyasi, iqtisodi yoki resurslarning ko‘pligi bilan emas balki uning diniy-madaniy va diplomatik ta’siri bilan belgilanadi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda dunyoda o‘zini rasman katolik deb tan olgan 1 mlrd 100 million kishi bo‘lib, Papa ushbu kishilarga bevosita ta’sir o‘tkaza oladi. Bundan tashqari, Xristian dunyosining boshqa mazhablari va katoliklar soni kichik bo‘lgan boshqa din a’zolari asosiy ko‘pchilikni tashkil qilgan mamlakatlar ham Vatikan ta’siridan mustasno emas.

2. Singapur


1965-yilda asos solingan va 699 km² yer maydoniga ega bo‘lgan Singapur mamlakati, 80-yillarga keliboq o‘zining moliyaviy-savdo xizmatlari tufayli Osiyoning rivojlangan mamlakatiga aylanib, Osiyo yo‘lbarsi nomini oldi. Garchi hozirda iqtisodiy o‘sish darajasi pasaygan bo‘lsada, Singapur Osiyodagi Yaponiyadan keyin eng salmoqli moliya markazi mavqeini qo‘ldan bermay kelmoqda. Savdo-sotiq, port-shahar va turizm sohasida mamlakat dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi  Shu bilan birga mamlakat o‘z ta’sirini dunyoning boshqa mamlakatlariga o‘tkazishda yumshoq kuch siyosatini o‘ziga hos uslubini tanlagan. Bu ta’sir moliyaviy yoki iqtisodiy bosim-shantajlar bilan emas balki ilmiy-madaniy sohalarni keng yoyish orqali amalga oshiriladi. O‘z navbatida bu siyosat o‘zining uch yo‘nalishiga egadir:

1. Turli xil sohalardagi yuqori darajali konferensiya va ilmiy seminarlarning tashkil qilinishi. Bu tadbirlarga Singapur hukumati alohida e’tibor bilan qaraydi, dunyoning eng mashhur siyosatchilari, iqtisodchilari, olimlari va sotsiologlari ushbu kichik shahar-davlatda uchrashadilar. O‘z-o‘zidan so‘ngi 10 yil ichida Singapur yuqori doiradagi samarali uchrashuvlar va munosabatlar, aloqalar o‘rnatish joyiga aylandi.

2. Singapurdagi dam olish va ko‘ngilochar maskanlarga asos solinishi va dunyoning turli mamlakatlaridan yuqori mavqeili mijozlarning mamlakatga oqib kelishi. Bu bilan Singapur nafaqat katta miqdordagi mablag‘larni o‘ziga jalb qiladi, balki dunyo hamjamiyati uchun madaniy hordiq maskaniga aylanib bormoqda.

3. 2005-yildan buyon Singapur ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratmoqda. Hozirda mamlakat universitetlari dunyoning eng yaxshi universitetlari elliktaligiga kirishga ulgurdi va Singapur chet-el talabalarini o‘ziga jalb qiladigan muhim markazlardan biriga aylandi. Bundan tashqari oliy ta’lim sohasida yangi metodlarni ishlab chiqilishi mamlakat universitet tizimini dunyoning ko‘pchilik mamlakatlariga eksport qilinishiga olib kelindi, jumladan O‘zbekistonda ham Singapur bilan hamkorlikda menedjment instituti ochilgan.

Dunyo iqtisodining yaqin kelajakda G‘arbdan Osiyoga siljishi Singapur uchun kelajakda yanada kengroq rivojlanish yo‘llarini ochilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hozirda esa mamlakat allaqachon o‘zining global ta’sirini kuchaytirish uchun poydevorni qurib bo‘ldi desak adashmaymiz.

3. Gonkong


Garchan Gonkong rasman Xitoyning hududiga qarashli bo‘lsada, bu iqtisodiy-madaniy jihatdan mustaqil bo‘lgan shahar-mamlakatni alohida e’tirof etish lozim.
Tarixan Buyuk Britaniyaning Osiyodagi madaniy merosxo‘ri bo‘lgan Gonkong, 99-yillik ijara shartnomasini tugashi munosabati bilan, 1997-yilda Xitoy Xalq Respublikasining tarkibiga qo‘shib olinadi. Gonkong aholisining kishi boshiga YAIMi, Osiyoda Yaponiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi va mamlakat savdo-sotiq bo‘yicha dunyoda 11-o‘rinda turadi. Mamlakat Xitoy tarkibiga kirgandan beri uning dunyoga ta’siri yanada kuchaydi. Kommunistik rejimdagi Xitoyning, kapitalistik mamlakatlar bilan iqtisodiy-moliyaviy oldi berdilar qilishida Gonkong ko‘prik vazifasini o‘tab kelmoqda. Bunday salohiyat bilan u dunyoga Xitoyning iqtisodiy ta’sirini yoyishida moliyaviy darg‘a bo‘lib xizmat qilmoqda.

4. Livan


O‘zini qadimgi Finikiyaning merosxo‘ri sifatida ko‘ruvchi Yaqin Sharqdagi ushbu mamlakat boshqa kichik mamlakatlardan farqli o‘laroq ulkan moliyaviy potensiallarga ega emas, uning ta’sir kuchi joylashgan geografik o‘rniga va dunyo bo‘ylab tarqalgan diasporasiga jo bo‘lgan. Dastlab mamlakat uzoq tarix davomida Arab va G‘arb dunyosi o‘rtasidagi muhim aktyor bo‘lib kelgan. Isroil davlatining yaratilishi bilan mamlakatning bu vazifasi yanada kuchaydi. Livan dunyoda o‘zining madaniyati, tili va dinining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Mamlakat poytaxtida aholi arab, fransuz va ingliz tillarida gaplashadi va bir kvartalda masjid, cherkov va sinagoklar yonma-yon joylashishi Livanliklar uchun oddiy holdir.
Ikkinchi ta’sir quroli bo‘lmish, Livanlik ko‘chib ketgan aholi mamlakatning siyosiy mavjudligida muhim rol o‘ynaydi. O‘zga davlatlarga immigrant sifatida ko‘chib ketgan ayrim Livanliklar ushbu mamlakatlarda kalit mansablarga erishganlar va ushbu mamlakatlar tashqi siyosatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadilar.

5. Qatar


Gaz va neft resurslariga eng boy mamlakatlaridan biri Qatar, so‘ngi 10 yil ichida o‘zining mintaqaviy va global ta’sirini kuchaytirishni tashqi siyosatini asosiy mezoni deb belgiladi. Bunday pozitsiya, Qatarning bir yoqlama iqtisodi va mintaqadagi Eron va Saudiya Arabistoni orasidagi siquvga olingan geopolitik o‘rnini qaysidir ma’noda tashqi investitsiyalar va madaniy integratsiyalar orqali qoplashga urinishdir. Mamlakat YAIMning 65%i yoqilg‘i energiyasining eksportidan tashkil topgan.
Dunyoga o‘z ta’sirini o‘tkazishda Qatar portfel siyosatini o‘ziga asos qilib olgan. Gaz va neft sotishdan kirib kelayotgan mablag‘lar Qatar iqtisodida 20 mlrd AQSH dollarini ishlatilmasdan ortib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu mablag‘ esa asosan chet-ellardagi, ayniqsa Yevropadagi, lyuks xizmat ko‘rsatish muassasalarni Qatarliklar hisobiga o‘zlashtirishga sarflanmoqda. Bundan tashqari o‘zining iqtisodiy-strategik o‘rnidan foydalangan Qatar 2022-yilgi Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati o‘yinlarini o‘tkazish uchun g‘oliblikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu chempionat orqali Qatar dunyo hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlab olishni ko‘zlagan. Chempionatga tayyorgarlik uchun Qatar 200 mlrd AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratishni e’lon qilgan.

6. Quvayt


Xuddi Qatar kabi Quvayt ham asosan yoqilg‘i-energetik resurslar eksporti hisobiga katta mablag‘lar zaxirasini hosil qilgan. Mamlakatning 90% daromadi neft-gaz eksportidan keladi. Lekin Qatardan farqli o‘laroq Quvayt asosan madaniy sohalarni emas balki iqtisodiy-siyosiy yo‘nalishlarni mablag‘ bilan ta’minlaydi va G‘arb dunyosidan ko‘ra Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan munosabatlarni kuchaytirishga katta e’tibor qaratadi. Quvayt Saudiya Arabistoni tashqi siyosatiga yaqin yo‘nalishda Osiyodagi aholisining asosiy qismini Islomning sunniy mazhabidagi kishilar tashkil qilgan mamlakatlarga ulkan iqtisodiy investitsiytalar kiritgan, shuningdek, Islomning ushbu yo‘nalishini kuchaytirish maqsadida Quvayt bir qancha islomiy uyushmalarni ham moliyalashtirgan. Xususan Al-Qoida xalqaro terroristik guruhining asosiy moliyaviy manbai Quvayt davlatining byudjeti hisoblangan.

7. Isroil


Hammamizga Isroilning jahon miqyosida tutgan o‘rni sir bo‘lmasa kerak. Hududi taxminan Farg‘ona vodiysi bilan teng bo‘lgan bu mamlakat o‘zining to‘qnashuvlarga boy siyosiy tarixi va 2-Jahon Urushidan keyin Yahudiy millatiga ramziy ma’noda tortiq qilingan mamlakat statusi bilan jahonning eng mashhur mamlakatlaridan biriga aylangan. Isroilning bu qadar dunyoga katta ta’sir o‘tkazishiga bir nechta sabablar bordir. Lekin shulardan eng asosiylari yahudiy xalqining tarixiy tarqalishi va Uchinchi Reyxning yahudiylar ustidan qilgan genotsidi oqibatida Isroil davlatiga asos solinishidir. Hozirda Yahudiylar dunyoda geografik jihatdan eng keng tarqalgan millat hisoblanadi, birgina AQShning o‘zida Isroildagi yahudiylardan ko‘proq yahudiylar istiqomat qilishadi. Bu yahudiy diasporalari o‘zga mamlakatlarda bir nechta yuz yillardan beri yashab kelishadi, buning oqibatida ular o‘z dinlari, madaniyati, tili va birdamliligini saqlagan holda mahalliy jamiyatlarga to‘laligicha qo‘shilib ketganlar. Hozirda yahudiylarning vakillari dunyo siyosatida va iqtisodiyotida juda muhim mansablarni egallaganlar, bu esa Isroilni ham iqtisodiy va ham siyosiy tomonidan qo‘llab quvvatlanishiga sabab bo‘lmoqda.

8. Tayvan


Xitoyning tarkibidagi lekin o‘zining alohida qonunlari va tashqi siyosatiga ega bo‘lgan ushbu davlat ham Singapur kabi Osiyo yo‘lbarslari sirasiga kiradi. Asosan moliyaviy va savdo-sotiq sohalariga ixtisoslashgan bu davlatning iqtisodi jahondagi uncha-muncha o‘rtamiyona mamlakatlarinikidan kuchliroqdir. Bundan tashqari o‘zining siyosiy mavqei yuzasidan AQSh va Xitoy o‘rtasida ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan Tayvan juda muhim strategik ahamiyatga ega. Bu esa Tayvanga ikki tomonga ham o‘z xohish-istaklarini qisman bo‘lsada bildirish imkonini bergan.

9. Shveytsariya


Yevropaning markaziy qismida joylashgan va hududining asosiy qismi tog‘lardan tashkil topgan Shveytsariya xalqaro maydonda alohida ahamiyatga egadir. Uning moliyaviy tizimi, banklar mijozlarining anonimligini kafolati hamda soliq tizimining yengilligi, bu mamlakatga tinimsiz chet-el investitsiyalarini yog‘ilib kelishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari mamlakat dunyoda o‘zini birinchilardan bo‘lib betarafligini e’lon qilgan davlatlar sirasiga kiradi, buning natijasida esa u ko‘pchilik nodavlat xalqaro tashkilotlar uchun shtab-mamlakatiga aylandi. Mamlakatda turizm va ilmiy-texnologiya sohalari ham yaxshi rivojlangan.

10. Birlashgan Arab Amirliklari


BAAni Fors ko‘rfazining Shveytsariyasi desak xato bo‘lmaydi. Lekin BAAi barcha Fors ko‘rfazi mamlakatlari kabi yoqilg‘i-energetik resurslariga juda boydir. Resurslar hisobidan keladigan katta mablag‘larni BAAi mamlakatda ochiq xalqaro moliya tizimini yaratishga sarfladi va uni yaratishga erishdi. Hozirda Dubay Osiyoning Yaponiya va Singapurdan keyingi asosiy savdo-sotiq operatsiyalari amalga oshiriladigan shahriga aylandi. Bundan tashqari mamlakat ilm-fan, turizm va ekologiya sohalarini rivojlantirishga qattiq bel bog‘lagan.
Iqtisodiy va moliyaviy o‘sishga qaramasdan hududi kichik davlatlar uchun xavfsizlik masalasi doimo markaziy o‘rin egallaydi. Chunki ular o‘z mudofasini va harbiy salohiyatini aholisi soni kamligi va hududi kichikligi tufayli keng ko‘lmada rivojlantira olmaydilar, shu sababdan yuqoridagi kabi kichik lekin rivojlangan mamlakatlar yirik qudratli mamlakatlar kafolatiga suyangan holda o‘z xavfsizligini ta’minlashga harakat qiladilar. Ulardan ko‘pchiligi yirik davlatlar orasidagi raqobat tufayli tashqi siyosatini goh u tomonga, goh bu tomonga og‘dirgan holatda suverentitetini saqlashga urinsa, qolganlari to‘laligicha yirik davlatlarning harbiy himoyasini o‘zlariga kafolat qilib olishadi.
1990-yildagi Iroqning Quvaytga interventsiya qilishi yoki Isroil mamlakatining yon atrofidagi Arab mamlakatlari munosabatlari ushbu harbiy ojizliklarga yaqqol misoldir. Natijada kichik davlatlar tashqi siyosatida diplomatiyaga katta e’tibor qaratadilar, harbiy sohani esa son jihatidan emas, sifat jihatidan rivojlantirishga harakat qiladilar. Masalan Isroil harbiy kuchlari dunyodagi texnologik jihatdan eng zamonaviy armiyalaridan biri hisoblanadi, shuningdek mamlakatning maxfiy xizmati (Mossad) professionallik jihatidan ko‘pchilik qudratli mamlakatlar maxfiy xizmatlarini ortda qoldiradi.
Yana bir bor mamlakatning suvirenteti uchun hudud va demografik faktrolar muhim o‘rin tutishini biz guvohi bo‘lamiz.


В мире есть страны, которые не важны с точки зрения демографии или размера, но их политическое, экономическое и социальное влияние носит глобальный характер.

Сегодняшняя статья предлагает вашему вниманию первую десятку из такого списка стран.

1. Ватикан

Ватикан занимает уникальное место в мире с точки зрения своего влияния на мировую дипломатию. Эта позиция государства неразрывно связана с его историей и религиозной ролью. В первую очередь не следует забывать, что государство Ватикан является одной из древнейших стран мира, государство было основано в 754 году. Папство начало публиковать свои первые официальные дипломатические заявления в конце 11 века. Епископы и священники ватиканских церквей в королевствах имели большое влияние на внутреннюю и внешнюю политику существующих стран. Папы также выступали в качестве политических посредников в конфликтах интересов, войнах и родственных связях между королевствами. С началом европейского Возрождения и подъемом протестантизма Ватикан постепенно утратил свое влияние. С одной стороны, это лишило ватиканские церкви прямого влияния на местные органы власти, с другой — помогло Ватикану улучшить свои дипломатические навыки и проводить политику, соответствующую времени.
Страна занимает площадь 44 гектара и имеет население около 1000 человек. Это означает, что власть Ватикана на международной арене определяется не размером его территории, демографией, экономикой или обилием ресурсов, а его религиозным, культурным и дипломатическим влиянием. По последним данным, в мире насчитывается 1 миллиард 100 миллионов человек, официально признающих себя католиками, и Папа Римский может напрямую влиять на этих людей. Кроме того, влияние Ватикана не исключено в странах, где другие конфессии христианского мира и другие меньшинства католиков составляют большинство.

2. Сингапур

Основанный в 1965 году и занимающий площадь 699 км2, Сингапур стал азиатской страной в 1980-х годах благодаря своим финансовым и торговым услугам и был назван азиатским тигром. Хотя экономический рост замедлился, Сингапур по-прежнему остается вторым по величине финансовым центром в Азии после Японии. Страна является одной из ведущих стран мира с точки зрения торговли, портов и туризма. Это влияние достигается не за счет финансового или экономического давления-шантажа, а за счет широкого распространения научных и культурных направлений. В свою очередь, эта политика имеет три направления:

1.Организация конференций высокого уровня и научных семинаров в различных областях. Правительство Сингапура уделяет особое внимание этим событиям, поскольку в этом маленьком городе-государстве встречаются одни из самых известных политиков, экономистов, ученых и социологов мира. За последние 10 лет Сингапур стал местом встреч, контактов и контактов на высшем уровне.

2. Создание объектов досуга и развлечений в Сингапуре и приток именитых клиентов со всего мира. Сингапур не только привлекает много денег, но и становится культурным центром для мирового сообщества.

3. С 2005 года Сингапур уделяет большое внимание образованию. Университеты страны сейчас входят в число 50 лучших университетов мира, а Сингапур стал одним из важнейших центров по привлечению иностранных студентов. Кроме того, развитие новых методов в высшем образовании привело к экспорту университетской системы страны во многие страны мира, включая открытие института менеджмента в Узбекистане в сотрудничестве с Сингапуром.

Сдвиг мировой экономики с Запада в Азию в ближайшем будущем может открыть путь для дальнейшего развития Сингапура в будущем. И сейчас можно сказать, что страна уже заложила основу для укрепления своего глобального влияния.

3. Гонконг

Хотя Гонконг официально является частью Китая, он является экономически и культурно независимым городом-государством.
Гонконг, культурное наследие Великобритании в Азии, был аннексирован Китайской Народной Республикой в ​​1997 году после окончания 99-летней аренды. ВВП Гонконга на душу населения уступает только Японии в Азии и 11-му по величине в мире по объему торговли. С тех пор как страна стала частью Китая, ее влияние в мире усилилось. Гонконг служил мостом между коммунистическим Китаем и капиталистическими странами. Обладая таким потенциалом, он служит финансовым оплотом экономического влияния Китая в мире.

4. Ливан

Считая себя правопреемницей древней Финикии, эта страна на Ближнем Востоке, в отличие от других небольших стран, не обладает огромным финансовым потенциалом, ее географическое положение и ее диаспора рассредоточены по всему миру. Изначально страна долгое время была ключевым игроком между арабским и западным миром. С созданием государства Израиль эта задача страны станет еще сильнее. Ливан известен во всем мире своим культурным, языковым и религиозным разнообразием. Столица страны населена арабами.говорит по-французски и по-английски, и для ливанцев обычно мечети, церкви и синагоги располагаются рядом в одном квартале.
В качестве второго орудия влияния ливанские иммигранты играют важную роль в политическом существовании страны. Некоторые ливанцы, иммигрировавшие в другие страны, занимали ключевые посты в этих странах и оказывают прямое влияние на внешнюю политику этих стран.

5. Катар

Катар, одна из самых богатых стран по запасам газа и нефти, в последнее десятилетие сделал укрепление своего регионального и глобального влияния ключевым приоритетом внешней политики. Такая позиция является попыткой компенсировать однобокую экономику Катара и зажатое между Ираном и Саудовской Аравией геополитическое положение в регионе за счет иностранных инвестиций и культурной интеграции. Экспорт топливно-энергетических ресурсов составляет 65% ВВП страны.
Портфельная политика Катара основана на его влиянии в мире. Доходы от продажи газа и нефти оставили экономику Катара неиспользованными на 20 миллиардов долларов. Эти средства в основном тратятся на приобретение элитных услуг за границей, особенно в Европе, за счет катарцев. Кроме того, Катар, воспользовавшись своим экономическим и стратегическим положением, завоевал право на проведение чемпионата мира по футболу 2022 года. Благодаря этому чемпионату Катар стремится укрепить свои позиции в мировом сообществе. Катар объявил о бюджете турнира в 200 миллиардов долларов.

6. Кувейт

Как и Катар, Кувейт накопил большие резервы, в основном за счет экспорта топлива и энергии. 90% доходов страны приходится на экспорт нефти и газа. Но в отличие от Катара Кувейт финансирует в основном экономические и политические направления, а не культурные, и больше ориентируется на укрепление отношений с Азией и Ближним Востоком, чем с Западом. В соответствии с внешней политикой Саудовской Аравии Кувейт сделал огромные экономические инвестиции в страны, где большинство населения Азии исповедует суннитский ислам, и Кувейт финансировал ряд исламских ассоциаций для укрепления этого аспекта ислама. В частности, основным источником финансирования международной террористической группировки «Аль-Каида» является бюджет Государства Кувейт.

7. Израиль

Для всех нас не секрет, что Израиль имеет место в мире. Примерно равная Ферганской долине, страна стала одной из самых известных стран мира с ее богатой конфликтами политической историей и статусом символического подарка еврейскому народу после Второй мировой войны.Есть несколько причин, по которым Израиль имеет такое большое влияние в мире. Но наиболее важными из них являются исторический распад еврейского народа и создание Государства Израиль в результате геноцида Третьего рейха против евреев. Сегодня евреи являются самой географически разнообразной нацией в мире: только в Соединенных Штатах проживает больше евреев, чем в Израиле. Эти еврейские диаспоры сотни лет жили в других странах, в результате чего они полностью интегрировались в местные сообщества, сохранив при этом свою религию, культуру, язык и солидарность. Сегодня евреи занимают важные позиции в мировой политике и экономике, что дает Израилю как экономическую, так и политическую поддержку.

8. Тайвань

Как и Китай, который является частью Китая, но имеет свои законы и внешнюю политику, он является одним из азиатских тигров. Экономика, специализирующаяся на финансах и торговле, сильнее, чем в некоторых странах мира со средним классом. Кроме того, Тайвань имеет большое стратегическое значение, поскольку его политическая позиция вызвала много споров между США и Китаем. Это позволило Тайваню хотя бы частично выразить свои пожелания обеим сторонам.

9. Швейцария

Швейцария, расположенная в Центральной Европе, является крупным игроком на международной арене. Его финансовая система, гарантии анонимности банковских клиентов и простота налоговой системы привели к устойчивому притоку иностранных инвестиций в страну. Это также одна из первых стран в мире, объявившая о своем нейтралитете, в результате чего она стала штаб-квартирой многих неправительственных международных организаций. Туризм и наука и техника также хорошо развиты в стране.

10. Объединенные Арабские Эмираты

Можно с уверенностью сказать, что ОАЭ – это Швейцария Персидского залива. Но ОАЭ, как и все страны Персидского залива, очень богаты топливно-энергетическими ресурсами. ОАЭ вложили значительные средства в создание открытой международной финансовой системы в стране. Дубай в настоящее время является крупнейшим городом в Азии после Японии и Сингапура. Кроме того, страна привержена развитию науки, туризма и экологии.
Несмотря на экономический и финансовый рост, вопрос безопасности всегда был центральным для малых государств. Поскольку они не могут развивать свой оборонный и военный потенциал в больших масштабах из-за их небольшого населения и небольших размеров,именно поэтому небольшие, но развитые страны, подобные вышеперечисленным, стараются обеспечить свою безопасность, опираясь на гарантии крупных могущественных держав. Многие из них пытаются сохранить свой суверенитет, переключая свою внешнюю политику из стороны в сторону из-за конкуренции между крупными державами, а остальные полностью гарантируют военную защиту крупных держав.
Интервенция Ирака в Кувейте в 1990 году или отношения арабских стран вокруг Израиля — яркий пример этих военных слабостей. В результате малые государства уделяют больше внимания дипломатии в своей внешней политике и стараются развивать вооруженные силы в плане качества, а не количества. Например, израильские военные являются одной из самых технологически продвинутых армий мира, а секретная служба страны (Моссад) профессионально превосходит спецслужбы самых могущественных стран.
В очередной раз мы наблюдаем важность территориального и демографического факторов для суверенитета страны.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: