DTM rasmiy bayonoti

DTM rasmiy bayonoti
Telegramda o'qish

Yurist va bloger Bahodir Ahmedovning telegram kanalida “DTM skanerlarini ta’mirlabdi” nomli post e’lon qilindi.

Unda “Markaz ma’lum qilishicha, joriy yilgi o‘qishga qabul qilish mavsumga tayyorgarlik maqsadida donasi 200.000$ turadigan ushbu skanerlarini to‘liq ta’mirdan o‘tkazilgan va skanerlarning javoblar varaqasini tekshiruvchi ehtiyot qismlarini yangilangan” deya qayd etilgan va “davlattestmarkazi” kanaliga havola keltirilgan.

Shuningdek, mazkur postda “Bunga sabab sifatida o‘tgan yilgi imtihonlar ochiq havoda, stadion va hiyobonlarda o‘tkazilganligi uchun abituriyentlarning javoblar varaqasi ustiga chang o‘tirgan va natijada javoblar varaqasini tekshiruvchi DTM optik skaner apparatlarida nosozliklar kuzatilgan. Abituriyentlarning natijalari xato tekshirilgan” deb yozilgan.

✅ Bu bo‘yicha DTM ushbularni ma’lum qiladi:

👉 Bahodir Ahmedov havola keltirgan telegram kanali Davlat test markaziga tegishli emas va Davlat test markazining rasmiy telegram kanali @dtmuzb hisoblanadi.

👉 O‘tgan yilgi imtihonlarda optik skaner apparatlarida nosozlik kuzatilishi oqibatida abituriyentlarning natijalari xato tekshirilmagan.

❕ Davlat test markazi yana bir bor barcha ommaviy axborot vositalari, blogerlar va kanal administratorlaridan Davlat test markaziga oid ma’lumotlarni berishda Davlat test markaziga murojaat qilishlarini va ularga aniqlik kiritib olishlarini so‘raydi hamda ular bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: