DTM Test natijalarining bari qaytadan tekshirib chiqilishi aytilmoqda

DTM Test natijalarining bari qaytadan tekshirib chiqilishi aytilmoqda

Bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari pandemiya sababli ochiq maydonlarda o‘tkazildi. O‘zbekiston iqlimi changli bo‘lgani sababli javoblar varaqasini tekshrishda bir muncha qiyinchiliklar kelib chiqqan.

Shu sababli 24 sentyabrga qadar javoblari varaqasi yana bir marta qaytadan ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi.
“Bu yil talaba bo‘lish istagidagi abituriyentlar soni ikki barobar oshdi. Test natijalarini tekshirishda xodimlarga ikki hissa qo‘shimcha qiyinchilik paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston iqlimi changli bo‘lgani sababli, javoblar varaqasining ustki qismi chang holatda kelgan. Shu sababli tekshirish jarayonida skaynerlar ishlamay qolgan holatlar ham kuzatildi. Tekshirish jarayonida skaynerni qayta tozalab ishlatildi”, deydi Sardor Rajabov.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda e’lon qilingan natijalar oxirgi natijalar emas. Oxirgi natijalar e’lon qilingunga qadar yopiq rejimda ishlayotgan mutaxassislar tomonidan har biri javoblar varaqasi qaytadan ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonda kimningdir bali pasayishi yoki ko‘tarilishi mumkin. Keyingina Davlat kommisiyasiga kiritiladi.
Ma’lumot o‘rnida, kirish test sinovlariga kirish paytida tana harorati 37 darajadan yuqoriligi sababli chetlashtirilgan abituriyentlar uchun 17 sentyabr kuni test sinovlari qaytadan o‘tkaziladi.


В этом году из-за пандемии вступительные экзамены в вузы прошли открыто. Из-за пыльного климата в Узбекистане было сложно проверить листы ответов.

Поэтому лист ответов будет повторно рассмотрен до 24 сентября. Об этом сообщил заместитель директора Государственного испытательного центра Сардор Раджабов.
«Количество заявителей в этом году удвоилось. Перед персоналом стояли две дополнительные задачи по проверке результатов тестов.
Из-за пыльного климата в Узбекистане верхняя часть листа для ответов была пыльной. Поэтому при проверке были случаи, когда сканеры не работали. В ходе осмотра сканер был еще раз очищен и использован», — сказал Сардор Раджабов.
Получается, что объявленные сейчас результаты не являются окончательными. До объявления окончательных результатов каждый бланк ответов будет рассматриваться экспертами, работающими в закрытом режиме. При этом чей-то счет может упасть или подняться. Только после этого он будет представлен в Государственную комиссию.
Для справки: 17 сентября будет пересдан тест для абитуриентов, которые были отчислены из-за температуры тела выше 37 градусов во время вступительного испытания.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. O‘lmasali G‘afurov

    ?

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: