DTM kirish imtihonlari haqida yangilik! Qabul 2021-2022

DTM kirish imtihonlari haqida yangilik! Qabul 2021-2022

Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot kotibi Orziqul Boboyev kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibiga kiritilgan o‘zgartirish haqida abituriyentlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlov ustuvorligi haqida yangilik

Boboyevning so‘zlariga ko‘ra, oldinlari bitta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test natijalariga ko‘ra, shartnoma asosida, ikkinchisida esa grant asosida qabul qilingan bo‘lsa, abituriyent birinchi yo‘nalishda — shartnoma asosida o‘qishga majbur edi. 2021 yildan boshlab endi ikki bosqichda ko‘riladi: birinchisida — abituriyent agar davlat byudjetida o‘qishni tanlasa, tanlagan beshta yo‘nalishining grant bo‘yicha har bittasi qarab chiqiladi. Shundan keyingina, shartnoma bo‘yicha qarab chiqiladi. Bu haqda ushbu maqolada batafsil tanishish mumkin.

Imtihonlarni qay tarzda amalga oshirilishi haqida

Imtihonlarga tayyorgarlik ikkita ssenariy bo‘yicha amalga oshishi mumkin. Birinchisi — Maxsus komissiya pandemiya sabab testlarni yopiq binolarda o‘tkazishni taqiqlasa, imtihonlarni ochiq maydonlarda tashkil etish. Hozirda 65 ta ochiq maydon va stadionlarda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Ikkinchi ssenariy bo‘yicha esa keng sig‘imli yopiq binolar tayyorlanyapti. Bilim va malakalarni baholash agentligi hisob-kitobiga ko‘ra, 10 iyulga qadar 96 ta bino tayyor bo‘lishi kerak.
Shuningdek, kuzatuv kameralari soni oshiriladi va onlayn-translyatsiya uchun kameralar o‘rnatiladi. Bundan tashqari, har bir guruhga ovoz yozishga qodir statsionar va 360 daraja burila oladigan kameralar o‘rnatiladi.

OTMga hujjat topshirish usullari haqida

Abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tadi. 2021 yilda «My.dtm.uz» yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (My.gov.uz)orqali hujjatlarni topshirish va ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

My.dtm.uz sayti orqali ro‘yhatdan o‘tish va hujjatlarni onlayn topshirish uchun ushbu sahifada batafsil tushuncha berilgan: OTMlarga onlayn hujjat topshirish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma.

Nechta fandan imtihon topshiriladi?

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilgidan farqli o‘laroq, 2021 yilda imtihonlarni ixtisoslashgan ikkita fan bo‘yicha imtihon topshirish belgilangan.
Kirish imtihonlari beshta fan bo‘yicha bo‘ladi, ularning uchtasi majburiy — ona tili, O‘zbekiston tarixi va matematika. Va yana ikkita fan tanlangan mutaxassislik bo‘yicha. Beshta fandan testlarni ishlashga 3,5 soat vaqt ajratiladi.

Eslatma! Barcha fanlardan majburiy test namunalarini pdf shaklida ushbu sahifada yuklab olish mumkin: Majburiy fanlar namunaviy testlar pdf yuklab olish

Imtihon natijalarini qayerdan bilish mumkin?

Abituriyentlar imtihon topshirganining ertasi kuni o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali test natijalarini bilishi mumkin. O‘qishga kirgan yoki kirmagani to‘g‘risida ma’lumot butun respublika bo‘ylab test sinovlar yakunganidan keyin, bir hafta ichida e’lon qilinadi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar Ittifoqi va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda jamoatchilik kuzatuvchilari sifatida idora vakillarini jalb etishni boshlab yuborgan. Ya’ni nazorat DTMga bog‘liq bo‘lmagan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 20 iyundan OTMlarga onlayn qabul boshlangan va qabul kvotalari tasdiqlangan.


Орзикул Бобоев, пресс-секретарь Государственного центра тестирования, ответил на вопросы абитуриентов об изменениях во вступительных экзаменах. Об этом сообщает пресс-служба хокимията Ташкента.

Новости о приоритетах выбора

По словам Бобоева, если ранее результаты испытаний по одному направлению подготовки принимались на контрактной основе, а по второму на безвозмездной основе, абитуриент обязан учиться по первому направлению — на контрактной основе. С 2021 года он будет рассматриваться в два этапа: на первом – если абитуриент выберет обучение на госбюджете, каждое из пяти выбранных направлений будет рассматриваться на грантовой основе. Только после этого договор будет рассмотрен. Подробнее об этом вы можете прочитать в этой статье.

О том, как сдаются экзамены

Подготовка к экзамену может проходить по двум сценариям. Первый — проводить экзамены под открытым небом, если Специальная комиссия запретит тесты на пандемию в помещении. В настоящее время подготовка ведется на 65 открытых площадках и стадионах.
По второму сценарию готовятся крытые здания большой вместимости. По оценкам Государственного испытательного центра, к 10 июля должно быть готово 96 зданий.
Также будет увеличено количество камер наблюдения и установлены камеры для онлайн-трансляции. Кроме того, каждая группа будет оснащена стационарными камерами, способными записывать звук и вращаться на 360 градусов.

О способах поступления в университет

Кандидаты регистрируются онлайн. В 2021 году документы можно подать и зарегистрировать через My.dtm.uz или Единый портал интерактивных государственных услуг (My.gov.uz).

Для регистрации и онлайн-подачи документов через сайт My.dtm.uz на этой странице дано подробное пояснение: Подробная инструкция по подаче документов в вузы онлайн.

Сколько предметов будет тестироваться?

Сообщается, что, в отличие от прошлого года, в 2021 году экзамены будут проходить по двум профильным предметам.
Вступительные экзамены проводятся по пяти предметам, три из которых являются обязательными – родной язык, история Узбекистана и математика. И еще две дисциплины в выбранной ими области. Тесты по пяти предметам занимают 3,5 часа.

Примечание! Образцы обязательных тестов по всем дисциплинам можно скачать в формате pdf на этой странице: Образцы тестов по обязательным предметам pdf скачать

Как узнать результаты экзамена?

Абитуриенты могут узнать результаты тестирования через личный кабинет на следующий день после сдачи экзамена. Информация о допуске и неприеме будет объявлена ​​по всей стране в течение недели после завершения теста.
Агентство по делам молодежи Государственного испытательного центра,В сотрудничестве с Союзом молодежи и Министерством соседства и поддержки семьи он начал набор представителей агентства в качестве общественных наблюдателей. То есть контроль осуществляется лицами, не связанными с DTM.

Отметим, что онлайн-прием в вузы Узбекистана начался 20 июня и утверждены квоты приема.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 18
  1. Sabohat NSNSNS

    Imtixon qachon bo‘ladi

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Avgust oyida ochiq maydonlarda bo‘ladi deyilgan.

    2. Sayidbek

      5avgustdan boshlanarkan

  2. Maryam

    Bir paytning o‘zida 5ta fandan topwiramizmi

  3. Nodir

    Qaysi sanada bowlanadi

  4. Sardorbek

    Savol:
    UZB da imtihonlarni tugash va mandat sanalari xaqida maqola tayyorlang

  5. Sardorbek

    UZB da imtihonlarni tugash va mandat sanalari xaqida maqola tayyorlang

  6. Sitora

    Imtihon javoblari hammasi chiqdi men Buxoro viloyatidanman 9avgustda Buxoro sport majmuasida test topshirganman yonalishim O‘zbek tili va adabiyoti jami toplagan ballim 131.25 lkn hich qaysi viloyatga kirolmaganman iltimos menga eng oxirgi past ball toplab imtihonga kirgan imsonni balini aytib berolasizmi

  7. Imona

    Chirchiq med kollej imtihoni qachon

  8. Nigora

    Med tehnikumi imtihoni qachon boladi dtm qachon beriladi

  9. Umida

    Chirchiq med kollejiga imtihon qachon qaysi sanada boladi

  10. Muslimbek

    Dokumentni Qachon topishirshi boshlemiz

  11. zafarbek

    2022 kirish ballari pasmi yoki balasnd boladimi

  12. Аноним

    Hammaga rahmat lk qachon buladi imtihon oldindan rahmat

  13. Muxlisa

    Imtixonlari qachondan boshlanadi

    1. Layloxon

      Imtihonlar nechinchi avgustdan boshlanadigan????

  14. Аноним

    Imtihonlar nechinchi avgustdan boshlanadigan????

  15. Aziza

    Abuturent ruxsatnomasi qachon chiqadi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: