Maktablar tekshirish vaqtida advokat xizmatidan foydalanishi mumkin

Maktablar tekshirish vaqtida advokat xizmatidan foydalanishi mumkin

Umumta’lim muassasalari tekshirish o‘tkazish vaqtida advokat xizmatidan foydalanishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 352-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga ko‘ra umumta’lim muassasalari tekshirish o‘tkazish vaqtida advokat xizmatidan foydalanish huquqiga ega.

❕Shuningdek, umumta’lim muassasalari tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ham ega:

    👉faoliyati rejali tekshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lish;

    👉tekshirishga vakolatli organlarning mas’ul shaxslaridan ularning xizmat guvohnomasi va tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarni talab qilish;

    👉tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarning tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;

    👉tekshirishga vakolatli organlar mas’ul shaxslarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallarni taqdim etmaslik;

    👉tekshirish tugagan kuni tekshirishga vakolatli organlarning mas’ul shaxslaridan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) nusxasini berishni talab qilish;

    👉tekshirishga asos bo‘ladigan hujjatlarni taqdim etmaganlik, tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma mazmuni va tekshiruvchilar tomonidan tekshirishga aloqador bo‘lmagan har qanday qo‘shimcha ko‘rsatmalar berish yuzasidan yuqori turuvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudga shikoyat qilish.

Mavzuga doir:
Maktablar tekshirish o‘tkazish vaqtida qanday huquqlarga ega?

To‘garaklarni tekshirish uchun komissiya kelsa nima qilish kerak?

Tekshiruvchilar maktabdagi o‘quv-tarbiya jarayonlariga xalaqit berishi qonunchilikka zid

Telegramda o‘qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo‘riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: