O‘qituvchilar nima sababdan navbatchilikka qo‘yilmoqda?

O‘qituvchilar nima sababdan navbatchilikka qo‘yilmoqda?

Maktablarda navbatchilik tashkil qilinishi hech kimga sir emas. To‘g‘ri, normativ hujjatlarda ham o‘qituvchining lavozim majburiyatlarida ham navbatchilik haqida hech qanday qoida keltirib o‘tilmagan. O‘qituvchilarning tungi navbatchilikka jalb qilinishiga ancha chek qo‘yildi. Ammo kunduzgi navbatchiliklar hali ham davom etyapti.

Yaqinda Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning o‘qituvchilarni navbatchilikka jalb qilmaslik haqidagi ko‘rsatmasi ham berildi. Lekin bir narsani ochiq tan olib aytish kerak, hozirgi ko‘rilayotgan choralar maktablarda tashkil etilayotgan navbatchiliklarning oldini olomaydi.

Chunki maktab ma’muriyati istasa ham istamasa ham navbatchilik tashkillashga majbur. Negaki maktab hududi xavfsizligi, u yerga kirib-chiqayotgan shaxslarni kimdir ro‘ytatga olib, nazorat qilib turmasa tartibsizliklar boshlanishi tabiiy hol. Aslida mana shu muammoga birgina yechim berish bilan, o‘qituvchilarni qo‘shimcha vazifalardan ozod qilish mumkin.

Hozirda juda ko‘p tashkilot, idora va muassasalarda qo‘riqlash xizmatidan alohida xodim ajratilgan. Ular tashkilot-idoralarga kirib chiqayotgan fuqarolarni nazorat qiladi va o‘sha hudud xavfsizligini ta’minlaydi. Bu xodimlarning maoshi esa davlat budjetidan qoplanadi. Ana shunday xizmat turlari esa maktablarda yo‘q.

Aslida o‘qituvchining vazifasi faqat ta’lim berish. Maktabni qo‘riqlash, ta’lim muassasasiga kirib-chiqayotgan shaxslar ro‘yxatini yuritish ularning vazifasi emas. Shu sababli maktablarga alohida qo‘riqlash xizmati xodimlari yonlanishi kerak. Harajatlar esa davlat budjetidan qoplab berilishi lozim. Buni esa hukumatga taklif sifatida kiritish kerak.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
O‘qituvchi maktabda tungi navbatchilik qilishi mantiqsizlik

O‘qituvchilar haftada bir kun navbatchilik qilishlari shartmi?

O‘qituvchini vazifasidan tashqari ishlatganlar javobgarlikka tortiladi


Ни для кого не секрет, что в школах организовано дежурство. Верно, что ни в нормативных документах, ни в должностных обязанностях учителя нет правил о дежурстве. Прекращено привлечение учителей к работе в ночную смену. Но дневные смены продолжаются.

Недавно министр народного образования Бахтиёр Саидов издал распоряжение не набирать учителей на работу. Но одно надо признать открыто, нынешние меры не предотвратят организованные смены в школах.

Потому что администрация школы обязана организовать дежурство, хочет она того или нет. Ведь если кто-то не будет следить за безопасностью школьной территории и входящих и выходящих с нее людей, естественно, начнутся беспорядки. На самом деле, предоставив только одно решение этой проблемы, учителя могут быть освобождены от дополнительных задач.

В настоящее время во многих организациях, учреждениях и учреждениях имеется отдельный сотрудник службы безопасности. Они контролируют вход и выход граждан из организаций и учреждений и обеспечивают безопасность этой территории. Заработная плата этих работников выплачивается из государственного бюджета. В школах таких услуг нет.

На самом деле задача учителя только учить. В их обязанности не входит охрана школы и ведение списка лиц, входящих и выходящих из учебного заведения. По этой причине к школам должны быть приставлены специальные охранники. Расходы должны покрываться из государственного бюджета. Это должно быть включено в качестве предложения правительству.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Неразумно, чтобы учитель дежурил в школе в ночное время.

Должны ли учителя дежурить один день в неделю?

Те, кто использует учителя не по назначению, будут нести ответственность.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: