Chet tili o‘qituvchilarini birlashtiruvchi ko‘prik

Chet tili o‘qituvchilarini birlashtiruvchi ko‘prik

Barcha viloyatlarda bir vaqtda boshlangan mashg‘ulotlar yurtimizda chet tili o‘qituvchilarini birlashtiruvchi ko‘prik timsoliga aylandi.

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan  ta’lim muassasalarining xorijiy tillar pedagoglarini malakasini oshirish bo‘yicha mobil guruhlar tashkil etildi. Bu guruhlarga eng avvalo olis hududlarda joylashgan hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatkichi yuqori bo‘lmagan umumta’lim maktablarining ingliz, nemis va fransuz tili o‘qituvchilari jalb qilindi.
Mobil guruhlar uchun eng zamonaviy ta’lim texnologiyalarini darslarga tatbiq etish va o‘quv jarayonlarini metodik qo‘llab-quvvatlashga oid o‘quv-dasturlari xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, umumta’lim maktablarida ko‘p yillardan beri ta’lim berib kelayotgan tajribali xorijiy tillar o‘qituvchilari ko‘magida tuzildi. O‘quv-seminarlar joriy yilda Agentlik tomonidan tashkil etilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lib, Germaniyaning Gyote institutida, Fransiyaning Frankofoniya oliy til markazida va Buyuk Britaniyaning Manchester Metropoliten universitetida malaka oshirib qaytgan, S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan jami 79 nafar tajribali o‘qituvchilardan iborat trenerlar guruhi tomonidan olib borildi.
Barcha viloyatlarda bir vaqtda boshlangan seminar treninglar yurtimizda chet tili o‘qituvchilarini birlashtiruvchi ko‘prik timsoliga aylandi. Unda 1813 nafar o‘qituvchi qatnashib, yangi kiritilayotgan darsliklar va resurslardan foydalanish, interfaol dars jarayonlarini tashkil etish, elektron (mobil) ilovalar va foydali saytlar orqali kerakli materiallarini saralash kabi qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Mazkur o‘quvlarda hududlar bo‘yicha o‘rtacha 75 foiz, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 74,2  foiz, Namangan viloyatidan 75,8 foiz, Toshkent viloyatidan 74,7 foiz, Farg‘ona viloyatidan 71,8 foiz, Xorazm viloyatidan 77,3 foiz hamda Toshkent shahridan 75,8 foiz o‘qituvchi   ishtirok  etdi.

Mavzuga doir:
Chet tili o‘qituvchilariga sertifikat talabi qachon joriy etiladi?

Chet tili fanidan attestatsiya malaka sinovlari o‘zgardi

“Aptis for teachers” test sinovlari chet tili o‘qituvchilariga nega kerak?


Тренинги, стартовавшие одновременно во всех регионах, стали символом моста, объединяющего преподавателей иностранных языков в нашей стране.

Агентство популяризации изучения иностранных языков организовало мобильные группы для повышения квалификации педагогов иностранных языков общеобразовательных учреждений. В первую очередь в эти группы были привлечены учителя английского, немецкого и французского языков из общеобразовательных школ, расположенных в отдаленных районах и с низким уровнем преподавания иностранных языков.
Учебные программы по внедрению на уроках самых современных образовательных технологий и методическое обеспечение учебных процессов для мобильных групп обеспечивают специалисты международных организаций, опытные преподаватели иностранных языков, много лет преподающие в общеобразовательных школах. учителей. Тренинги-семинары проходят победители конкурсов, организованных Агентством в этом году, прошедшие обучение в Гёте-институте в Германии, Центре высшего языка франкофонии во Франции и Университете Манчестер Метрополитен в Великобритании, и имеющие национальный сертификат уровня S1 или эквивалентный международный сертификат проводила группа тренеров, состоящая в общей сложности из 79 опытных преподавателей.
Семинарские тренинги, стартовавшие одновременно во всех регионах, стали символом моста, объединяющего преподавателей иностранных языков в нашей стране. В нем приняли участие 1813 учителей, которые получили интересную информацию о том, как пользоваться новыми учебниками и ресурсами, как организовать интерактивные процессы уроков, как сортировать необходимые материалы через электронные (мобильные) приложения и полезные сайты.
В этих исследованиях средний показатель по регионам составляет 75 %, в том числе по Республике Каракалпакстан 74,2 %, Наманганской области 75,8 %, Ташкентской области 74,7 %, Ферганской области 71,8 %, Хорезмской области 71,8 %. Участвовали 77,3% и 75,8% учителей Ташкента.

Предмет:
Когда введут сертификат для учителей иностранных языков?

Изменились аттестационные тесты по иностранному языку

Зачем учителям иностранных языков нужны тесты Aptis для учителей?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: