Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malaka toifasi tarbiya va informatika fani uchun ham tatbiq qilinadimi?
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan amaldagi nizomning 18-bandida pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki ta’lim yo‘nalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular dars berayotgan har bir o‘quv fani bo‘yicha alohida attestatsiyadan o‘tishi nazarda tutilgan.
❗️Lekin boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida sal boshqacharoq qoida qo‘llanib kelingan
Ya’ni, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari attestatsiya jarayoniga yuqorida qayd etilganidek, ular dars berayotgan har bir o‘quv fani bo‘yicha alohida jalb qilinmaydi.
Balki, ular bu jarayonga ushbu fanlarni o‘zida mujassam qilgan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchisi sifatida jalb qilinadi deb hisoblaymiz.
Aslida bu masala 2020 yilda ham ko‘tarilgan. Shu sababli, 2020 yil 10 avgustda Xalq ta’limi vazirligining 03- 021/1-1807-sonli xati mas’ullarga yuborilgan. Lekin bu yildan boshlang‘ich sinflarga informatika fani ham qo‘shilgani uchun yana tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
Shu sababli hozirgi vaziyatga yanada oydinlik kiritish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yana bir bor mas’ullarga tushuntirish xati yuborishi lozim.
Manba: Xalq ta’limi info
Mavzuga doir:
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga qo‘shimcha qulayliklar yaratildi
Boshlang‘ich sinfda Tasviriy san’at va Jismoniy tarbiya fanlarini kim o‘tishi kerak?