Ko‘p sonli boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusidagi malaka oshirish kurslari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida tashkil etildi.
Bu haqda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xabar berdi.
❕Endi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari elektron platforma orqali quyidagi fanlardan malaka oshirib sertifikat olishi mumkin:
📚Informatika va AT;
📚Matematika;
📚Ona tili va o‘qish savodxonligi;
📚Alifbe;
📚Tarbiya;
📚Texnologiya;
📚Tasviriy san’at;
📚Tabiiy fanlar.
Buning uchun o‘qituvchi profilida joylashgan “Maqsadli kurslar” sahifasi orqali ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tayyorlangan videodarslar va taqdimot materiallari bilan tanishishi va yuklab olishi mumkin.
❕Kurs yakunida o‘qituvchiga ushbu kursni o‘qiganligi haqida sertifikat taqdim etiladi.
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil qilingan edi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan o‘quv kursining birinchi bosqichi joriy yilning 14-17-avgust kunlari Toshkent shahrida takshil etilgan bo‘lib, ushbu kurslarda Respublika bo‘yicha 304 nafar pedagoglar trener sifatida tayyorlandi.
Ikkinchi bosqichi Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida davom ettirildi va bunga 10 ming nafardan ziyod boshlang‘ich ta’lim metodik birlashma rahbarlari jalb etildi.
Mavzuga doir:
Boshlang‘ich sinfda Tasviriy san’at va Jismoniy tarbiya fanlarini kim o‘tishi kerak?
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari qaysi fanlardan dars bera oladi?
Boshlangʻich sinflarda qiyin darslar nechanchi soatga qo‘yilishi kerak?