Abituriyentlar uchun minimum ball bormi? U necha bo‘lishi mumkin?

Abituriyentlar uchun minimum ball bormi? U necha bo‘lishi mumkin?

Har yili test sinovlarida minimum ball chegarasi qo‘yiladi. Ya’ni abituriyentlar bilimi orqali nafaqat o‘zgalar bilan, eng avvalo o‘zi bilan ham kurashishi kerak. Agar abituriyent minimum ballni to‘play olmasa, unda hattoki kvotada joy bo‘lsa ham, u talabalikka qabul qilinmaydi.

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev minimum ball haqidagi mulohazalarini shunday izohladi:

Eshitishimga qaraganda, bu minimum ball test sinovlari joriy etilgan dastlabki yillarda maksimal ballning 50%i bo‘lgan ekan. Ya’ni maksimal ball 226,8 bo‘lgan bo‘lsa, 113,4 balldan kam to‘plaganlar joy bo‘lsa ham qabul qilinmagan. Ammo bu talab tufayli juda ko‘p kvotalar to‘lmasdan, bo‘sh qolib ketgani uchun, noiloj minimum talabni 30% ga tushirishgan ekan.

Joriy yilda ham minimum talab xuddi avvalgi yillardagidek:

To‘lov-kontrakt uchun – 56,7 ball;
Davlat granti uchun – 68 ball.

Bu nima degani?

Aniq misol bilan tushuntiraman.

Pastda o‘tgan yili mandat saytida e’lon qilingan natijalarning rasmlari aks etgan. 1-rasmdagi Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutining «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» yo‘nalishining rus guruhiga o‘tgan yili jami 24 ta kvota ajratilgan. Shundan 4 ta grant, 20 ta kontrakt.

Lekin natijalarga qarasak, 22, 23 va 24-o‘rindagi abituriyentlar 56,7 balldan kam to‘plaganini ko‘rish mumkin. Demak, ular garchi kvota ichida turgan bo‘lsa ham talabalikka qabul qilinmaydi.

2-rasmga qarang. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti «Biotexnologiya» yo‘nalishida Andijon viloyati uchun davlat grantiga 1 ta maqsadli qabul kvotasi ajratilgan. O‘sha 1 ta o‘rin uchun o‘tgan yili 10 kishi hujjat topshirgan. Lekin 10 nafar abituriyentning barchasi 68 balldan kam to‘plagan. Demak, o‘sha davlat granti uchun ajratilgan 1 ta o‘ringa hech kim kira olmaydi. Bo‘sh qoladi.

Minimum ball degani shunaqa bo‘ladi. To‘g‘risini aytsam, hamma savolga tavakkal faqat 1 ta variantni belgilab chiqqanlar omadi kelib 70-80 ball oladigan bir zamonda yoshlarimizning atigi 56,7 ball to‘play olmasligi bizni xavotirga solishi kerak, albatta. Ammo nailoj, qozonda bori cho‘michga chiqadi.

Savol tug‘ilishi mumkin, 56,7 balldan kam to‘plaganlar endi o‘qishga kira olmaydimi?

Kirishi mumkin. Moliyaviy imkoniyati borlar super-muper kontrakt orqali (ya’ni oddiy super kontraktning 2 baravari) kamida 20 baravardan 50 baravargacha bo‘lgan kontraktni to‘lab (yo‘nalishiga qarab), talaba bo‘lishlari mumkin. Batafsil: Bu yerda

Shu o‘rinda yana bir gap: hatto 56,7 ball ham to‘play olmagan yoshlarning gaplarini o‘qisangiz, aksariyati faqat nolishni uddalaydi. «Moliyaviy imkoni yo‘qlar nima qilsin, hamma narsa boylar uchun ekanda, ular o‘qiydiyu, biz o‘qiy olmaymizmi, aybimiz kambag‘alligimizmi?» deb [g‘ij-g‘ij imlo xatolari bilan] yozishadi.

Ularga javobim: aybingiz kambag‘allikda emas, bilimsizligingizda. Ozgina ixlos va xohish bilan qo‘lingizga kitob olganingizda edi, bemalol budjetga ham kirardingiz.

Hammasi o‘z qo‘lingizda, ishoning. Qishloqlarimizda repetitor tugul, oddiy darslik kitoblarga zo‘rg‘a pul topayotgan oilalarning o‘g‘il-qizlari harakat qilib, intilib 189 ball olishyapti. Aybni o‘zgalardan emas, eng avvalo o‘zingizdan qidiring.

Salomat bo‘ling. Barcha bilimlilarga, bilim olishga ishtiyoqi borlarga omad tilayman!



Ежегодно устанавливается минимальный балл за тест. То есть абитуриенты должны иметь возможность конкурировать не только с другими, но и с самими собой за счет знаний. Если абитуриент не наберет минимального балла, он не будет принят, даже если в квоте есть место.

Юрист и блогер Хушнудбек Худойбердиев так прокомментировал минимальный балл:

Насколько я слышал, эта минимальная оценка составляла 50% от максимальной в первые годы тестирования. То есть, с максимальным баллом 226,8 и с баллом меньше 113,4 не допускались, даже если было место. Однако в связи с тем, что из-за этого требования многие квоты остались невыполненными, минимальное требование было снижено до 30%.

В этом году минимальный спрос такой же, как и в предыдущие годы:

Договор оплаты — 56,7 балла;
На государственный грант — 68 баллов.

Что это означает?

Поясню на наглядном примере.

Ниже приведены фотографии результатов, опубликованных на веб-сайте Mandate в прошлом году. В прошлом году российской группе Ташкентского института инженеров железнодорожного транспорта по направлению «Электротехника, электромеханика и электротехника» было выделено всего 24 квоты. Из них 4 гранта, 20 контрактов.

Однако результаты показывают, что 22-й, 23-й и 24-й участники набрали менее 56,7 балла. Это означает, что они не будут приняты, даже если они находятся в пределах квоты.

См. рис. 2. Самаркандский институт ветеринарной медицины выделил 1 квоту целевого приема на государственный грант Андижанской области по направлению «Биотехнология». В прошлом году на такое же место претендовали 10 человек. Однако все 10 участников набрали менее 68 баллов. Это означает, что никто не может занять 1-е место, отведенное для этого государственного гранта. Он будет пуст.

Это минимальный балл. Честно говоря, нас должно насторожить, что наша молодежь не сможет набрать всего 56,7 балла, в то время как те, кто определил только один вариант и кому повезет, получат 70-80 баллов. Но, в конце концов, все дело в горшке.

Вопрос в том, могут ли те, кто набрал меньше 56,7 баллов, не попасть сейчас?

Может войти. Те, кто может себе это позволить, могут стать студентами, заплатив как минимум от 20 до 50-кратного контракта (в зависимости от направления) по супер-мупер-контракту (т.е. в 2 раза больше обычного суперконтракта). Подробности: Здесь

И еще: если прочитать слова молодежи, не набравшей даже 56,7 балла, то большинству из них остается только жаловаться. «Что бы ни делали бедные, когда все для богатых, они учатся, разве мы не умеем читать, разве мы виноваты, что мы бедны?» [с орфографическими ошибками].

Мой им ответ: вы виноваты не в бедности, а в своем невежестве. Проявив немного искренности и желания, можно было легко попасть в бюджет.

Все в ваших руках, поверьте. В наших селах стараются сыновья и дочери семей, которые едва могут позволить себе репетиторство и простые учебники, и получают 189 баллов. Ищите недостатки в себе, а не в других.

Будьте здоровы. Удачи всем образованным, тем, кто жаждет учиться!

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 12
  1. Madina Sirojiddinovna

    Intilganga tole yor!!!♥️

  2. Nazira Raisova

    2020-yilda ham davlat grantining minimal bali 68 ball etib tayinlandimi

  3. Kamoliddin Rixsiboyev

    umumiy natijani qachon qayerdan bilish mumkin? (kirdi yoki kirmadi ro‘yhati)

  4. Malika Akmalovna

    50 ball tõpladim õqishga kirish imkoni bormi iltimos bõlsa aytvoringlar qanday yõli bõlsa ham

    1. Charosxon Joʻrayeva

      Giper kontrakt 5oo mln atrofida boʻlsa kk

  5. Аноним

    76 ball toʻpladim kontrakt 81 bunda qancha kontrakt toʻlanadi

  6. Isroilova Dilorom

    17 avgust kuni tist topshirdim javob qachon chiqadi nechi bal bulsa imtihondan utgan bulaman yunalishim boshlangich oldindan raxmat javop uchun

  7. Ruslanbek Goyibov

    80bal topladm imtihondan otadmi yuqmi

  8. Uktamov Umidbek

    Assalom aleykum men 56.4 obman harbiy legotam bor shunda menda qanday bolad. :???:

  9. Аноним

    :| :| :|

  10. Zarnigor

    Man 58;8 ball toʻpladim o’qishga oladimi :cry:

  11. SBB

    143ball bilan kontraktga ilinsa bòladimi xorij tili va adabiyotga

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: