“Baqa yutgan” ayol taqdiri (hayotiy voqea)

“Baqa yutgan” ayol taqdiri (hayotiy voqea)

Voqea yoz kunlarining birida ro‘y bergan.

Bir ayol “Insomniya”, ya’ni uyqusizlik tashxisi bilan nevropatologda davolanib yuradi. U kechalari uxlay olmay chiqardi. Uyqusizlikdan aziyat chekib yana vrachning oldiga borganida, vrach unga kuchliroq uxlatuvchi dori buyuradi. Bemor dorini ichsa-da, hech uyqusi kelavermaydi. Uyqusi qochgan bu ayol tunda to‘lin oyning yog‘dusida pastqam uyining derazasidan tashqariga qarab o‘tiradi. Derazaning tagidan kichik bir ariqcha oqib o‘tardi. U ariqchada sakrab o‘ynab yurgan baqalarga tikilib qarab o‘tiradi va «Buncha kichik bo‘lmasa bular, uxlab yotganimda ichimga kirib ketishsa-ya», degan xayol bilan choyshabni ustiga yopib uxlab qoladi. Tush ko‘radi. Tushida kichikroq bir baqa derazadan u yotgan karovat tomon sakrab yuradi va bemorning og‘ziga bir sakrab kirib ketadi. Bemor qo‘rqib uyg‘onib ketadi va birdan derazaga qaraydi. Tong endi otayotgan edi.

Yorug‘lik tushib boshlagan deraza tokchasida 2-3 baqa sakrab yurganiga ko‘zi tushadi. Ularni ko‘rib bemorda qattiq kekirik paydo bo‘ladi va u baqaning sayraganiga o‘xshab eshitiladi. Kekirik tez-tez takrorlanaveradi. Hovliga chiqadi va vodoprovod jo‘mragini ochib og‘zini chayib tashlaydi, qusishga harakat qiladi, qusa olmaydi. Bir kosa iliq suvni to‘ldirib ichadi va yana natijasiz qusishga harakat qiladi. Kekirik kuchayib boraveradi va tez-tez kuzatila boshlaydi.

Bu ayolning eri olamdan o‘tgan bo‘lib, voyaga etgan qizi bilan yashardi. Qo‘rqib ketib qizini uyg‘otadi va unga «Men uxlab yotganimda, baqa yutib yubordim shekilli, u oshqozonimda turibdi», deb yig‘lab yuboradi. Qizi uni tinchlantirishga harakat qiladi, «Balki tush ko‘rgandirsiz», deydi. «Yo‘q, tushim bo‘lganida bilardim, men aniq bilaman, baqa og‘zimga kirib ketganidan so‘ng uyg‘onib ketdim, ko‘zimni ochsam deraza tokchalarida baqalar o‘ynab yuruvdi, bu tush emas!» deydi zorlanib. Qizining «Oyijon, ba’zan odamning tushini o‘ngidan ajratish qiyin bo‘ladi-ku, siz tush ko‘rgansiz», deyishiga qaramasdan doktorga boramiz, deb turib oladi. Ular erta saharda bir tanish doktorning uyiga borishadi va bo‘lgan voqeani aytib berishadi. Bemor tinmay kekirardi.

Doktor uni tekshirmasdan kulib shunday deydi: «Baqani yutib bo‘lmaydi, u tomoqdan o‘tmaydi, baqa hech qachon odamning og‘zidan uning ichiga kira olmaydi». Bemor doktordan norozi bo‘lib, uning yonidan chiqib ketadi. Bemor qizi bilan boshqa vrachlarga qatnay boshlashadi, ulardan turli tekshiruvlar o‘tkazishni talab qilaveradi. Uni nevropatolog, psixiatr, jarroh, terapevt, rentgenologlar tekshirishadi. Tekshiruvda qatnashgan barcha shifokorlar bemorning ichida baqa yo‘qligiga uni ishontirmoqchi bo‘lishadi.

Biroq bu urinishlar behuda ketadi. Bemor tabiblarga qatnay boshlaydi. Ularning deyarli hammasi bir xil gapni aytishardi: «Baqa odamning ichiga kira olmaydi, siz yomon tush ko‘rgansiz». Bemorning tinchi buziladi, u nima esa, qusib tashlayveradi, kekirish sira qolmaydi. Bemor shu ahvolda bir oy qiynalib yuradi va ozib ketadi. Bu voqeadan xabardorlar: «Baqa qolgan bo‘lsa ham u o‘lib bo‘lgan, organizmdan chiqib ketgan», deb ishontirishga harakat qilishadi. Biroq bu gaplar hech naf bermaydi. Baqa ichimga kirib ketdi, degan fikr uning miyasiga o‘tirib qolgan edi. U jarrohlardan operasiya qilib, baqani olib tashlashni talab qila boshlaydi. Qaerga va qaysi doktorga uchrasa, oshqozonini operasiya qilib baqani olib tashlashni talab qilaveradi.

«U mening oshqozonimda yashab yuribdi, u hali o‘lmagan, ichimni kemirayapti», deb yig‘layveradi. Axiyri uni professorga ko‘rsatishadi. Professor bo‘lib o‘tgan barcha voqealarni batafsil o‘rganib chiqadi, bemorni to‘la tekshiradi va bemorga jarroh bilan maslahatlashib, uning qornini operasiya qilib ochib ko‘rishni va’da qiladi: «Agar haqiqatan ham baqa ichingizda yashayotgan bo‘lsa, uni olib tashlash kerak!», deydi. Bu so‘zlardan bemorning ko‘ngli taskin topadi. Uni jarrohlik bo‘limiga yotqizib operasiyaga tayyorlashadi.

Professor «oshqozondan baqani olib tashlash» operasiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha muolajalarni butunlay sir saqlashni operasiyani o‘tkazuvchi jarrohga va hamshiraga tayinlaydi. Bemor operasiya xonasiga olib kiriladi va u narkotik dori ta’sirida uxlatiladi. Operasiyadan oldin kichikroq bir baqa topib kelishadi va u yopilib-ochiladigan idishga joylanadi. Operasiyaning barcha qonun-qoidalariga amal qilingan holda bemorning qorin terisi, teri osti yog‘ qatlami kesiladi va qayta tikib qo‘yiladi. Operasiyada bor-yo‘g‘i uchta odam, ya’ni jarroh, hamshira va professor ishtirok etishadi. Bu g‘aroyib operasiyaning sirini faqat ular bilishardi.

Professor hamshiraga bemor ko‘zini ochgan zahoti baqa solingan idishni ochib yuborishni buyuradi. Narkozning ta’siri qochgach bemor ko‘zini ochadi. Shu payt hamshira baqa solingan idishni ochib yuboradi. Baqa bemorning ustidan bir-ikki sakrab pastga tushib ketadi. Bemor bu holatni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Professor bemorga boqib: «Siz to‘g‘ri aytgan ekansiz, baqa haqiqatan ham qattiq uxlab yotganigizda ichingizga kirib ketgan ekan, lekin u shuncha vaqt ichingizda o‘lmay yashaganiga hayronman!», deydi. Jarroh ham «Men bunaqa operasiyani birinchi marta qilishim», deydi kulib. “Axiyri mening aytganim to‘g‘ri chiqdi”, deydi bemor yuzidan nur yog‘ilib. Xullas, bemor butunlay tuzalib ketadi, kekirish yo‘qoladi, ishtahasi ochiladi, uyqusi ham tiklanadi. Qornida faqat kesilgandan yengil chandiq qoladi, xolos.

Oradan bir yil o‘tadi. Bir kuni bozorda «baqa yutib yuborgan ayol» qizi bilan aylanib yurib, hamshirani uchratib qoladi. Hamshira uni zo‘rg‘a taniydi, kasallikdan qiynalib, avval ozib ketgan bu ayol endi semirib, tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarib ketgan edi. Ular qadrdon dugonalardek uzoq vaqt suhbat qurishadi, uni operasiya qilib og‘ir va uyatli darddan xolos qilgan doktorlarga yana bir bor mingdan-ming qulluq bildiradi va salom aytib qo‘yishni so‘raydi. Suhbat orasida «Menga o‘xshab baqa yutib yuborgan ayollar kelishayaptimi», deb so‘raydi kulib.

Hamshira ketishga shaylanayotganida uning kallasiga be’mani bir fikr keladi: «Aslida nima bo‘lganini aytib bersammikan, oradan bir yil o‘tdi-ku, baribir bemor tuzalib ketgan-u». Beburd bu hamshira bo‘lib o‘tgan voqealar tafsilotini oqizmay-tomizmay bemorga so‘zlab ketadi. Hamshira shifokor etikasiga mutlaqo zid bo‘lgan o‘ta qaltis ishga qo‘l uradi. Barcha haqiqatni o‘z qulog‘i bilan uni operasiya qilishda ishtirok etgan hamshiradan eshitgan ayol turgan joyida qotib qoladi, uning ko‘zlari bir nuqtaga tikilgan va qulog‘iga hech narsa kirmas edi. Psixiatriyada bu holat stupor deb ataladi. Onasining bu holatini ko‘rgan qizi hamshirani so‘zlashdan to‘xtatadi.

Hamshira bu holatni ko‘rib qo‘rqqanidan voqea joyidan ketib qoladi. Ayolni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashadi. Bemor suv ichmay, ovqat emay qo‘yadi. Uni zond orqali ovqatlantirish ham juda qiyin kechadi. U ozib ketadi. Oradan bir oy ham o‘tmasdan ayol vafot etadi.
So‘z insonni o‘ldiradi, deb shuni aytishsa kerak. Ha! So‘z bilan insonga jon kiritish ham, uning jonini olish ham mumkin. Shifokor degan ulug‘ nomga dog‘ tushirmaylik. Bemor oldida har bir so‘zni o‘ylab gapiraylik.

Professor Zarifboy Ibodullayevning “Asab va ruhiyat” kitobidan olindi


Инцидент произошел одним летним днем.
Женщина находится на лечении у невропатолога с диагнозом бессонница. Он не мог спать по ночам. Когда он страдает бессонницей и снова обращается к врачу, врач прописывает ему более сильное снотворное. Несмотря на то, что больной принимает лекарства, он совсем не хочет спать. Эта лишенная сна женщина сидит ночью за окном своего дома в лунном свете. Под окном протекал небольшой ров. Он смотрит на лягушек, играющих в канаве, и засыпает с одеялом на голове, думая: «Если бы они не были такими маленькими, они бы проникли в меня, пока я сплю». Он мечтает. В его сне маленькая лягушка выпрыгивает из окна в сторону кровати, на которой он лежит, и делает прыжок в рот больного. Больной просыпается испуганный и вдруг смотрит в окно. Наступал рассвет.
Он замечает 2-3 лягушек, прыгающих на подоконнике, когда начинает падать свет. Увидев их, у больного появляется ригидность горла и звучит как лягушачье чириканье. Кекирик можно повторять часто. Выходит во двор, открывает кран, полощет рот, пытается вырвать, не может вырвать. Он выпивает полную чашку теплой воды и снова пытается вырвать, но безрезультатно. Кекирик крепчает и начинает чаще наблюдаться.
Муж женщины умер, и она жила со взрослой дочерью. Испугавшись, он будит свою дочь и кричит ей: «Должно быть, я проглотил лягушку, пока спал. Она у меня в желудке». Ее дочь пытается ее успокоить, говоря: «Может быть, ты спала». «Нет, я знала, когда мне приснился сон, я знаю точно, я проснулась после того, как лягушка попала мне в рот, когда я открыла глаза, на подоконниках играли лягушки, это не сон!» — с силой говорит он. Она настаивает, чтобы мы сходили к врачу, несмотря на то, что ее дочь говорит: «Тетя, иногда трудно отделить сон человека от правды, потому что ты приснилась». Рано утром они идут в дом знакомого доктора и рассказывают ему, что случилось. Больной постоянно ворчал.
Доктор смеется, не осматривая его, и говорит: «Лягушка не может быть проглочена, она не может пройти через горло, лягушка никогда не сможет попасть в нее через рот человека». Больной недоволен врачом и уходит от него. Больной вместе с дочерью начинает ходить к другим врачам, требуя от них прохождения различных обследований. Его осматривают невролог, психиатр, хирург, терапевт, рентгенолог. Все врачи, участвующие в обследовании, стараются убедить пациента, что внутри нет лягушек.
Но эти попытки тщетны. Больной начинает обращаться к врачу. Почти все они говорили одно и то же: «Лягушка не может попасть внутрь человека, тебе приснился плохой сон». Покой больного нарушен, его рвет, прикуса нет. В таком состоянии больной страдает в течение месяца и теряет в весе. Те, кто знает об этом происшествии, пытаются убедить нас, что лягушка мертва, хотя она еще жива. Но это не помогает. Мысль о том, что в меня забралась лягушка, сидела у него в голове. Он начинает требовать, чтобы хирурги прооперировали и удалили лягушку. Где бы и когда бы он ни встретился с врачом, ему потребуется операция по удалению лягушки путем операции на желудке.
«Он живет у меня в животе, он еще не умер, он грызет мой живот», — плачет она. В конце концов его показывают профессору. Профессор подробно разбирает все происходящее, досконально осматривает больного и обещает обратиться к хирургу для вскрытия живота больного хирургическим путем: «Если лягушка действительно живет внутри вас, ее нужно удалить!» Эти слова утешают больного. Он госпитализирован в хирургическое отделение и готовится к операции.
Профессор поручает хирургу и медсестре, проводящим операцию, соблюдать полную конфиденциальность всех процедур, связанных с «удалением лягушки из желудка». Больного доставляют в операционную и усыпляют под воздействием наркотиков. Перед операцией находят лягушку меньшего размера и помещают в герметичный контейнер. Соблюдая все правила операции, у больного рассекают кожу живота, подкожно-жировой слой и повторно ушивают. В операции участвуют всего три человека: хирург, медсестра и профессор. Только они знали секрет этой странной операции.
Профессор инструктирует медсестру открыть контейнер с лягушкой, как только пациент откроет глаза. Когда действие анестезии проходит, пациент открывает глаза. В этот момент медсестра открывает контейнер с лягушкой. Лягушка перепрыгивает через больного один или два раза и падает. Больной видит ситуацию своими глазами. Профессор смотрит на пациента и говорит: «Вы правы, лягушка забралась в вас, когда вы действительно крепко спали, но я удивлен, что она так долго жила внутри вас, не умирая!» Хирург также сказал: «Такая операция у меня впервые». «В конце концов, я был прав», — сказал пациент, его лицо просветлело. Таким образом, больной полностью выздоравливает, исчезают укусы, открывается аппетит, восстанавливается сон. От пореза на животе остался только небольшой шрам.
Проходит год. Однажды «жабоглотающая женщина» гуляет по рынку со своей дочерью и встречает медсестру. Медсестра с трудом узнала ее, а женщина, страдавшая болезнью и до этого похудевшая, теперь располнела и изменилась до неузнаваемости. Они долго беседуют, как дорогие друзья, еще раз выражая тысячную благодарность врачам, оперировавшим его и избавившим от тяжелой и мучительной боли, и просят передать привет. В середине разговора он со смехом спрашивает: «Придут ли женщины, проглотившие лягушку, как я?»
Когда медсестра собиралась уходить, ей пришла в голову глупая мысль: «Позвольте мне рассказать вам, что произошло на самом деле. Прошел год, и пациент выздоровел». Бебурд рассказывает пациенту подробности того, что случилось с этой медсестрой. Медсестра занимается очень рискованной работой, полностью противоречащей врачебной этике. Женщина, услышавшая всю правду собственным ухом от оперировавшей ее медсестры, замерла на месте, устремив взгляд в одну точку, и ничто не могло проникнуть в ее ухо. В психиатрии это состояние называется ступором. Увидев состояние матери, дочь останавливает разговор медсестры.
Медсестра уходит с места происшествия, боясь увидеть ситуацию. Женщина госпитализирована в психиатрическую больницу. Больной не пьет воду и не ест. Также очень сложно подавать его через зонд. Он теряет вес. Менее чем через месяц женщина скончалась.
Надо сказать, что слово убивает человека. Да! Словами можно как дать жизнь человеку, так и отнять у него жизнь. Не будем запятнать великое имя врача. Давайте думать о каждом слове перед пациентом.
Из книги профессора Зарифбоя Ибодуллаева «Нервы и дух».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: