So‘nggi Xiva xoni, uning taqdiri qanday yakun topgan?

So‘nggi Xiva xoni, uning taqdiri qanday yakun topgan

2019 yilning dekabr oyida Kiyevdagi «Yaroslav Val» nashriyotida kelib chiqishi ozarbayjonlik bo‘lgan ukrain yozuvchisi Grigoriy Guseynovning «Sharqdan esgan shamol» nomli kitobi nashr etildi. Biz uchun muhim tomoni, kitobda so‘nggi Xiva xoni Said Abdullaxon va uning oilasining Ukrainadagi hayoti to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar taqdim etilgan. Zero, ushbu oila 1920 yilda Moskvaga olib ketilganidan keyingi taqdiri haqida ishonchli ma’lumot shu paytgacha yo‘q edi.

Abdurasul Madiyorov kim?

Grigoriy Guseynovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan asrning 80-yillarida u Xiva xoni Said Abdullaxonning jiyani — Ukrainaning Krivoy Rog shahrida yashagan Abdurasul Madiyorov bilan tasodifan uchrashgan. «Uch yil davomida Abdurasul bilan tez-tez uchrashib turdik, undan ko‘p so‘rar edim. U yaxshi xotira va o‘tkir aqlga ega past bo‘yli keksa odam edi, qiziqarli hikoyachi edi», deydi yozuvchi. Abdurasul Madiyorov 91 yil umr ko‘rgan, umrining oxirigacha otboqar bo‘lib ishlagan. O‘z kuchi bilan kichikroq uy qurgan. Urush paytida nemislar uni va katta qizini Germaniyaga ishlash uchun olib ketishgan. Urushdan so‘ng qaytib kelib, konda ishlashni davom ettirgan.
Roppa-rosa yuz yil oldin…
Xorazm xonligining poytaxti Xivada XVIII asrdan boshlab, o‘zbeklarning Qo‘ng‘irot sulolasi hukmronlik qilgan. XIX asr oxirida Xorazm Rossiya imperiyasi protektoratligi ostiga tushadi va Xiva xonligi deb nomlanadi. Rossiya imperiyasi qulaganidan so‘ng mustaqil Xorazmni qayta tiklashga urinishlar boshlandi. Xorazmning so‘nggi hukmdori Said Abdullaxon harbiy to‘ntarishdan keyin taxtga o‘tirdi, lekin haqiqiy hokimiyatga ega emasligi uchun uzoq vaqt hukmronlik qilmadi. Chunki boshqaruv vazir Junaydxon boshchiligidagi harbiylar qo‘lida bo‘lgan. Ehtimol, keyinchalik aynan shu jihat Said Abdullaxonning hayotini saqlab qolgandir.
1919 yilning kuzida Moskvada sovetlar hukumati tomonidan Xiva xonini ag‘darish haqida qaror qabul qilingan va Xorazmga Qizil armiya qismlari yuborilgan. 1920 yil yanvar oyida Junaidxon lashkarlari sovetlar tomonidan yakson qilinadi. Uning o‘zi Afg‘onistonga qochib ketadi. Xiva xoni Said Abdullaxon va uning oilasi Butunrossiya favqulodda komissiyasi (Vserossiyskaya chrezvichaynaya komissiya — VCHK) tomonidan hibsga olinadi. 2 fevral kuni sovet hukumati bosimi ostida u rasman taxtdan voz kechgan.  /
Xon va uning oilasi ustidan qisqa sud jarayoni 1920 yil yozida bo‘lib o‘tadi. Hukmga ko‘ra, Said Abdullaxon va uning taxtiga vorislik qilish huquqiga ega bo‘lgan erkak qarindoshlari Xorazm Xalq Sovet Respublikasidan badarg‘a qilinadi. Barcha mol-mulki — pullari, qimmatbaho buyumlari, uylari, yerlari musodara qilinadi. Said Abdullaxon bilan uning uch o‘g‘li (kenja Said Abdulla, Rahmatulla, Yoqub Yusuf), akasi Muhammadyor va 4 jiyani (Abdurasul, Madyor, Nosir, Ibodulla) ham surgun qilinganlar.

Xon qanday o‘lim topgan?

Xon va qarindoshlarining keyingi hayoti haqidagi tarixiy ma’lumotlar juda kam. «Sharqdan esgan shamol» kitobi muallifi ma’lumotiga ko‘ra, badarg‘a qilinganlar dastlab Xivadan Toshkentga keltiriladi. Keyin Rossiyaning Samara shahriga, u yerdan Moskva oblastidagi tutqunlar lageriga o‘tkazilishadi. 1922 yil 12 fevralda Said Abdullaxon va uning qarindoshlari kutilmaganda ozod qilinadi. Ular Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi Verxovsevo qishlog‘idan qo‘nim topishadi. Mahalliy sovxozda ishlab, otboqarlik qilishadi. 1924 yili Abdurasul Madiyorov milisiya maktabiga o‘qishga kiradi. Qolganlar esa Krivoy Rog shahridagi temir rudasi koniga jo‘natiladi. Qo‘lida na bir hunari bor va na mahalliy tilni bilgan xivaliklar eng oddiy ishlarga qo‘yiladi. Xususan, Said Abdullaxon shaxtaga qorovul bo‘lib ishga kiradi, qolganlar otboqarlik qilishadi.
1925 yili Xorazmdan sobiq xon oilasining qolgan a’zolari qashshoqlikda, tilanchilik qilib yashayotgani haqida noxush xabarlar keladi. Shundan so‘ng, badarg‘a qilinganlar Xivaga qaytishni so‘rab, Davlat siyosiy boshqarmasiga (GPU) murojaat qilishadi. Ammo sovet hukumati «aholi qatlamlariga ta’sir qilishi mumkin» degan sababni ko‘rsatib, xon oilasi vataniga qaytishiga ruxsat bermaydi. 1926 yili Abdurasul Madiyorov milisiya maktabini tashlab, qarindoshlari oldiga qaytib keladi.
1930-yillarda sobiq ittifoqning barcha hududlarida, jumladan, Ukrainada ham misli ko‘rilmagan qahatchilik va ommaviy ocharchilik bo‘lib o‘tadi. Bunday og‘ir sinovlarni ko‘tara olmagan keksa Said Abdullaxon dizenteriya bilan kasallanib, konchilar shifoxonasiga yotqiziladi va bir oydan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan. Xorazmning sobiq hukmdori 62 yoshida konchilarning qabristoniga ko‘miladi. Uning qabri vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketgan va hozirda ham qayerdaligi noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Tilanchilik, xorlik, taqiq

Xonning yaqin qarindoshlari hayoti bundan ham fojiali kechdi. Uning akasi Muhammadyor surgun qilingan paytda 70 yoshli keksa edi. U ishlay olmadi va ommaviy ochlik boshlanganidan keyin tilanchilik qilishga majbur bo‘ldi. Uning o‘g‘li Ibodulla bolaligidan kar edi. Kon atrofidagi mahalliy bozorda tilanchilik qilib yurganida tasodifan yuk mashinasi bosib ketib halok bo‘lgan.
1933 yilda, xon vafot etganidan so‘ng uning qarindoshlariga O‘zbekistonga qaytishga ijozat beriladi. Said Abdullaxonning o‘g‘illari — Rahmatulla va Yusuf Yoqub Toshkentga ko‘chib borishadi. Akasi Muhammadyor 1936 yilda Toshkentda vafot etdi. Xonning yana bir o‘g‘li Said Abdulla ukrainalik rafiqasi bilan urushdan oldin O‘zbekistonga ko‘chib o‘tib, bu yerda tarjimon bo‘lib, keyinchalik esa geolog-razvedkachi bo‘lib ishlagan. 1941 yilda u bir kishini mashinada urib yuborib, besh yilga surgunga hukm qilingan. 1960 yillarning boshlarida vafot etgan.
Qayd etish joizki, xon avlodiga sovet ittifoqining istalgan joyida yashashga ruxsat berilgan, ammo Xivaga qaytish taqiqlangan. Xonning Ukrainada oilali, bola-chaqali bo‘lgan boshqa qarindoshlari Krivoy Rog shahrida qolib ketishgan.
Grigoriy Guseynovning yozishicha, Abdurasul Madiyorov umrining oxirida, 1990 yili qisqa muddatga Xivaga sayohat qilib, mashhur ajdodlarining qabrlarini ziyorat qiladi. 70 yildan keyingi bu ziyorat oxirgisi bo‘lib qoldi. Abdurasul Madiyorovning avlodlari hozirgi vaqtda ham Ukrainada yashamoqdalar.
Qudrat MASHARIPOV,
Urganch davlat universiteti
tarix kafedrasi dosenti.


В декабре 2019 года в издательстве «Ярослав Вал» в Киеве вышла книга украинского писателя украинского происхождения Григория Гусейнова «Ветер, дующий с востока». Что немаловажно для нас, в книге представлены ценные сведения о жизни последнего хивинского хана Саид-Абдулла-хана и его семьи в Украине. Достоверных сведений о судьбе семьи после ее вывоза в Москву в 1920 году нет.

Кто такой Абдурасул Мадиёров?

По словам Григория Гусейнова, в 1980-х годах он познакомился с Абдурасулом Мадиёровым, племянником хивинского хана Саида Абдуллахана, который жил в Кривом Роге, Украина. «Я часто встречался с Абдурасулом в течение трех лет и много спрашивал его. Это был невысокий человек с хорошей памятью и острым умом, и он был интересным рассказчиком», — сказал автор. Абдурасул Мадиёров дожил до 91 года и до конца жизни работал наездником. Он сам построил небольшой дом. Во время войны немцы увезли ее и ее старшую дочь на работу в Германию. Вернулся после войны и продолжил работать на шахтах.
Роппа-роза сто лет назад…
Хива, столица Хорезмского ханства, находилась под властью Кунградской династии узбеков с 18 века. В конце 19 века Хорезм попал под протекторат Российской империи и стал называться Хивинским ханством. После распада Российской империи предпринимались попытки восстановить независимый Хорезм. Саид Абдулла-хан, последний правитель Хорезма, взошел на престол после военного переворота, но правил недолго, так как не имел реальной власти. Потому что управление было в руках военных во главе с министром Джунайдханом. Вероятно, этот аспект впоследствии спас Саиду Абдулле жизнь.
Осенью 1919 года советское правительство в Москве приняло решение о свержении хивинского хана, и в Хорезм были направлены части Красной Армии. В январе 1920 года войска Джунаид-хана потерпели поражение от Советского Союза. Он бежит в Афганистан. Хивинский хан Саид Абдулла-хан и его семья были арестованы Всероссийской чрезвычайной комиссией (Всероссийская чрезвичайная комиссия — ВЧК). 2 февраля под давлением советской власти официально отрекся от престола.  /
Летом 1920 года состоялся краткий суд над ханом и его семьей. Согласно приговору, Саид Абдулла и его родственники мужского пола, имеющие право на наследование престола, будут депортированы из Хорезмской Народной Советской Республики. Все имущество — деньги, ценности, дома, земля — ​​будет конфисковано. Саид Абдулла и трое его сыновей (младший Саид Абдулла, Рахматулла, Якуб Юсуф), его брат Мухаммадьяр и четыре племянника (Абдурасул, Мадёр, Насир, Ибадулла) также были сосланы.

Как умер хан?

О дальнейшей жизни хана и его родственников известно очень мало. По словам автора книги «Ветер с Востока»,Сначала депортированных привезут в Ташкент из Хивы. Затем его перевели в Самару, Россия, а оттуда в концентрационный лагерь в Московской области. 12 февраля 1922 года Саид Абдулла-хан и его родственники были неожиданно освобождены. Они живут в селе Верховцево Днепропетровской области Украины. Они работают в местном совхозе и занимаются разведением лошадей. В 1924 году Абдурасул Мадиёров поступил в полицейскую школу. Остальное будет отправлено на железорудный рудник в Кривом Роге. Хивинцы, не имеющие профессии и знающие местный язык, берутся за самую простую работу. В частности, Саид Абдулла будет работать охранником на шахте, а остальные будут работать всадниками.
В 1925 году из Хорезма пришли печальные вести о том, что остальная часть семьи бывшего хана живет в нищете и попрошайничает. Затем депортированные обратились в Государственное политическое управление (ГПУ) с просьбой вернуться в Хиву. Однако советское правительство не разрешило ханской семье вернуться на родину, мотивируя это «возможным влиянием на население». В 1926 году Абдурасул Мадиёров оставил милицейскую школу и вернулся к своим родственникам.
1930-е годы были свидетелями беспрецедентного голода и массовых голодовок во всех частях бывшего Советского Союза, включая Украину. Не выдержав такого испытания, Саид Абдулла попал в шахтерскую больницу с дизентерией и через месяц скончался. Бывший правитель Хорезма был похоронен на шахтерском кладбище в возрасте 62 лет. Его могила со временем исчезла, и его местонахождение до сих пор неизвестно.

Попрошайничество, унижение, запрет

Еще трагичнее сложилась жизнь близких родственников хана. Его брату Мухаммадьяру было 70 лет, когда он был сослан. Он не мог работать и был вынужден просить милостыню после массовой голодовки. Его сын Ибадулла был глухим с детства. Его случайно сбил грузовик, когда он просил милостыню на местном рынке возле шахты.
В 1933 году, после смерти хана, его родственникам было разрешено вернуться в Узбекистан. Сыновья Саида Абдуллы Рахматулла и Юсуф Якуб переезжают в Ташкент. Его брат Мухаммадьяр умер в 1936 году в Ташкенте. Другой сын хана, Саид Абдулла, перед войной переехал в Узбекистан со своей женой-украинкой, где работал переводчиком, а затем геологом. В 1941 году он сбил человека на машине и был приговорен к пяти годам ссылки. Он умер в начале 1960-х годов.
Следует отметить, что потомкам хана разрешалось жить где угодно в Советском Союзе, но не разрешалось возвращаться в Хиву. Остальные родственники хана, женатые и имеющие детей на Украине, остались в Кривом Роге.
По словам Григория Гусейнова, в конце жизни Абдурасул Мадиеров ненадолго побывал в Хиве в 1990 году.посещает могилы известных предков. Это последний визит за 70 лет. Потомки Абдурасула Мадиёрова до сих пор живут в Украине.
Кудрат МАШАРИПОВ,
Ургенчский государственный университет
доцент кафедры истории.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: