Bola va pul. qaysi yoshda qanday munosabatda bo‘lish kerak?

Bola va pul. qaysi yoshda qanday munosabatda bo‘lish kerak

Farzandlarimiz pulga qanday munosabatda bo‘lishi kerak? Bu borada bizning xohishimiz qanaqa? Bular ahamiyatsiz savol emas, ularga yana bir qancha qo‘shimchalar qilish mumkin:

bola necha yoshdan pulni sarflashga o‘rganishi kerak? Farzandlar oiladagi moliyaviy muammolarni bilishi kerakmi? Agar bolaning xohlagan narsasi olib berilaversa, unda u qachon pulning qadr-qiymatini biladi? Hammamiz farzandlarimiz pul bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishini, uning qadrini bilishi, lekin mukkasidan ketmasligini, pulni ishlatishini, biroq behudaga sarflamasligini, tejamkorlik qilishini, ammo xasis bo‘lmasligini xohlaymiz. Bunga qachon va qanday o‘rgatish kerak?
Bir qarashda umuman zid tushunchalardek ko‘rinsa-da, bu mavzuda albatta farzandimiz bilan suhbalashishimiz kerak. Bolani puldan himoyalamasdan, uni to‘g‘ri sarflashni o‘rgatib borish kerak. Bu bilan farzandimizda mustaqillik, javobgarlik hislarini uyg‘otamiz. Shuningdek, unda tanlov imkoniyati ham paydo bo‘ladi.
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarga pul berish kerakmi?
Ruhshunoslar va bolalar bilan ishlashda ko‘p yillik tajribaga ega pedagoglarning bu borada javoblari qat`iy: YO‘Q! Bu javobni esa ular shunday izohlashadi: maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar doim ota-onalari bilan yurishadi. Barcha sarf-xarajatlarini ular uchun kattalar amalga oshiradi, bolalar bog‘chasida esa ularga «o‘zlarining pullari» kerak bo‘lmaydi. Bu yoshda pulga bo‘lgan talab jamoada o‘z o‘rnini egallashni istashida namoyon bo‘ladi. Lekin bunday o‘zligini ko‘rsatish bola fe’lining rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi. Axir bola o‘z bilim va salohiyati bilan emas, o‘yinchoqlar va pul hisobiga ajralib turishni istamoqda.
Kichkintoyni bolalarga xos bo‘lmagan imtiyozlar bilan ta’minlash ularni ruhiy rivojlanishiga aks ta’sir ko‘rsatadi. Bunda ular mehnat va mashaqqatlarsiz hamma narsaning tayyoriga ega bo‘lishga o‘rganib qolishadi. Natijada mehnat qilishni bilmaslik va xohlamaslik — infantilizm vujudga keladi.
Bolaga 7-8 yoshidan boshlab tanga ko‘rinishidagi mayda pullarni berib borish mumkin
Bir qarashda o‘yinchoqdek, bundan tashqari, do‘kondan biron nima sotib olishi ham mumkin. Shu bilan birga, unga bu tangalarni yig‘ishga mo‘ljallangan idish ham sovg‘a qiling. Bu idishga pul solib, o‘zi yoki yaqinlariga sovg‘a uchun ham yig‘ishi mumkinligini tushuntiring. U yiqqan pullaridan o‘zi erkin foydalanishi mumkinligini, lekin ota-ona ta’qiqlagan narsalarni sotib olmasligini bilsin.
Agar oilada xayr-ehson qilish kabi odatlar bo‘lsa, bunga farzandingizni ham jalb eting. Bu ishlarni nima uchun qilayotganingizni gapirib bering, bolaning ongida ro‘zg‘ordan pul ortganida boshqalarga ham yordam berish mumkinligi haqida fikr paydo bo‘ladi. Lekin «boy odamlar», «puldorlar» haqida aslo gapirmang. Buning oqibatida bolada hasadgo‘ylik kabi tuyg‘ular paydo bo‘lishi mumkin.
9-10 yoshdan boshlab boladan oiladagi moliyaviy muammolarni bekitmaslik mumkin
Suhbat davomida farzandingizni oilangizdagi tejamkorlik qoidalari bilan asta-sekin tanishtirib boring. Va bunday qoidalarga hamma yaxshi odamlar amal qilishini alohida ta’kidlab o‘ting. Eng asosiysi — oiladagi pullarning barchasi ota-onaning mashaqqatli mehnatlari evaziga kelganini tushuntirish.
Yaxshi xulq va baholar uchun pul bilan rag‘batlantirish kerakmi?
Albatta YO‘Q! Bolada a’lo baho, aniqrog‘i, bilim u uchun emas, balki faqat ota-onaga kerak, degan fikr paydo bo‘lishi mumkin. Pul berishayaptimi, demak, ularga bu nima uchundir kerak-da! Bola o‘qishga emas, baho olishga qiziqib qoladi. Ko‘proq pul olish va ota-onasini xafa qilmaslik uchun ayyorlik qilishni boshlaydi va yomon baholarini bekitadi. Uy ishlariga qarashgani uchun pul berilishini ham tavsiya etmagan bo‘lardik. Oilada mehr, bir-birini tushunish va qo‘llab-quvvatlash birinchi o‘rinda turadi. Pul evaziga ishlarni bajargan bola yollangan ishchi bo‘lib qoladi. Bu esa oila prinsiplariga to‘g‘ri kelmaydi. Shuningdek, bola hamma ishni pul evaziga bajarishga o‘rganib qoladi. Ish buyurganingizda, «Xo‘p bo‘ladi, oyijon!» demay, «Qancha berasiz?» deb turishini xohlamasangiz kerak?!
O‘spirin yoshdagi bola va pul
Bu mavzu ancha nozik va murakkab. Pul va bu yoshdagi bolani nazoratsiz qoldirib bo‘lmaydi. O‘smirlar erkin bo‘lishga intiladi, hozirgi zamonda esa ularni yo‘ldan ozdiradigan narsalar talaygina. Bu borada o‘smirlarga aniq yo‘naltirilgan moliyaviy yordam berish mumkin. Masalan, kerakli o‘quv qo‘llanmalar, kiyim-kechak yoki ota-ona tasdig‘idan o‘tgan qiziqishlar uchun. Bu yoshdagi bolalarni ro‘zg‘or uchun bozorga tushganingizda birga olib borishingiz, bozor va pul munosabatlarini o‘rgatishingiz mumkin. Albatta bozorga borganda uning fikriga ham tayaning, «Olmaning 1000 so‘mlisini olamizmi yoki 1500 so‘mlisinimi?» kabi savollar bilan uning jarayonda ishtirok etishiga yordam bering.
«Ta’til vaqtida ishlayman» deb taklif bildirgan farzandingizga qarshilik qilmang. O‘z mehnati bilan topilgan birinchi pullar o‘smirlar hayotidagi katta voqea hisoblanadi. O‘z imkoniyatini real baholay oladi va pul qanday ishlab topilishini tushunib etadi. Endi farzandingizdan «Bor-yo‘g‘i yuz ming ekan-da» degan gapni eshitmaysiz. Atrofidagi insonlarning va narsalarning qadriga eta boshlaydi. Ishlab topgan pulining ma’lum qismini oilasiga ajratishi esa o‘smirda javobgarlik hissini rivojlantiradi.
Muhtabar opa, 50 yosh: — Bolaga har doim ham oiladagi moliyaviy muammolarni aytish shart emas. Asosiysi, uydagi pulni ota-onasi mehnat qilib, qiyinchilik evaziga olib kelayotganini bilsin. Lekin bolaning oldida «Oyligim kam chiqibdi», «Pulimiz yo‘q» deb aytishni to‘g‘ri deb hisoblamayman. Bu gaplarni eshitgan bola o‘zini kamsitilgandek hisoblaydi, atrofdagi odamlar bilan oilasini solishtiradi. O‘zidan yaxshiroq yashayotgan oilalarga nisbatan hasad hissi uyg‘onadi. Ota-ona oz miqdordagi pulni farzandlari biladigan joyga qo‘yib, bu pul zarur bo‘lgan vaziyatlarda (masalan, ota-ona ishdaligida non olib kelish, do‘stlarining tug‘ilgan kuniga borish va shunga o‘xshash holatlarda) ishlatilishini tushuntirishi kerak. Ota-onaning ishonchi farzandda uydagi pulga nisbatan mas`uliyatni paydo qiladi.
Mahfuza, 32 yosh, uy bekasi: 4 farzandim ham maktabda o‘qiydi. Ular kamdan-kam hollarda (masalan, o‘rtoqlarining tug‘ilgan kuni yoki maktab fondi uchun) pul so‘rashadi. Bolalarning maktabi uyimizdan chamasi 100 metr uzoqda bo‘lgani uchun ularga ortiqcha pul bermaymiz. Tushlikda eyishlari uchun esa buterbrod qilib beraman. Bolalarga 10 yoshidan keyin pul berish to‘g‘ri deb hisoblayman.
Aziza, 12 yosh, 7-sinf o‘quvchisi: — Oilamizda ro‘zg‘or uchun bozor-o‘charni dadam qiladi. Katta farzand bo‘lganim uchunmi, ko‘pincha dadam meni va 10 yoshli ukamni o‘zi bilan bozorga olib boradi. Bu jarayon bizga juda yoqadi. Sotuvchilar bilan savdolashishi biz uchun qiziqarli. Maktabda ishlatishim uchun ota-onam menga va ukamga har kuni 1000 so‘m berishadi. Bu pulni tushlikka ishlatamiz.
Akbar, 18 yosh, talaba: — Ota-onam uyda pulni qaerda saqlashlari, qancha oylik olishlarini bilmayman. Bunga qiziqmaganman ham. Yo‘lkiram va ovqatlanishim uchun har kuni pul berishadi. Yonimda qancha ko‘p pulim bo‘lsa, nimagadir sarf-harajatim ham o‘sha kuni ko‘payib ketadi. Pulim kamligida esa uni tejab, hatto uyga orttirib kelaman. Ota-onamdan olgan pullarimni tejashga harakat qilaman. «Bergan pulimizni nimaga ishlatding?» deb so‘rashganida har doim to‘liq javob bera olaman.
Bolalar ruhshunosi Anjim ShAMShETOVA tavsiyalari asosida Dilnoza MIRTOLIPOVA tayyorladi.


Как наши дети должны относиться к деньгам? Каково наше желание в этом отношении? Это нетривиальные вопросы, их можно дополнить еще несколькими:

В каком возрасте ребенок должен научиться тратить деньги? Нужно ли детям знать о финансовых проблемах семьи? Если ребенку дать то, что он хочет, то когда он познает цену деньгам? Все мы хотим, чтобы наши дети правильно относились к деньгам, знали их цену, но не жадничали, пользовались деньгами, но не растрачивали их, копили, но не скупились. Когда и как этому учить?
Хотя на первый взгляд это может показаться совершенно противоречивым, мы обязательно должны поговорить с нашим ребенком на эту тему. Необходимо научить ребенка тратить деньги с умом, не оберегая их. Таким образом мы прививаем ребенку чувство самостоятельности и ответственности. У него тоже будет выбор.
Нужно ли давать деньги дошкольникам?
Ответ психологов и педагогов с многолетним опытом работы с детьми однозначен: НЕТ! Они объясняют этот ответ так: дети дошкольного возраста всегда гуляют с родителями. Все расходы оплачивают взрослые, и в детском саду им не нужны «свои деньги». В этом возрасте потребность в деньгах выражается в желании занять свое место в коллективе. Однако такое самовыражение оказывает негативное влияние на развитие поведения ребенка. Ведь ребенок хочет отличаться не своими знаниями и возможностями, а игрушками и деньгами.
Предоставление ребенку пособий, не свойственных детям, оказывает негативное влияние на их психическое развитие. При этом они учатся быть готовыми ко всему без труда и усилий. Результат — невежество и нежелание работать — инфантилизм.
С 7-8 лет ребенку можно давать мелкие монеты в виде монет
На первый взгляд похоже на игрушку, но можно и купить что-нибудь в магазине. Также дайте ей контейнер для сбора этих монет. Объясните, что он может положить в эту емкость деньги и собрать их себе или своим близким в подарок. Дайте ему понять, что он может использовать сэкономленные деньги, но не может покупать то, что запрещают родители.
Если в семье есть привычки, например благотворительность, привлекайте к ней ребенка. Объясните, почему вы это делаете, и ребенок будет думать, что сможет помочь другим, когда заработает больше денег. Но никогда не говорите о «богатых людях», «богатых людях». В результате у ребенка может развиться чувство ревности.
С 9-10 лет можно не скрывать от ребенка финансовые проблемы в семье
В ходе беседы постепенно знакомьте ребенка с правилами экономии в вашей семье.И подчеркните, что все хорошие люди следуют таким правилам. Самое главное – объяснить, что все деньги в семье – это кропотливый труд родителей.
Следует ли вознаграждать деньгами за хорошее поведение и оценки?
Конечно, нет! Ребенок может подумать, что отличные оценки, вернее, знания не для него, а только для родителей. Если они дают деньги, значит, они им зачем-то нужны! Ребенку интересно не чтение, а получение оценок. Он начинает жульничать, чтобы получить больше денег и не расстраивать родителей, и скрывает свои плохие оценки. Мы не рекомендуем платить за работу по дому. В семье главное любовь, понимание и поддержка. Ребенок, работающий за деньги, становится наемным работником. Это не соответствует семейным принципам. Ребенок также учится все делать за деньги. Когда вы заказываете работу, вы говорите: «Хорошо, дядя!» «Сколько вы даете?» Вы же не хотите, чтобы он это сказал?!
Подросток и деньги
Эта тема достаточно тонкая и сложная. Деньги и ребенка в этом возрасте нельзя оставлять без присмотра. Подростки стремятся быть свободными, и сегодня есть много вещей, которые могут сбить их с пути. В связи с этим возможно оказание адресной финансовой помощи подросткам. Например, на необходимые учебники, одежду или хобби, одобренное родителями. Вы можете брать детей этого возраста вместе, когда идете на рынок, чтобы зарабатывать на жизнь, и учить их отношениям между рынком и деньгами. Конечно, когда вы идете на рынок, опирайтесь на его мнение: «Купить яблоко за 1000 рублей или за 1500 рублей?». помочь ей участвовать в процессе с такими вопросами, как.
Не возражайте против того, чтобы ваш ребенок предлагал работу во время каникул. Первые кровно заработанные деньги – большое событие в жизни подростков. Может реально оценить свой потенциал и понять, как заработать деньги. Вы больше не услышите, как ваш ребенок скажет: «Это всего лишь сто тысяч». Он начинает ценить окружающих его людей и вещи. Выделение части заработанных денег семье развивает у подростка чувство ответственности.
Дорогая сестра, 50 лет: — Не всегда нужно говорить ребенку о финансовых проблемах в семье. Главное знать, что деньги в дом приносят его родители взамен на тяжелый труд. Но я не считаю правильным говорить при ребенке: «У меня маленькая зарплата», «У нас нет денег». Услышав это, ребенок чувствует себя униженным и сравнивает свою семью с окружающими людьми. Он завидует семьям, которые живут лучше него. Родители должны положить небольшую сумму денег в известном месте и объяснить, что деньги будут использованы в случае необходимости (например, когда родители принесут хлеб на работу, пойдут на день рождения друга и т. д.).Родительское доверие прививает ребенку чувство ответственности за деньги в доме.
Махфуза, 32 года, домохозяйка: Мои четверо детей тоже ходят в школу. Они редко просят денег (например, на день рождения друга или школьный фонд). Так как детская школа находится в 100 метрах от нашего дома, мы не даем им лишних денег. Я возьму бутерброд на обед. Я считаю правильным давать деньги детям после 10 лет.
Азиза, 12 лет, ученица 7 класса: — В моей семье шоппингом занимается отец. Это из-за того, что я старший ребенок, мой отец часто берет меня и моего 10-летнего брата на рынок? Нам очень нравится этот процесс. Нам интересно торговаться с продавцами. Мои родители дают мне и моему брату по 1000 сумов в день для использования в школе. Мы потратим эти деньги на обед.
Акбар, 18 лет, студент: — Я не знаю, где мои родители хранят дома деньги и сколько они зарабатывают. Я даже не интересовался этим. Они платят мне каждый день, чтобы путешествовать и есть. Чем больше денег у меня будет с собой, тем больше увеличатся мои расходы в этот день. А когда у меня не хватает денег, я коплю их и даже приношу домой. Я стараюсь копить деньги, полученные от родителей. — На что ты потратил деньги? Я всегда могу дать полный ответ, если меня спросят.
Подготовлено Дильнозой МИРТОЛИПОВОЙ на основе рекомендаций детского психолога Анджима ШАМШЕТОВА.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: