“Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovi shartlari

“Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovi shartlari

“Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovi qanday shartlar asosida tashkil etiladi?

Bu haqda Respublika ta’lim markazi ma’lumot berdi.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining “Ona tili” va “Oʻzbek tili” fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanloviga start berildi. Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan oʻqituvchilar joriy yilning 20-iyulidan 20-avgustiga qadar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari soʻraladi.

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSejF2t4nprDAjYjOqj9bN0M6zkVi6yv1XYmtCq9ci2CPqkT4g/viewform

Tanlov 3 bosqichda oʻtkaziladi.

1️⃣Tanlovning birinchi bosqichi 2 ta shart asosida joriy yilning 13-sentabridan 18-sentabriga qadar tuman (shahar) miqyosida oʻtkaziladi.
👉Birinchi shartda 20 ta test topshirigʻi uchun 40 ball beriladi. 26 va undan yuqori ball toʻplagan ishtirokchilar ikkinchi shartda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.
👉Ikkinchi shartda esa “Oʻzbek tilini samarali oʻqitish metodikasi” taqdimoti (slaydlar bilan)tuman masʼullari ishtirokida zoom platformasi orqali oʻtkaziladi (texnik va mazmuniga qoʻyilgan talablar quyida) va 7 daqiqa vaqt beriladi. Maksimal 60 ball bilan baholanadi.

✅Tanlovning birinchi bosqichida 2 ta shart boʻyicha 76 ball va undan yuqori koʻrsatkich qayd etgan ishtirokchilar orasidan eng yuqori ball toʻplagan 1-, 2-, 3- oʻrinni egallagan gʻoliblar aniqlanadi va birinchi oʻrinni egallagan 2 nafar gʻolib navbatdagi bosqichda ishtiroki etish imkoniyatini oladi.

2️⃣Tanlovning ikkinchi bosqichi ham 2 ta shart asosida joriy yilning 27-sentabridan 30-sentabriga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida oʻtkaziladi.
👉Ikkinchi bosqich shartlari ham birinchi bosqichda boʻlgani kabi 40 ballik 20 ta test va 60 ballik “Oʻzbek tilini samarali oʻqitish metodikasi” mavzusidagi taqdimotdan iborat boʻladi.
👉Tanlovning 2-bosqichida 2 ta shart boʻyicha 76 ball va undan yuqori koʻrsatkich qayd etgan ishtirokchilar orasidan eng yuqori ball toʻplagan 3 ta oʻrin gʻoliblari aniqlanadi va birinchi oʻrinni egallagan 2 nafar gʻolib navbatdagi 3- bosqichda ishtiroki etish imkoniyatini oladi.

3️⃣Tanlovning uchinchi- Respublika bosqichi 2 ta shart asosida joriy yilning 18-oktabridan 20-oktabriga qadar Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
👉“Ijodiy namunali shaxs obrazi” deb nomlangan birinchi shartda ishtirokchilar konvertlarda tayyorlangan adabiy va erkin mavzulardan birini ixtiyoriy tanlab 50 ballik mezon asosida 2 (akademik) soat vaqt ichida esse yozadilar.
👉Ikkinchi shartda ishtirokchilardan 45 daqiqa dars mashgʻulotini oʻtish talab etiladi. Ishtirokchilarning dars mashgʻuloti oʻtish ketma-ketligi, dars mavzulari, mashgʻulot oʻtkaziladigan sinflarni (parallel) qurʼa tashlash yoʻli bilan tanlab oladi va 50 ballik mezon asosida baholanadi.

21-oktabr Oʻzbek tili bayrami arafasida tanlovning respublika bosqichi yakunida 2 nafar (ona tili va oʻzbek tili fani boʻyicha) birinchi oʻrinni egallagan “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” gʻolibi hamda ikki nafardan 2-, 3- oʻrinni egallagan sovrindorlar, shuningdek, nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi.

Tanlovning respublika bosqichi yakunlarida gʻoliblar

👉1-oʻrin uchun “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” I darajali diplomi, 30 mln. soʻm miqdoridagi pul mukofoti va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni;
👉2-oʻrin uchun “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” II darajali diplomi, 20 mln. soʻm miqdoridagi pul mukofoti va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni;
👉3-oʻrin uchun “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” III darajali diplomi, 10 mln. soʻm miqdoridagi pul mukofoti va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadilar.


Каковы условия конкурса «Лучший учитель узбекского языка года»?

Об этом сообщает Республиканский образовательный центр.

Стартовал конкурс «Лучший учитель узбекского языка года» среди учителей «Родного языка» и «Узбекского языка» общеобразовательных школ. Учителям, желающим принять участие в конкурсе, предлагается зарегистрироваться с 20 июля по 20 августа текущего года по ссылке ниже.

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSejF2t4nprDAjYjOqj9bN0M6zkVi6yv1XYmtCq9ci2CPqkT4g/viewform

Конкурс будет проходить в 3 этапа.

1️⃣Первый этап конкурса пройдет на основании 2-х условий с 13 по 18 сентября текущего года на районном (городском) уровне.
👉Первое условие дает 40 баллов за 20 тестовых заданий. Участники, набравшие 26 баллов и выше, будут иметь право на второе условие.
👉По второму условию презентация «Методы эффективного обучения узбекскому языку» (со слайдами) будет проведена на зум-платформе с участием представителей района (технические и содержательные требования ниже) и будет отведено 7 минут. Он оценивается максимум в 60 баллов.

✅Победители 1, 2 и 3 мест с наибольшим количеством баллов будут определены из участников, набравших 76 баллов и более в 2-х условиях на первом этапе конкурса, а 2 победителя, занявшие первое место, получат возможность участвовать в следующем этапе.

2️⃣Второй этап конкурса будет проводиться на основании 2-х условий с 27 сентября по 30 сентября текущего года в Республике Каракалпакстан, городе Ташкенте и областях.
👉Условия второго этапа, как и первого этапа, будут состоять из 20 тестов по 40 баллов и презентации 60 баллов на тему «Методика эффективного обучения узбекскому языку».
👉 На 2-м этапе конкурса будут определены обладатели 3-го места с наивысшим баллом 76 баллов и выше в 2-х условиях, а 2 обладателя первых мест получат возможность участвовать в следующем 3-м этапе .

3️⃣Третий этап Республиканского конкурса пройдет в Ташкенте с 18 по 20 октября текущего года по двум условиям.
👉 В первом условии под названием «Образ творческой примерной личности» участники добровольно выбирают одну из подготовленных в конвертах литературных и свободных тем и пишут эссе в течение 2 (академических) часов по 50-балльному критерию.
👉Во втором условии участники должны пройти 45-минутный урок. Участники будут отобраны на основе 50-балльной шкалы путем выбора последовательности уроков, тем уроков и количества занятий, которые будут проводиться (параллельно).В преддверии праздника узбекского языка 21 октября по итогам республиканского этапа конкурса 2 победителя (по родному языку и узбекскому языку) заняли первое место, победитель конкурса «Лучший учитель узбекского языка год» и два обладателя 2-го и 3-го мест. Победители будут определены.

Победители республиканского этапа конкурса

👉 Диплом 1-й степени «Лучший преподаватель узбекского языка года» за 1-е место, 30 млн. грн. Денежная премия в сумах и нагрудный знак «Отличник народного образования»;
👉 Диплом 2 место «Лучший преподаватель узбекского языка года» II степени, 20 млн. руб. Денежная премия в сумах и нагрудный знак «Отличник народного образования»;
👉 Диплом 3-го места «Лучший преподаватель узбекского языка года» III степени, 10 млн. руб. сум и знаком «Отличник народного образования».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. Ruxsora

    Asadova

  2. Muqaddam

    Salom

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: