Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi 2019 g‘oliblar ro‘yhati

Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi 2019 g‘oliblar ro‘yhati

Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi yakuniy natijalari va g‘oliblar ro‘yhati bilan tanishing.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi joriy yilning 11-13-sentyabr kunlari Respublikamizning barcha viloyatlarida fanlar kesimida tashkil etildi. Jumladan, Toshkent viloyatida ona tili va adabiyoti, Toshkent shahrida jismoniy tarbiya, Andijonda matematika, Qashqadaryoda informatika va axborot texnologiyalar, Buxoroda fizika, Sirdaryoda biologiya, Jizzaxda kimyo, Samarqandda geografiya, Farg‘onada davlat tili, Surxondaryoda boshlang‘ich taʼlim, Xorazmda davlat va huquq asoslari, Namanganda musiqa, Navoiyda ingliz tili fanlaridan o‘tkazildi.
Ushbu tanlovning Respublika bosqichida o‘z fanlari bo‘yicha hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi — 2019” tanlovining Respublika bosqichida ishtirokchi o‘qituvchilar quyidagi shartlar asosida bellashdi: birinchi bosqich ijtimoiy tarmoqlarda to‘plagan ovozlar soniga qarab 20 ball, ikkinchi bosqich dars o‘tish mashg‘ulotlari asosida 50 ball va uchinchi bosqich test sinovlari 30 ball, jami 100 ballik asosda baholandi.
Bundan tashqari ishtirokchilarning xolis baholanishini taʼminlash maqsadida har bir hududdan bir nafar vakil hakamlar hayʼati aʼzolari tarkibiga kiritildi. Shuningdek, hududlarda o‘tkazilayotgan tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonlariga Xalq taʼlimi vazirligidan masʼul vakillar ishtirok etdi.
“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi — 2019” ko‘rik-tanlovi g‘olibi deb topilgan yuksak kasb mahoratiga ega, eng ilg‘or, eng tashabbuskor va eng ijodkor o‘qituvchilar 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan tantanali tadbirda taqdirlanadi.
Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi barcha fanlardan g‘oliblar ro‘yhati bilan ushbu faylni ko‘chirib olib batafsil tanishish mumkin.


Ознакомьтесь с окончательными результатами конкурса «Учитель естественных наук года» и списком победителей.

Министерство народного образования организовало Республиканский этап конкурса «Лучший учитель естественных наук года» 11-13 сентября текущего года во всех регионах страны в области естественных наук. В частности, родной язык и литература в Ташкентской области, физкультура в Ташкенте, математика в Андижане, информатика и информационные технологии в Кашкадарье, физика в Бухаре, биология в Сырдарье, химия в Джизаке, география в Самарканде, государственный язык в Фергане, начальные образование в Сурхандарье, государственное и хорезмское, основы права, музыка в Намангане, английский язык в Навои.
В республиканском этапе конкурса приняли участие учителя, победившие в областных этапах по своим предметам.
Напомним, учителя-участники Республиканского этапа конкурса «Лучший учитель естественных наук – 2019» соревновались по следующим условиям: первый этап – 20 баллов в зависимости от количества голосов в социальных сетях, второй этап — на основе 50 баллов и тесты третьего этапа оценивались на основе 30 баллов, всего 100 баллов.
Кроме того, в состав жюри вошли по одному представителю от каждого региона для обеспечения беспристрастной оценки участников. В подготовке и проведении областного конкурса также приняли участие представители Министерства народного образования.
На торжественном мероприятии, посвященном национальной праздничный день.
Со списком победителей всех дисциплин лучшего учителя года можно подробно ознакомиться, скачав этот файл.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: