«Nutqimizda so‘zlar jilosi» tanlovi g‘oliblari aniqlandi

«Nutqimizda so‘zlar jilosi» tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Telegramda o'qish

Joriy yilning 1-20 noyabr kunlari ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari o‘rtasida «Nutqimizda so‘zlar jilosi» shiori ostida tanlov tashkil etilgan edi.

 

Ushbu tanlovda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan 4602 ta videoroliklar yuborildi. Shundan 458 tasi jamoatchilikka havola qilindi.

 

Hakamlar hay’ati tomonidan ushbu videoroliklar 10 kun davomida tahlil qilinib, eng munosib bo‘lgan 14 nafar g‘olib aniqlandi.

 

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi rasmiy saytida ma’lumot berildi.

 

Joriy yilning 10 dekabr kuni g‘oliblarga tantanali ravishda vazirlikning maxsus diplomi va pul mukofoti topshiriladi.

 

Bu kabi tanlovlar o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro fikr almashishga, o‘z g‘oyalarini tatbiq etishga va yangicha dars o‘tish orqali o‘quvchilarda adabiyot faniga qiziqtirishga xizmat qiladi.

 

“Nutqimizda so‘zlar jilosi” mavzusidagi ijodiy videoroliklar ko‘rik-tanlovining g‘oliblari bilan tanishing

 

T/rHududlar nomiTuman (shahar)lar nomiIsmi-sharifiMaktabiEgallagan o‘rni
1.Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 

Kegeyli tumani

 

Ismoilova Gulmira23-sonli1-o‘rin
2.Andijon viloyatiAsaka tumaniMo‘minova Yulduzoy28-sonli1-o‘rin
3.Buxoro viloyatiJondor tumaniTo‘xtameshova Saltanat1-sonli1-o‘rin
4.Jizzax viloyatiDo‘stlik tumaniMisirova Manzura3-sonli1-o‘rin
5.Qashqadaryo viloyatiKitob tumaniMansurova Soadat3-sonli1-o‘rin
6.Navoiy viloyatiNavoiy shaharQo‘ldoshev Shavkat11-AFCHO‘MI1-o‘rin
7.Namangan viloyatiKosonsoy tumaniToshboyeva Gulrux52-sonli1-o‘rin
8.Samarqand viloyatiIshtixon tumaniXushvaqtova Bibisora41-sonli1-o‘rin
9.Sirdaryo viloyatiShirin shaharToshiyeva Shoxsanam2-sonli1-o‘rin
10.Surxondaryo viloyatiTermiz shaharNurmuxamedova Dildor23-sonli1-o‘rin
11.Toshkent viloyatiYangiyo‘l tumaniSunnatova Shaxnoza1-sonli1-o‘rin
12.Farg‘ona viloyatiFarg‘ona shaharG‘ofurova Muxabbatxon5-sonli1-o‘rin
13.Xorazm viloyatiUrganch shaharIbragimova Ma’rifat27-sonli1-o‘rin
14.Toshkent shaharChilonzor tumaniRaxmatova Nilufar126-sonli1-o‘rin

 

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: