⚡️Hozirda umumta’lim maktablar o‘qituvchilarining 35 513 nafari turli xalqaro fan sertifikatlariga ega.
✅ Ta’lim sifatining oshishi bevosita o‘quvchilarga tahsil berayotgan o‘qituvchilarning malakasi va bilim darajasiga bevosita bog‘liqdir.
Shu ma’noda so‘nggi yillarda maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlash va shu orqali sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida turli fanlarga doir xalqaro va milliy darajadagi sertifikatlar joriy qilinmoqda.
❗️Ayniqsa, xalqaro sertifikatlar pedagoglarga nafaqat ma’lum imtiyozlar beradi, balki ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, o‘z ustida yanada ko‘proq ishlash uchun katta motivatsiya beradi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini sertifikatlash tartibi bo‘yicha ushbu faylni yuklab olib tanishishingiz mumkin: MMTV tizimidagi umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini sertifikatlash tartibi
Mavzuga doir:
Sertifikat ustamasi soatbay dars uchun ham to ‘lanadimi?