20-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnoma yo‘llagan edi.
Prezident 2023-yilga O‘zbekistonda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berishni taklif qildi.
Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov ijtimoiy tarmoq orqali o‘z fikrlarini bayon qildi.
Hurmatli xalq ta’limi tizimi xodimlari, qadrli ustozlar!
Kuni kecha Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasini barchamiz katta hayajon va qiziqish bilan tingladik. Unda bildirilgan xalq ta’limi tizimiga doir barcha masalalar bizga kelgusi yildagi faoliyat yo‘nalishimizni belgilab berish asnosida, zimmamizga katta mas’uliyat va javobgarlik yuklaganligi shubhasiz.
Murojaatnomada inson qadri va uning orzu-umidlarining ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor maqsadlaridan biri hamda bunda eng avvalo, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, farzandlarimizning xalqaro standartlar asosida bilim olishlarini ta’minlash bugungi kunning muhim talabi ekanligiga alohida urg‘u berilganligi katta ahamiyatga ega.
Albatta, davlatimiz tomonidan yoshlarning sifatli ta’lim olishlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan tub islohotlar zamirida kelajak avlod kamoloti, ularni bilimli va vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash g‘oyasi mujassam ekanligi barchamizga yaxshi ma’lum.
Shu ma’noda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan kirib kelayotgan 2023 yilga mamlakatimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb nom berishning taklif etilgani, ta’lim sohasi fidoyilari qatori barcha yurtdoshlarimiz tomonidan katta xursandchilik bilan qabul qilindi.
Murojaatnomada Yangi O‘zbekistonni “Ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurishning dastlabki sharti sifatli ta’lim ekanligi va eng katta investitsiya, avvalo, ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilishi lozimligi, shu maqsadda kelgusi yildan boshlab maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilish boshlanishi aytib o‘tildi.
Qadrli hamkasblar, muhtaram o‘qituvchilar!
Aminmanki, maktab ta’limini rivojlantirish va barcha o‘quv muassasalarimizda sifatli ta’limni keng joriy etish, sohada mehnat qilayotgan barcha fidoyi ustozlarimiz, zahmatkash o‘qituvchilarning eng katta maqsadidir. Shu bois tizimdagi barcha xodimlar bir jamoa va hammaslak insonlar sifatida farzandlarimizning komil va bilimdon shaxs bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida tinimsiz izlanmoqda, harakat qilmoqda.
Muhtaram Yurtboshimiz o‘z Murojaatnomasida ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘li ekanligi xususida juda dolzarb fikrlarni o‘rtaga tashladi. Xususan, ta’lim sohasidagi islohotlarni yanada rivojlantirish, muammolarni manzilli hal etish maqsadida o‘qituvchi va murabbiylar bilan doimiy muloqot muhitini yaratishga doir hayotiy tashabbuslarni bildirib o‘tdi.
Albatta, bu boradagi vazifalarni tizimli amalga oshirish maqsadida vazirlik tomonidan alohida ish olib borilib, hududlardagi ta’lim maskanlarining real holati hamda o‘quv sifati, o‘qituvchilarning mehnat sharoitlari joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda). O‘qituvchilar va maktablar rahbariyati bilan muloqot davomida keltirilgan masalalarni birgalikda hal etish bo‘yicha bamaslahat ish olib borildi, yechilmaganlari bo‘yicha hozirda zarur choralar ko‘rilmoqda.
Endigi masala esa, bevosita o‘qituvchilar faoliyatiga oid muammolar va ta’lim jarayonlarini pastdan o‘rganishni yanada jadallashtirishga qaratilishi lozim. Buning uchun vazirligimizning kelgusi yil ish rejalarini yanada puxta va samarali tuzish bo‘yicha aniq va qat’iy ishlar davom etmoqda.
Aniqroq aytganda, xalq ta’limi tizimidagi har bir rahbar va mas’ullarning ish faoliyati endilikda quyi bo‘g‘inlarda, maktab va o‘qituvchilar orasida, o‘quvchilarning dars jarayonlarida olib boriladi. Jamiyatning muhim asoslarini tashkil etuvchi mahalla va oila bilan olib borilayotgan o‘zaro hamkorlik ishlarini faol davom ettirgan holda, har bir o‘quvchining qiziqish va dunyoqarashi, kelajak maqsadlarini ruyobga chiqarishda barcha jamoatchilik vakillari bilan mavjud aloqalar yanada mustahkamlanadi.
Bizning asosiy maqsadimiz, maktabga kelayotgan har bir o‘quvchi har kuni maktabdan yangi bilim, yangi fikr va g‘oya olib ketsin. Ertaga kim bo‘ladi, o‘zini qaysi kasb ichida ko‘radi yoki qaysi hunarni egallash orqali katta muvaffaqqiyatga erishadi — o‘quvchi mazkur savollarga maktabning o‘zida javob topsin. O‘qituvchilari va murabbiylaridan motivatsiya olib, o‘z kelajagini qurishda qat’iy mas’uliyat va burchli bo‘lish hislarini to‘la anglasin.
Bir so‘z bilan aytganda, farzandlarimiz — Prezidentimiz istaganlaridek, maktabdan kamida ikkita xorijiy tilda so‘zlashadigan, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan bemalol tillasha oladigan bilimdon avlod bo‘lib, katta hayotga qadam qo‘ysin. Bunday bilim bilan hech bir o‘quvchimiz hayot yo‘lida qoqilmaydi. Yurtimiz rivoji, xalqimiz faravonligini ta’minlashda mustahkam tayanch bo‘ladigan mustaqil shaxs bo‘lib ulg‘ayadi. Millat ziyolilari va yurtdoshlarimizning eng katta orzusi ham shu.
Aziz fidoyi o‘qituvchilar!
Davlatimiz rahbari nutqida ta’kidlanganidek, 2023 yildan boshlab yurtimizdagi umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitishning yo‘lga qo‘yilishi zamirida ham yuqorida keltirilgan maqsadlar mujassamdir. Zero, “Zamonaviy jamiyat uchun zamonaviy ta’lim” shiori asosida boshlangan mazkur tashabbus doirasida o‘quvchilarning olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Har bir dars bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va ushbu jarayonlarda o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga urg‘u beriladi.
Prezidentimiz o‘z nutqida ta’lim jarayonlari va o‘quvchilarning zamonaviy talablar asosida tahsil olish shartlari xususida fikr yuritar ekan, o‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ushbu mezonni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Albatta, bugungi kunda ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini o‘z vazifasiga aloqador bo‘lmagan turli ishlarga jalb etish, ular zimmasiga ortiqcha vazifalar yuklanayotgan holatlari mavjud. Buni yashirishimizning keragi yo‘q. Ammo aytishim lozimki, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan hududiy hokimliklar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu salbiy holatlarga butunlay barham berish bo‘yicha keskin choralar ko‘rilmoqda, muammo yechimining qonuniy asoslari yaratilmoqda.
Murojaatnomada aytilganidek, 2023 yilda ham yangi maktab binolarini qurish va mavjudlarini muntazam ta’mirlab borish, bo‘sh yer maydonlarida qo‘shimcha o‘quv binolari tashkil etish bo‘yicha ishlar jadal olib boriladi. Ularni zamonaviy o‘quv jihozlari va qo‘shimcha mebellar bilan ta’minlash ko‘lami yanada kengaytiriladi.
Prezidentimiz taklifiga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi maktablar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirish maqsadida joriy etilgan amaliyot kelgusi yildan butun respublika miqyosida amalga oshirilishi xususida yangilik millionlab ota-onalar qatori bizni ham cheksiz xursand qildi. Kelajagimiz bo‘lmish farzandlarimizga otalarcha qilingan bu g‘amxo‘rlik albatta o‘zining shirin mevalarini berishi shubhasiz.
Muhtaram o‘qituvchilar, qadrli hamkasblar!
Kelgusi yilgi ish rejalarimiz juda katta. Shu bois Davlatimiz rahbari tomonidan sohaga berilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik bizni yanada faol va fidoyi bo‘lishimizni, o‘z ishimizga katta mas’uliyat bilan yondashishimizni talab etadi.
Shunday ekan, farzandlarimiz kamoloti va mamlakatimiz kelajagi uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz, xalqimiz ishonchini oqlagan holda, ta’lim sohasidagi ulkan o‘zgarishlarga o‘z mehnatimiz va tashabbuslarimiz bilan kamarbasta bo‘lishimiz zarur.
Barchangizga ushbu sharafli va zahmatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilab qolaman.
Mavzuga doir:
2023-yil nomi e’lon qilindi
2023 yilda xalq ta’limi tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Xalq ta’limi tizimida qanday kamchiliklar bor?
20 декабря Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев направил обращение к Олий Мажлису и народу Узбекистана.
Президент предложил назвать 2023 год в Узбекистане «Годом внимания к людям и качественного образования».
Министр народного образования Бахтиёр Саидов высказал свое мнение через социальную сеть.
Уважаемые работники системы народного образования, уважаемые учителя!
Вчера мы все с большим волнением и интересом выслушали Обращение уважаемого Президента Шавката Мирзиёева к Олий Мажлису и народу Узбекистана. Несомненно, что все изложенные в нем вопросы, касающиеся системы народного образования, возложили на нас большую ответственность и ответственность в определении направления нашей деятельности в наступающем году.
В петиции подчеркивается, что одной из приоритетных целей государственной политики является осознание ценности человека и его мечты, и прежде всего, вывод качества образования на новый уровень, обеспечение того, чтобы наши дети получать образование на основе международных стандартов является важным требованием сегодняшнего дня, имеет большое значение.
Конечно, всем нам хорошо известно, что в основе коренных реформ, проводимых нашим государством для обеспечения качественного образования молодежи, лежит идея воспитания подрастающего поколения, воспитания его как образованных и патриотически настроенных людей. .
В этом смысле предложение Уважаемого Президента назвать наступающий 2023 год «Годом внимания к людям и качественного образования» было с большой радостью воспринято всеми нашими соотечественниками, а также подвижниками сферы образования.
В петиции первым условием построения Нового Узбекистана на основе принципа «Социального государства» является качественное образование, а самые большие инвестиции должны быть направлены на поддержку образования, упоминалось о начале полной реформы.
Уважаемые коллеги, уважаемые преподаватели!
Я уверен, что развитие школьного образования и широкое внедрение качественного образования во всех наших учебных заведениях является самой большой целью всех наших преданных своему делу педагогов и трудолюбивых педагогов, работающих на местах. Поэтому все сотрудники системы, как команда и весь народ, постоянно ищут и работают над развитием наших детей как совершенных и знающих личностей.
В своем Послании наш уважаемый Президент высказал очень уместные мысли о том, что повышение качества образования – единственно правильный путь развития Нового Узбекистана. В частности, в целях дальнейшего развития реформ в сфере образования, целенаправленного решения проблем он указал на жизненно важные инициативы по созданию атмосферы постоянного общения с педагогами и тренерами.
Конечно, для планомерного выполнения задач в этом плане министерством проводится специальная работа.на месте изучается реальное состояние учебных заведений в регионах, качество образования, условия работы учителей). В ходе диалога с учителями и руководителями школ была проведена совместная работа по совместному решению вопросов, а по нерешенным вопросам в настоящее время принимаются необходимые меры.
Теперь вопрос должен быть сфокусирован на дальнейшем ускорении восходящего изучения проблем и образовательных процессов, непосредственно связанных с работой педагогов. С этой целью проводится конкретная и напряженная работа по более тщательной и эффективной подготовке планов работы нашего министерства на следующий год.
Точнее говоря, работа каждого руководителя и менеджера в системе народного образования теперь осуществляется на более низких уровнях, между школой и учителями, в ходе уроков учащихся. Активно продолжая работу по взаимному сотрудничеству с соседями и семьей, которые являются важными основами общества, интересы и мировоззрение каждого ученика, а также будущие цели будут еще больше укрепляться.
Наша главная цель состоит в том, чтобы каждый ученик, приходящий в школу, каждый день уносил из школы новые знания, новые мысли и идеи. Кем он будет завтра, какой профессией он себя видит или приобретя какую профессию он добьется больших успехов – пусть ученик найдет ответы на эти вопросы в самой школе. Получите мотивацию от своих учителей и тренеров, дайте ему полностью понять чувства ответственности и долга в построении своего будущего.
Словом, пусть наши дети, как хочет наш Президент, будут образованным поколением, владеющим хотя бы двумя иностранными языками со школьной скамьи, свободно владеющим современными информационными технологиями, и шагнувшим в большую жизнь. С такими знаниями никто из наших учеников не споткнется на жизненном пути. Он вырастет самостоятельным человеком, который станет надежной опорой для развития нашей страны и благополучия нашего народа. Это самая большая мечта интеллигенции страны и соотечественников.
Дорогие преданные учителя!
Как отмечается в обращении главы нашего государства, начиная с 2023 года, вышеназванные цели воплощаются в основу обучения по учебникам, созданным на основе совершенно новой методики в начальных классах общеобразовательных школ нашей страны. страна. Ведь в рамках этой инициативы, запущенной под девизом «Современное образование для современного общества», особое внимание уделяется расширению возможностей учащихся применять полученные знания в жизни. Акцент делается на проведении практических занятий к каждому уроку и дальнейшем развитии творческих способностей учащихся в этих процессах.
В своем выступлении Президент остановился на образовательных процессах и условиях обучения студентов на основе современных требований, защите статуса педагогов, их чести и достоинства,подчеркнул необходимость отдельного определения этого критерия в Конституции.
Конечно, сегодня нередки ситуации, когда педагоги образовательных учреждений заняты выполнением различных задач, не связанных с их обязанностями, и на них возлагаются избыточные задачи. Нам не нужно это скрывать. Но должен сказать, что Министерство народного просвещения во взаимодействии с правительствами регионов и другими организациями принимает кардинальные меры по полному устранению этих негативных ситуаций, созданию правовых основ решения проблемы.
Как говорится в петиции, в 2023 году строительство новых школьных зданий и текущий ремонт существующих, строительство дополнительных учебных корпусов на свободных землях будет осуществляться ускоренными темпами. Объемы их оснащения современным учебным оборудованием и дополнительной мебелью будут расширены.
По предложению Президента Республики Каракалпакстан и Хорезмской области со следующего года в масштабах всей страны будет внедрена практика обеспечения бесплатным питанием учащихся начальных классов. Эта отеческая забота о наших будущих детях обязательно принесет свои сладкие плоды.
Уважаемые учителя, дорогие коллеги!
Наши рабочие планы на следующий год очень большие. Поэтому большое внимание и забота, уделяемые отрасли главой нашего государства, требуют от нас большей активности и самоотверженности, с большой ответственностью подходить к своей работе.
Поэтому для развития наших детей и будущего нашей страны необходимо всем нам работать вместе, оправдывая доверие нашего народа, и быть готовыми к большим переменам в сфере образования своими собственными усилиями и инициативами. .
Желаю всем вам больших успехов в этом почетном и нелегком деле.
Предмет:
Объявлено название 2023 года
Какие изменения произойдут в системе народного образования в 2023 году?
В чем недостатки системы народного образования?