2023 yilda xalq ta’limi tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

2023 yilda xalq ta’limi tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Ma’lumki, kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’on qilindi. Unda 2023 yildagi eng ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinib, ikkinchi yo‘nalish sifatida ta’limni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, 2023 yil – “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi. Kelgusi yilda ta’lim tizimini isloh qilishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilandi:

✅O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish Konstitutsiyada alohida belgilab qo‘yiladi;

✅Ikki smenali maktablar yo‘q qilinadi. 2023 yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 ta maktab kengaytiriladi. Xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelgusi besh yilda ularning soni mingtaga yetkaziladi;

✅2023 yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilish boshlanadi;

✅Kelgusi yildan boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi;

✅Kelgusi o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish Qoraqalpog‘iston va Xorazm kabi boshqa viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etiladi va buning uchun 2,3 trillion so‘m ajratiladi;

✅2023 yildan boshlab yangi dastur amalga oshiriladi. Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy ta’lim standartlari joriy etiladi. Kelgusi besh yilda barcha kollej va texnikumlar ushbu tizim bilan qamrab olinadi;

✅Shu bilan birga, kimyo sanoati, elektr texnikasi, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida Muhandislik maktablari tashkil qilinadi.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
O‘qituvchilarni xursand qiladigan yangiliklar bor

maktab direktorlariga yangi huquq berilmoqda!

Xalq ta’limi tizimida qanday kamchiliklar bor?


Как известно, вчера было оглашено Послание Президента Шавката Мирзиёева Олий Мажлису. В нем были определены наиболее приоритетные направления на 2023 год, а особое внимание уделено поддержке образования как второго направления.

В частности, 2023 год объявлен «годом внимания к людям и качественного образования». В предстоящем году в рамках реформы системы образования будут проведены следующие мероприятия:

✅ Защита статуса учителей, их чести и достоинства прописана отдельно в Конституции;

Двухсменные школы будут упразднены. В 2023 году будет построено 70 новых школ, расширено 460 школ. 100 проектов школьного строительства будут запущены с участием частных инвестиций, а их количество будет увеличено до тысячи в ближайшие пять лет;

✅ С 2023 года начнется полная реформа школьного образования на основе международных образовательных программ;

✅Со следующего года обучение в начальных классах будет осуществляться по учебникам, созданным на основе совершенно новой методики;

✅Со следующего учебного года будет введено бесплатное питание для учащихся начальных классов в школах других регионов, таких как Каракалпакстан и Хорезм, и в городе Ташкенте, на эти цели будет выделено 2,3 трлн сумов;

✅ Новая программа будет реализована с 2023 года. Европейские стандарты профессионального образования внедряются в 1 техникуме в каждом регионе. В ближайшие пять лет этой системой будут охвачены все колледжи и техникумы;

При этом будут созданы отдельные инженерные школы совместно с престижными международными организациями в области химической промышленности, электротехники, транспорта и энергетики.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Есть хорошие новости для учителей

директорам школ даются новые права!

В чем недостатки системы народного образования?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: