Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi bo‘yicha yig‘ilishda aytgan so‘zlari

Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi bo‘yicha yig‘ilishda aytgan so‘zlari

⚡️Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq ta’limi tizimiga doir katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Prezident Xalqaro kongress markazida ta’lim sifatini oshirish va yangi avlod darsliklarini joriy etishga bag‘ishlangan ko‘rgazma-taqdimot bilan tanishib, sohadagi islohotlar haqida murojaat qildi.

«1 yanvardan boshlab 14 ta hududda tajriba asosida yangi darsliklar o‘qitiladi» — Shavkat Mirziyoyev

Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida ta’lim sohasidagi islohotlar haqida murojaat qilmoqda. Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda maktablarda amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdi.

«So‘nggi 5 yilda mingta maktab qurdik. 7 millionta kompyuter sinflarini tashkil qildik. Bu kabi ishlarga 14 trillion mablag‘ berdik. Bu hozirgi sharoitimiz uchun katta mablag‘. Lekin ta’lim uchun bersak arziydi. Bu bizning kelajagimiz»

, — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev 1 yanvardan boshlab 14 ta hududda yangi darsliklarni tajriba asosida o‘qitilishini aytdi.

«Keyingi bosqichda 5–11-sinflar uchun ham darsliklar ishlab chiqamiz. Murojaatnomada aytilganidek, har bir maktab bitiruvchisi ikkita tilni bilishi va bitta kasb o‘rganishi kerak. Hozir 22 ta fan bor maktablarda. Endi esa yoshlarga kreativ sohalarda dars berishimiz kerak. Fanlarni ham, dars soatlarini ham ko‘rib chiqishimiz kerak»

, — dedi Prezident.

«Balki ayrim fanlarni qisqartirarmiz, zamonaviy fanlarni ko‘paytirarmiz. Negadir biz qisqartirishdan qo‘rqamiz.

Agar biror fan zamonaviylikdan ortda qolsa, uni saqlab turishda nima ma’no bor? 10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kira olmagan. Buni qanday baholash mumkin?

Biz «Bolalar yomon bo‘lib ketdi« degan fikrdan voz kechishimiz kerak. O‘zimizga savol qo‘yaylik – ularni yaxshi qilish uchun nimalar qildik?! Baribir ular o‘zimizning farzandlarimiz.

Sizlar bilan bir tanu bir jon bo‘lib, jonajon O‘zbekistonimizning kelajagi haqida o‘ylashimiz shart»

, — Shavkat Mirziyoyev.

Ta’limda o‘qituvchining kayfiyati o‘zgargani – adolatli haqiqat, – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Yangi O‘zbekistondagi tashabbuslarni, ayniqsa, ta’lim bo‘yicha islohotlarni chekka hududlarga ham kirib borishga harakat qilinayotgani haqida gapirdi.

–Biz avvalo ustozning, muallimning obro‘sini ko‘tarishimiz kerak. Aytish kerakki, biz 20 yilda o‘qituvchilarga e’tibor qaratmadik. Bundan kim yutqazdi? Albatta, biz.

Navoiyga borganimda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdim. Ulardan «sizlarni nima qiynayapti?», deb so‘radim. Ular javob bera olmadi. Savolga o‘zim javob berdim: «korxonalardagi yangi texnika, asbob-anjomlarni ishlatishda qiyinchiliklar bo‘lyaptimi?», degan edim, bir yigit bunga javoban «bilim yetishmayapti», dedi. Bu ham haqiqat

, – dedi prezident.

Davlat rahbari har bir inson o‘zining ertanggi kuni bo‘lgan farzandlarni muallimga ishonib topshirishi haqida ham gapirdi.

–Oxirgi yillarda ta’limda o‘qituvchining kayfiyati, dars berishi o‘zgargani ham adolatli haqiqat. Men o‘zim ham ta’lim berganman, bilaman bu sohani. Oliy Majlisga yo‘llangan murojaatnomada aytilgan oltita yo‘nalishni bajarish azob. Lekin bugun qiynalmasak, ertaga natija bo‘lmaydi

, – deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

«Ota-onalarning munosabatini o‘zgartirmagunimizcha, ularning farzandlar uchun mas’uliyatini oshirmagunimizcha, hech narsaga erisha olmaymiz»…

«Ta’limga jiddiy e’tibor berishimiz, har kuni o‘z ustimizda ishlashimiz shart. Mana bir misol – repetitor bir yilda bolalarimizga til o‘rgatadi. Maktab esa 10 yilda ham o‘rgata olmasa, bu holat bizni o‘ylantirishi kerak»

, — Shavkat Mirziyoyev.

​​«Maoshlaringizni oshirdik, lekin bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Imkoniyatimiz bo‘lishi bilan yana ko‘paytiramiz» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Xalqaro kongress markazida ta’lim sifatini oshirishga bag‘ishlangan uchrashuvda o‘qituvchilarning oylik maoshlari masalasiga ham to‘xtalib, hozirgacha o‘qituvchilar maoshi oshirilganligi, imkoniyat bo‘lishi bilan yana ko‘paytirilishi haqida gapirdi.

Ma’lumot uchun, 2018 yildan to hozirgacha o‘qituvchilarning maoshi 2 bosqichda oshirilgan. Avval o‘qituvchining o‘rtacha ish haqi 1,4 million so‘m atrofida bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib, 1,5 baravarga oshirilib, o‘rtacha 2,6 million so‘mga yetkazilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda eng past oylikni ta’lim sohasi xodimlari olmoqda.

​​“Ota-onalarning o‘qituvchiga munosabati o‘zgarishi kerak” – Shavkat Mirziyoyev

“Biz ota-onalar bilan yetarlicha ishlay olmayapmiz. Toki ularning maktabga, ustozga munosabati o‘zgarsin. Men Janubiy Koreya islohotlarini ko‘p o‘rganaman. Ular 50-60 yil oldin juda qiyin vaziyatdagi kambag‘al davlat bo‘lgan.

Oltini yo‘q, misi yo‘q, nefti yo‘q kichkinagina davlat bugun iqtisodi bo‘yicha o‘ntalikka kirgan. Zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha esa mutlaq yetakchi. Ular ham qiyin davrlarni o‘tkazishgan. Qaysiki o‘quvchi maktabga bormasa, eshigini taqillatib “Sen jamiyatga qarshi ish qilyapsan” deya tushuntirishgan. Biz afsuski ana shunday ishlay olmayapmiz.

Biz ham mahalla bilan hamkorlikda ana shunday ishlashimiz zarur. Farzand ta’limi ota-onaga kerak bo‘lmasa, biz qanday yordam berishimiz mumkin? Ota-onaga daromad kerakdir, lekin farzand ta’limi, tarbiyasi birinchi navbatda bo‘lishi shart”

– dedi prezident tadbir ishtirokchilariga qarata.

❗️​​Prezident tuman va viloyat xalq ta’limi bo‘limlarini tanqid qildi

«Biz hammani matematik qilishni istaymiz, ammo buning iloji yo‘q. Nari borsa 10 foiz bola matematik bo‘lishni istar. Biz bolaning istagidan kelib chiqib, uning talabiga ko‘ra ta’lim berishni o‘rganishimiz kerak. Bola o‘ziga nima qiziq ekanini yaxshi biladi, unga hamma fanni birdek o‘rgatishni to‘xtatib, qiziqish sohasiga urg‘u qaratish lozim.

«Rayono» va «oblono» siz uchun prokuror. Bu ikki tashkilotni yo‘q qilishni istayapman, maktablarning o‘zi «rayono» va «oblono» bo‘lishlaring kerak. O‘rtadagi boshqa pog‘onalar nimaga kerak? Ular bo‘lgani uchun o‘qituvchi qadam qo‘ya olmaydi. Buni sindiradigan vaqt keldi.

Tartib kerak albatta, ammo buning uchun vazirlik bor. Bizda hamon eski tizim saqlanib qolmoqda. Maktab aslida «gorono»ga xo‘jayinlik qilishi kerak.

Biz eski tizimga moyillik qilamiz, «Rayono» nima desa shuni qilamiz. Zamon o‘zgarmoqda, kechirasizu, qishloq xo‘jaligida paxtaga tizim o‘zgartirdik. Endi paxta ham, tizim ham ishlamoqda.

Qachon qishloq xo‘jaligida ikki millard dollarlik eksport bo‘lar edi? Endi mana tekstil ishlamoqda, boshqa ishlab chiqarish bor»

, — dedi Prezident.

Mavzuga doir:
Xalq ta’limi vazirining Prezident murojaatnomasiga munosabati

2023 yilda xalq ta’limi tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Xalq ta’limi tizimida qanday kamchiliklar bor?


⚡️Сегодня состоялось большое совещание по системе народного образования с участием Президента Шавката Мирзиёева. Президент ознакомился с выставкой-презентацией, посвященной повышению качества образования и внедрению учебников нового поколения в Международном конгресс-центре, и рассказал о реформах в сфере.

«С 1 января в 14 регионах будут преподавать новые учебники на основе опыта», — Шавкат Мирзиёев

В то же время Президент Шавкат Мирзиёев рассказывает о реформах в сфере образования в Международном конгресс-центре. Глава нашего государства рассказал о работе, проделанной в школах за последние годы.

«За последние 5 лет мы построили тысячи школ. Мы организовали 7 миллионов компьютерных классов. На такие работы мы дали 14 трлн. Это большие деньги для нашей нынешней ситуации. Но стоит отдать за образование. Это наше будущее»

, — сказал глава государства.

Шавкат Мирзиёев сообщил, что с 1 января в 14 регионах на основе опыта будут преподавать новые учебники.

«На следующем этапе разработаем учебники для 5-11 классов. Как говорится в петиции, каждый выпускник школы должен знать два языка и изучать одну профессию. Сейчас в школах 22 предмета. Теперь нам предстоит обучать молодежь творческим направлениям. Нам нужно пересмотреть как предметы, так и часы занятий».

, — сказал Президент.

«Возможно, мы уменьшим некоторые предметы и увеличим современные предметы. Мы почему-то боимся порезов.

Если наука отстает от современности, какой смысл ее сохранять? Ни один выпускник из 842 школ из 10 000 не смог поступить в высшее учебное заведение. Как это оценить?

Мы должны отказаться от идеи, что «дети испортились». Давайте зададим себе вопрос — что мы сделали, чтобы они стали лучше?! Ведь они наши дети.

Вместе с вами мы должны думать о будущем Узбекистана»

, — Шавкат Мирзиёев.

Справедливо, что в образовании изменилось настроение учителя, — Шавкат Мирзиёев

Президент рассказал об инициативах в Новом Узбекистане, особенно об образовательных реформах, которые пытаются дойти до отдаленных районов.

— В первую очередь нужно поднять репутацию учителя. Надо ли говорить, что в 20 лет мы не обращали внимания на учителей. Кто от этого проиграл? Конечно, мы.

Когда я ездил в Навои, у меня была встреча с молодежью. Я спросил их: «Что вас беспокоит?» Они не могли ответить. Я сам ответил на вопрос: «Есть ли трудности в использовании нового оборудования и инструментов на предприятиях?», а молодой человек ответил, что «мне не хватает знаний». Это также верно

, — сказал президент.

Глава государства также рассказал о том, что все доверяют своих детей учителю.

— Это справедливый факт, что настроение учителя и преподавание изменились за последние годы. Я сам научился,Я знаю это поле. Больно выполнять шесть направлений, упомянутых в обращении, направленном в Олий Мажлис. Но если мы сегодня не будем бороться, завтра не будет результата

– добавил Шавкат Мирзиёев.

«Пока мы не изменим отношение родителей, пока не повысим их ответственность за детей, мы ничего не сможем добиться»…

«Мы должны уделять серьезное внимание образованию и каждый день работать над собой. Вот пример — репетитор учит наших детей языку за год. И если школа не сможет учить даже через 10 лет, эта ситуация должна заставить нас задуматься».

, — Шавкат Мирзиёев.

«Мы повысили вам зарплату, но не будем останавливаться на достигнутом. Мы увеличим его снова, как только у нас будет возможность», — Шавкат Мирзиёев.

На совещании, посвященном повышению качества образования в Международном конгресс-центре, Президент также затронул вопрос заработной платы учителей и сообщил, что зарплаты учителей уже повышены и будут снова повышены, как только появится возможность. .

Для справки, с 2018 года по настоящее время заработная плата учителей повышена в 2 этапа. Если раньше средняя заработная плата учителя составляла около 1,4 млн сумов, то сейчас она увеличилась в 1,5 раза и достигла в среднем 2,6 млн сумов.

По данным Госкомстата, самую низкую заработную плату в настоящее время получают работники сферы образования.

«Отношение родителей к учителям должно измениться» — Шавкат Мирзиёев

«Мы не можем сделать достаточно с родителями. Так что их отношение к школе и учителю изменится. Я много изучаю реформы в Южной Корее. Они были бедной страной в очень тяжелом положении 50-60 лет назад.

Сегодня маленькая страна без золота, без меди и без нефти вошла в первую десятку по уровню экономики. Это абсолютный лидер в области современных технологий. Они тоже прошли через трудные времена. Если ученик не ходит в школу, в дверь стучат и объясняют: «Вы делаете что-то против общества». К сожалению, мы не можем так работать.

Вот как мы должны работать в сотрудничестве с соседями. Как мы можем помочь, когда родители не нуждаются в образовании своего ребенка? Родителям нужен доход, но на первом месте должны быть образование и воспитание детей».

— обратился президент к участникам мероприятия.

❗️Президент раскритиковал районные и областные отделы народного образования

«Мы хотим сделать всех математиками, но это невозможно. По меньшей мере 10 процентов детей хотят быть математиками. Мы должны научиться учить в соответствии с желаниями и потребностями ребенка. Ребенок хорошо знает, что ему интересно, необходимо перестать учить его всем предметам одинаково и сосредоточиться на интересующей его области.

«Районо» и «облоно» вам прокуроры. Я хочу уничтожить эти две организации, сами школы должны быть «районо» и «облоно». Для чего нужны другие шаги посередине? Из-за них учитель не может ступить. Пришло время сломать его.Конечно, нужен порядок, но для этого есть министерство. У нас до сих пор старая система. На самом деле в школе должен быть мастер «гороно».

Мы склоняемся к старой системе, делаем то, что говорит «Районо». Времена меняются, извините, мы поменяли систему на хлопок в сельском хозяйстве. Теперь и хлопок, и система работают.

Когда будет двухмиллиардный экспорт в сельском хозяйстве? Сейчас работает текстиль, есть другое производство»

, — сказал Президент.

Предмет:
Реакция министра народного просвещения на обращение президента

Какие изменения произойдут в системе народного образования в 2023 году?

В чем недостатки системы народного образования?

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: