14-sentabr qancha maktablar an’anaviy o’qishni boshlashi ma’lum qilindi

14-sentabr qancha maktablar an’anaviy o’qishni boshlashi ma’lum qilindi
Telegramda o'qish

14-sentabr kuni 2635 ta maktabda an’anaviy shaklda dars jarayoni boshlanadi.

7 sentabr kunidan e’tiboran ochilgan maktablarni hisoblaganda 14 sentabr kuni ochiladigan jami maktablar soni 2635 tani tashkil qiladi.
Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi rasmiy kanalida ma’lum qilindi.

Avval xabar berilganidek Respublikadagi qolgan maktablar oktabr oyiga qadar individual tarzda joylardagi haqiqiy holat hamda sog‘liqni saqlash tizimi xulosalariga muvofiq faqatgina Mahalliy Kengash deputatlari ruxsatidan so‘ng qabul qilinadi.

Bunday qaror hududdagi epidemiologik vaziyat, o‘qituvchilarda aniqlangan koronavirus ko‘rsatkichi, hududdagi sog‘liqni saqlash tizimining vaziyatga tayyorligidan kelib chiqib qabul qilinadi.

Bunda har har bir hudud individual tarzda yondashayotganligini ham alohida qayd etish mumkin. Aytaylik, Navoiy viloyatidagi ba’zi maktablarda dastlabki haftalarda asosan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari an’anaviy ta’lim shakliga jalb qilinmoqda, boshqa viloyatlarda esa maktabning har bir sinfi turli vaqtda va navbatda o‘qishni tashkil qilmoqda.

Har bir viloyat va tuman kesimida faoliyati tiklanayotgan maktablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishliligi bo‘yicha hokimliklar va tuman xalq ta’limi bo‘limlari rasmiy internet tarmoqlarida e’lon qilinishi belgilangan. Shu bilan birgalikda, maktablar sinf rahbarlari orqali ota-onalarni xabardor qiladilar.

Eslatib o‘tamiz, maktabi faoliyatini tiklamagan o‘quvchilarning ta’lim olishi “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali ta’minlanadi.

Onlayn maktab loyihasi doirasida darslar jadvali kunlik ravishda e’lon qilib boriladi.

Fursatdan foydalanib, ota-onalardan mazkur jarayonga mas’uliyat bilan yondoshishlarini, an’anaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilishni, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini so‘rab qolamiz.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: