II chorakdan maktablarda an’anaviy ta’lim majburiy bo‘ladimi?

II chorakdan maktablarda an'anaviy ta’lim majburiy bo‘ladimi?

Bugun ota-onalar tomonidan II chorakdan barcha o‘quvchilar to‘liq an’anaviy shakldagi ta’limga qaytadimi degan savollar kelib tushmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi mazkur savollar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ma’lumki maktablarda joriy o‘quv yili ota-onalarning ixtiyori asosida onlayn hamda an’anaviy shaklda yo‘lga qo‘yildi. Biroq afsuski, bugungi kunda mavjud vaziyatni to‘g‘ri tushunmasdan, ayrim ota-onalar tomonidan farzandini maktabga yubormaslik bilan birga, “Onlayn darslar” vaqtida farzandini dars qilishini ta’minlash o‘rniga, ko‘chada yurishiga yo‘l qo‘yayotgan yoki uni boshqa ishlar bilan band qilib qo‘yish holatlari kuzatilmoqda.

Aytish joizki, farzandlarimizning zoye o‘tayotgan har bir kuni uning ertangi kelajagiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi, bolaning maktabda ta’lim olishini hech qanday eng zamonaviy texnologiyalar bilan ham o‘rnini bosib bo‘lmaydi.

Shu sababli hurmatli ota-onalarimizdan, uyda bolaning televideniye orqali onlayn ta’lim olishiga to‘laqonli sharoit yaratishning imkoni bo‘lmasa, farzandlarini maktabga yuborishlarini so‘rab qolamiz.

Bugungi kunda Respublikamizdagi 10008 ta maktablarning deyarli hammasida an’anaviy ta’lim olish imkoniyati yaratilgan. O‘quvchilardan 4,6 mln. nafari, ya’ni 74% an’anaviy, qolgan 1,6 mln nafari, ya’ni 26% onlayn shaklda tahsil olmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarning ta’lim shakli to‘liq an’anaviyga o‘tish bo‘yicha qaror qabul qilingan taqdirda vazirlikning rasmiy manbalari orqali ma’lumot beradi.

Eslatib o‘tamiz, onlayn ta’lim shakli to‘liq bekor qilingan taqdirda ham “Onlayn maktab” loyihasi doimiy ravishda davom ettirilishi ko‘zda tutilgan, bu o‘z navbatida chekka hududlardagi o‘quvchilarga sifatli qo‘shimcha ta’lim olish uchun imkoniyat yaratadi.


Сегодня родители задаются вопросом, все ли ученики вернутся к полноценному традиционному обучению со второй четверти.

Министерство народного просвещения сообщает следующее по этим вопросам:

Известно, что текущий учебный год в школах организуется на усмотрение родителей как онлайн, так и в традиционной форме. К сожалению, не понимая сложившейся ситуации, некоторые родители не отправляют своих детей в школу, а вместо того, чтобы следить за тем, чтобы их дети учились на «онлайн-классах», разрешают им гулять на улице или занимать его другими делами.

Следует отметить, что каждый день, проведенный нашими детьми, негативно сказывается на их будущем, и даже самые современные технологии не могут заменить обучение ребенка в школе.

Поэтому мы просим наших родителей отдавать своих детей в школу, если нет возможности создать полноценные условия для получения их детьми онлайн-образования дома через телевидение.

Сегодня почти все из 1008 школ страны имеют доступ к традиционному образованию. 4,6 миллиона студентов 74% учатся традиционно, а остальные 1,6 миллиона, или 26%, учатся онлайн.

Министерство народного образования предоставит информацию через официальные источники министерства, если будет принято решение о переходе на полностью традиционную форму обучения учащихся.

Следует отметить, что даже в случае полной отмены формы онлайн-обучения проект «Онлайн-школа» будет продолжен, что в свою очередь позволит обеспечить учащихся в отдаленных районах качественным дополнительным образованием.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: