Sh.Shermatov: Maktablar ochilishi bo‘yicha qarorni mahalliy deputatlar qabul qiladi

Sh.Shermatov: Maktablar ochilishi bo‘yicha qarorni mahalliy deputatlar qabul qiladi

Maktablar ochilishi bo‘yicha qarorni faqatgina Mahalliy Kengash deputatlari maktablarning haqiqiy tayyorligi, hududdagi sanitariya-epidemiologik holat va sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatidan kelib chiqib qabul qiladi.

Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov o‘z rasmiy sahifasida aytib o‘tdi.
Prezidentimiz tomonidan o‘tgan yillarda olib borilayotgan asosiy islohotlardan biri bu bosqichma-bosqich Mahalliy Kengashlar vakolatini oshirib borishdir. Ular hozirgi kunda mahalliy byudjetni ham qaysi yo‘nalishda ishlatishni belgilab beradilar (avvallari deyarli mahalliy byudjetda mablag‘ bo‘lmagan edi).

Mahalliy deputatlar maktab ochishdan avval uni pirometr, dozator (yoki pulverizator), antiseptik va dezinfeksiya vositalari bilan taʼminlash uchun mablag‘lar ajratilgani, maktablarga yetarli vositalar yetkazib berilganiga ishonch hosil qilganidan so‘nggina Kengashda ushbu maktab faoliyatini boshlash bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin.

Maktab sanitariya talablariga javob bermasa yoki o‘sha hududda sanitariya-epidemiologik holat yaxshi bo‘lmasa yoki sog‘liqni saqlash tizimi kasallanganlar soni ortishiga bardosh bera olmasligini bilishsa, Mahalliy Kengash aynan o‘sha maktabni ochmaslik bo‘yicha ham qaror qabul qilishi mumkin. Unday holatda o‘quvchilar yaqinroqda boshqa ochilgan maktab binosida yoki 14 sentyabrda yangi o‘quv yili darslari boshlanganida teledarslar orqali masofaviy taʼlim olishlari mumkin bo‘ladi.

Albatta, mahalliy byudjetda mablag‘lar yetarli bo‘lmagan sharoitda, qaysidir boshqa harajatlarni qisqartirib, uni bu yo‘nalishlarga sarflash bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati ham aynan Mahalliy Kengashlarda. Masalan, tuman markazini obodonlashtirish uchun mablag‘ ajratish muhimmi yoki maktablarga antiseptik vositalarni sotib olib berishmi degan savolga Mahalliy Kengash deputatlari javob topishlariga to‘g‘ri keladi. Mabodo qaysidir joylarda mablag‘ ajratilmasdan, majburiyatni maktab jamoasiga yuklab qo‘yilish holatlari bo‘lsa, unday holatlarni Mahalliy Kengash deputatlarimiz tomonidan tanqidiy o‘rganib chiqilishi maqsadga muvofiq.

Aynan har bir maktab holati, joydagi epidemiologik vaziyat va sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatlarini o‘rganib chiqib, faqatgina Mahalliy Kengashlar haqiqiy holatdan kelib chiqibgina qaror qabul qilishi zarurligi Prezidentimiz tomonidan alohida taʼkidlab o‘tilgan edi.

Markazdan turib, hamma maktablar falon kuni ochiladi deb hech kim aytmaydi!

Ikkinchi tomondan, barcha sanitariya talablariga rioya etilgan taqdirda ham maktabda koronavirus yuqmaydi deb ham hech kim kafolat berolmaydi. Bunga Germaniya, Koreya kabi davlatlarda anchagina maktablar virus tarqalgani sababli qaytadan yopilganini misol qilib keltirsa bo‘ladi. Ularda nafaqat moddiy imkoniyatlari yuqori, balki jamoat joylarida aholini o‘zini tartibli tutishi biznikilardan ko‘ra ancha yaxshi ekanligini ham tan olish kerak (misol sifatida ulardagi va bizdagi odamlarni navbatda qanday turish madaniyatini kuzatishingiz mumkin).

Shuningdek, farzandini anʼanaviy ko‘rinishdagi maktabga yuborish yoki uyda teledarslar orqali o‘qitish haqidagi qarorni faqatgina ota-onalar o‘zlari qabul qilishlari muhimligi ham bir necha bor taʼkidlab o‘tildi. Bu masalada hech kimni majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi.


Решение об открытии школ будет приниматься только депутатами Местного Совета на основании фактической готовности школ, санитарно-эпидемиологической обстановки в районе и возможностей системы здравоохранения.

Об этом на своем официальном сайте сообщил министр народного просвещения Ш. Шерматов.
Одной из главных реформ, проведенных Президентом за последние годы, является постепенное увеличение полномочий местных советов. Они теперь определяют, на что будет расходоваться местный бюджет (раньше денег в местном бюджете почти не было).

До открытия школы местные депутаты могут принять решение об открытии школы только после того, как удостоверятся в том, что школа обеспечена пирометрами, дозаторами (или пульверизаторами), антисептиками и дезинфицирующими средствами, а школы надлежащим образом оснащены.

В случае несоответствия школы санитарным требованиям или неудовлетворительной санитарно-эпидемиологической ситуации в районе либо неспособности системы здравоохранения справиться с ростом числа больных местный совет может принять решение об отказе в открытии такой же школы. В этом случае учащиеся смогут получать дистанционное обучение через телеуроки в другом здании школы, которое вскоре откроется, либо в начале нового учебного года 14 сентября.

Конечно, при недостатке средств в местном бюджете именно местные советы имеют право урезать некоторые другие расходы и направлять их по этим направлениям. К примеру, депутаты местных советов должны будут ответить на вопрос, важно ли выделить средства на благоустройство райцентра или закупить антисептики для школ. Если где-то есть случаи, когда на школьное сообщество возлагается обязанность без выделения средств, целесообразно, чтобы наши депутаты критически рассмотрели такие случаи.

Президент подчеркнул необходимость изучения ситуации в каждой школе, эпидемиологической ситуации на местах и ​​возможностей системы здравоохранения, и принимать решения только на основе фактического положения местных кенешей.

Из центра никто не говорит, что все школы откроются в такой-то день!

С другой стороны, никто не может гарантировать, что школа не будет заражена коронавирусом даже при соблюдении всех санитарных требований. В Германии и Корее, например, многие школы снова закрылись из-за вируса. Мало того, что у них лучше финансовые возможности, так еще и приходится признать, что люди в общественных местах ведут себя лучше, чем мы (например, можно наблюдать культуру того, как люди в них и в нас стоят в очереди).

Также неоднократно подчеркивалось, что решение отдать ребенка в традиционную школу или обучать дома по телевидению должны принимать только сами родители. Никто не может подвергаться произвольному вмешательству в его частную жизнь, семью, жилище или переписку, а также посягательствам на его честь и репутацию.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: