Toshkent shahriga propiskaga kirish bo’yicha maslahatlar

Toshkent shahriga propiskaga kirish bo’yicha maslahatlar
Telegramda o'qish

Mashhur huquqshunosdan Toshkent shahrida doimiy yashash uchun ro’yhatdan o’tish bo’yicha ayrim maslahatlar.

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o’z Telegram kanalida propiska bo’yicha maslahat va mulohazalari bilan o’rtoqlashdi.

– Toshkentda 1-band bilan propiskaga kirganlar ota-onasini, farzandlarini yoki nabiralarini 2-band bilan propiskaga olib kira oladi. Ushbu yaqin qarindoshlarning voyaga yetgan yoki yetmaganligi, oilasi bor yoki yo’qligi mutlaqo ahamiyatga ega emas.
Agar pasport stoldagilar bu mumkin emas deyishsa, ishonmang. Ular noqonuniy talabni aytishmoqda. Bunday vaziyatda mana bu yerda ko’rsatilgan ishlarni qiling.
– 2, 5, 9-11-bandlar bilan propiskaga kirib, o’z nomiga uy sotib olgan fuqarolarning propiskasi 1-bandga o’tkaziladi. Ancha avval yuqoridagi bandlar bilan propiskaga kirib, nomiga uy olib qo’yganlar, Sizlar ham hafsala qilib, 1-bandga o’tkazib qo’ying, foydasi bor. Buning uchun pasport stolga borib, propiskani 1-bandga o’tkazish to’g’risida ariza qoldiring. Ular rad qilishga haqli emas;
– Toshkentdan yangi uy sotib olganlar 1-band bilan propiska qilinadi, buni bilasiz. O’sha yangi uyni bir necha kishi qo’shilib sotib olsa, ularning barchasi (qarindosh bo’lish shart emas) 1-band bilan propiska qilinadi. To’lanadigan 5%lik davlat boji ham barchaga teng bo’linadi, hamma alohida 5%dan to’lamaydi. SHu sababli bir o’zi uy olishga qurbi yetmayotganlar ishonchli insonlar bilan qo’shilgan holda yangi uy sotib olishlari va barchasi birgalikda propiskaga kirishlari mumkin. Keyinchalik ular ikkilamchi bozordan arzonroq uy sotib olishlari mumkin bo’ladi.
SHuningdek, o’z nomiga yangi uy olayotganlar ota-onasini, aka-ukasini yoki turmush o’rtog’ini uy sotib oluvchilar safiga qo’shib qo’yishsa, ular ham 1-band bilan propiskaga kirishadi.
– 11-band bilan (ishxona orqali) propiskaga kirganlar agar o’sha tashkilotda ishlayotganiga 3 yil to’lgan bo’lsa, propiskaga kirganiga qancha vaqt bo’lganidan qat’i nazar nomiga uy sotib olishlari mumkin. Masalan, 3 yildan ortiq o’sha tashkilotda ishlayotgan xodim bugun propiskaga kirsa, bugunoq nomiga uy sotib olishi mumkin. Uy albatta yangi bo’lishi shart emas, ikkilamchi bozordan ham mumkin.
Uy sotib olgach esa, o’sha xodim 1-band bilan propiskaga o’tadi. Bundan asosiy foyda shuki, 11-band vaqtinchalik propiskaga o’xshagan narsa, ishdan ketgach, propiska ham ketadi. Boz ustiga 11-band bilan kirganlar ota-onasi, oilasi bor farzandlarini propiskaga olib kira olmaydi. 1-band esa doimiy hamda to’g’ri shajara bo’yicha yaqin qarindoshlarini bemalol propiskaga olib kira oladi;
– 11-band bilan propiskaga kirganlar agar propiskaga kiritish huquqiga ega 90 ga yaqin tashkilotlardan biriga ishga o’tsa, unda propiskasi avtomatik «ko’chib o’tadi». YAngi tashkilotining rahbaridan yana tavsiyanoma olishi shart emas. Agar boshqa joyga ishga o’tsa, unda propiskasi bekor bo’ladi.
– Aka-ukani qanday qilib propiskaga olib kirish mumkin? Qonunchilik bo’yicha aka-ukalarni propiskaga olib kirib bo’lmaydi. Lekin buning yo’li bor. Faqat ko’p vaqt ketadi.
Masalan, 11-band bilan propiskaga kirgan shaxs misolida ko’rib chiqamiz. Eng avvalo shaxs 1-band bilan propiskaga o’tishi kerak, ya’ni nomiga uy sotib olishi kerak. SHundan so’ng, u ota-onasini 2-band bilan olib kiradi. So’ng 3 yil kutish kerak. 3 yildan keyin ota-onasida uy sotib olish huquqi paydo bo’ladi. Ulardan biri yana boshqa uy yoki farzandining o’sha uyini sotib oladi (hadya mumkin emas). Shundan keyin uy sotib olgan ota-ona 1-band bilan propiskaga kiradi. Ana shundan keyingina ular boshqa farzandlarini (biz misolida ko’rayotgan shaxsning aka-uka yoki opa-singillarini) 2-band bilan propiska olib kira oladi.
Xullas, mana shunaqa chidab bo’lmas darajada byurokratiyadan o’tish kerak.
Ammo ming afsuski, Ichki ishlar vazirligi propiskani takomillashtirish nomi bilan ushbu tartibga taqiq qo’ymoqchi. YA’ni 2-band bilan kirganlar uy sotib olsa ham 1-bandga o’tmasligini qonunchilikka taklif qilishgan. Bu esa amaliyotda aka-ukalarni propiskaga olib kirish imkoniyatini to’liqligicha cheklaydi.
«Lazeykashunos»larga salomlar!


Вот несколько советов от известного юриста, как зарегистрироваться на ПМЖ в Ташкенте.

Хушнудбек Худойбердиев, юрист и блогер, поделился своими советами и комментариями по поводу прописки в своем Telegram-канале.

— Те, кто прописаны в Ташкенте по п.1, могут привести своих родителей, детей или внуков на прописку по п.2. Неважно, взрослые эти близкие родственники или нет, у них есть семья.
Если люди на паспортном столе говорят, что это невозможно, не верьте. Они предъявляют незаконные требования. В этом случае сделайте следующее.
— Регистрация граждан, вступивших в прописку по пунктам 2, 5, 9-11 и купивших жилье на свое имя, будет переведена в пункт 1. Те, кто уже зарегистрировался с вышеуказанными пунктами и купил дом на свое имя, вы тоже разочарованы и переходите к пункту 1, это полезно. Для этого необходимо обратиться в паспортный стол и подать заявление о переносе регистрации в пункт 1. Они не имеют права отказать;
— Те, кто купил новый дом в Ташкенте, будут поставлены на учет по 1-му пункту, знаете ли. Если один и тот же новый дом покупают несколько человек вместе, то все они (не обязательно родственники) будут зарегистрированы по пункту 1. Госпошлина в размере 5% тоже делится поровну, не все платят индивидуальные 5%. Поэтому те, кто не может позволить себе купить дом самостоятельно, могут купить новый дом вместе с проверенными людьми и получить прописку вместе. Тогда они могут купить более дешевый дом на вторичном рынке.
Также те, кто покупает новый дом на свое имя, если они добавляют своих родителей, братьев, сестер или супруга в список покупателей жилья, также входят в прописку с 1-м пунктом.
— Те, кто зарегистрирован по п.11 (через предприятие), могут купить дом на свое имя вне зависимости от того, как давно они зарегистрированы, если они работают в одной организации 3 года. Например, сотрудник, проработавший в одной и той же организации более 3 лет, может сегодня зарегистрироваться и купить дом на свое имя уже сегодня. Дом не обязательно должен быть новым, но его можно найти на вторичном рынке.
А когда вы покупаете дом, этот работник идет на прописку с 1-м баллом. Основным преимуществом этого является то, что аналогично временной прописке пункта 11 прописка исчезает после выхода на пенсию. Кроме того, те, кто въезжает по пункту 11, не могут привести с собой на прописку родителей или детей. Пункт 1, с другой стороны, позволяет близкому родственнику иметь постоянное и правильное генеалогическое древо;
— Те, кто зарегистрирован по пункту 11, если они работают в одной из 90 организаций, имеющих право на регистрацию, то регистрация будет «перенесена» автоматически. Еще одну рекомендацию от руководителя новой организации получать не обязательно. Если он переедет в другое место, его регистрация будет аннулирована.
— Как вывести брата на прописку? По закону братья и сестры не могут быть зарегистрированы. Но есть способ. Только это занимает много времени.
Например, рассмотрим случай человека, зарегистрированного по пункту 11. В первую очередь человек должен зарегистрироваться по 1-му пункту, то есть купить дом на свое имя. После этого он приводит своих родителей со 2-й группой. Тогда нам придется ждать 3 года. Через 3 года родители имеют право купить дом. Один из них покупает еще один дом или такой же дом для своего ребенка (без подарка). После этого родитель, купивший дом, входит в прописку с 1-м пунктом. Только после этого они могут привести других своих детей (братьев или сестер человека, которого мы видим в примере) на прописку по пункту 2.
Итак, нам предстоит пройти через эту невыносимую бюрократию.
К сожалению, МВД намерено запретить эту процедуру во имя улучшения прописки. Те, кто вступил в МС по пункту 2, предлагали не переносить закон на пункт 1, даже если они покупают дом. На практике это полностью ограничивает возможность регистрации братьев и сестер.
Привет Лазейкашуносу!

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: