Televizion darslarni suratga olish davom ettiriladi

Televizion darslarni suratga olish davom ettiriladi

Xalq ta’limi tizimida onlayn ta’lim berish faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli e’lon qilingan karantindan keyin o‘quvchilarni bilim olishi uchun Online-maktab loyihasi doirasida 3 ta telekanal orqali videodarslar namoyish etildi.

Ikki yarim oy davomida 3900 dan ziyod videodarslar tasvirga olindi va efirga uzatildi.

Mazkur loyihani yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida onlayn ta’lim berish faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi va regulation.gov.uz saytiga muhokama uchun e’lon qilindi.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi rasmiy saytida e’lon qilindi

Qaror loyihasiga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida televizion videodarslar namoyish etilgan uchta telekanaldan “Online-maktab” loyihasini davom ettirish maqsadida foydalaniladi va yanada takomillashtiriladi.

Online-maktab loyihasi doirasida 2020 yil 1 avgustdan boshlab, 2020/2021 o‘quv yili uchun televizion videodarslarni tasvirga olishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida televizion videodarslar har o‘quv yili davomida efirda namoyish etib boriladi.

Online-maktab loyihasi doirasida jalb etiladigan o‘qituvchilarga har bir televizion videodars va videomashg‘ulotlar uchun (asosiy ish haqidan tashqari) bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida, muharrir va surdopedagoglarga har bir ishlagan kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lash taklif etilmoqda.

Online-maktab loyihasining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilanmoqda:

umumiy o‘rta ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish tizimini takomillashtirish;

televizion videodarslar tayyorlash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalardan foydalanish;

umumiy o‘rta ta’lim tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish;

o‘quvchilar va o‘qituvchilarni xalqaro baholash dasturlari va tadqiqotlarga (PISA — 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash, PIRLS — boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash, TIMSS – 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash, TALIS — rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish va boshqa) tayyorgarligini kuchaytirish;

barcha umumta’lim fanlari, birinchi navbatda STEAM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika) (keyingi o‘rinlarda — STEAM) fanlarining o‘qitish sifatini oshirish;

o‘quvchilarda ijodiy va tanqidiy fikrlash, axborotlarni tahlil qilish, yetakchilik, kommunikativlik, hamkorlikda ishlash, muammolarni yechish kabi XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;

o‘quvchilarga o‘quv materiallarini chuqur o‘rganishga va takrorlashga imkoniyat yaratish;

bosqichma-bosqich fanlar va sinflar kesimida barcha mavzular bo‘yicha videodarslar bazasini yaratish;

etakchi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, oliy o‘quv yurtlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy va metodik salohiyatlaridan foydalanish orqali ta’lim berish sifatini oshirish.

Online-maktab loyihasi doirasida darslarni tasvirga olishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi murakkab bo‘lgan mavzularni kengroq ochib berish;

amaliy mashg‘ulotlar va virtual laboratoriyalarni namoyish qilish;

darslik va o‘quv dasturlariga qo‘shimcha tarzda qiziqarli va foydali ma’lumotlarni berib borish;

o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish;

o‘qituvchilar tomonidan ilg‘or xorijiy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;

televizion videodarslarni o‘zbek, rus va ayrim fanlardan ingliz tilida namoyish qilinishini tashkil etish choralarini ko‘rish.

2020 yil 1 sentyabrga qadar televizion videodarslardan foydalanishda o‘quvchi, o‘qituvchi va ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida www.maktab.uz platformasi yaratiladi va umumta’lim muassasalar tizimida yagona markazlashgan virtual (onlayn) maktab sifatida tatbiq etiladi.

Maktab.uz platformasida o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadigan zamonaviy mexanizmlar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

O‘quvchilarning bilim salohiyati, o‘zlashtirilmagan darslarni aniqlaydigan testlar ishlab chiqilib, ular asosida o‘quvchilarga yordamchi o‘quv darslarini, tematik o‘yinlarni tavsiya etadigan va ota-onalar hamda o‘qituvchilarga bolaning bilim olish jarayonidagi mavjud kamchiliklari haqida xabar beradigan tizim yo‘lga qo‘yiladi.

O‘quvchilarning onlayn ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish maqsadida tegishli telekanallar va maktab.uz portalida bolalar viktorinalarini tashkil etish taklif etilmoqda.

Maktab.uz portalini rivojlantirish maqsadida mazkur portalni mobil aloqa operatorlari tomonidan doimiy ravishda beg‘araz targ‘ibot ishlari (mijozlarga SMS xabarlar orqali va qo‘shimcha xizmat tariqasida) olib borish taklif etilmoqda.

O‘quvchilarni geografiya, texnologiya, fizika, kimyo, biologiya, zoologiya, jahon tarixi va boshqa fanlarga qiziqishini yanada oshirish maqsadida Discovery, National Geographic va BBC kabi xorijiy media-korporasiyalar bilan hamkorlikda, ularning hujjatli ilmiy-ma’rifiy filmlarini o‘zbek va rus tillariga tarjima qilinib, Online-maktab kanallarida efirga uzatilishini hamda maktab.uz portaliga bosqichma-bosqich integrasiya qilish ishlarini amalga oshiradi.

O‘quvchilarni yurtimiz tarixi, tarixiy obidalari, yer osti tabiiy boyliklari, ularning topilish tarixi va qayta ishlaydigan milliy zavodlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ular haqidagi zamonaviy hujjatli filmlarni ishlab chiqib, Online-maktab telekanallari orqali efirga uzatish ishlarini tashkil etish rejalashtirilgan.


Обсужден проект постановления о дальнейшем совершенствовании деятельности онлайн-образования в системе народного образования.
После объявленного в нашей стране карантина из-за пандемии коронавируса видеоуроки были показаны на 3-х телеканалах в рамках проекта «Онлайн-школа» по обучению школьников.
За два с половиной месяца было снято и показано в эфире более 3900 видеоуроков.
В целях дальнейшего совершенствования данного проекта разработан и опубликован для обсуждения на сайте regulation.gov.uz проект постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан «О дальнейшем совершенствовании деятельности онлайн-образования в системе народного образования». .
сообщается на официальном сайте Министерства народного образования.
Согласно проекту постановления, в период пандемии коронавируса для продолжения и совершенствования проекта «Онлайн-школа» будут задействованы три телеканала.
В рамках проекта «Онлайн-школа» с 1 августа 2020 года планируется начать съемку телевизионных видеоуроков на 2020/2021 учебный год.
В рамках проекта каждый учебный год будут транслироваться телевизионные видеоуроки.
Учителя, участвующие в проекте онлайн-школы, будут получать дополнительную плату в размере 25 процентов от базовой суммы за каждый телевизионный видеоурок и видеоуроки (за исключением основной работы), а редакторы и сурдопедагоги получат дополнительную плату в размере 50 процентов от базовой суммы. сумма за каждый день работы.оплата предлагается.
Основными задачами проекта онлайн-школы являются:
совершенствование системы дистанционного обучения в системе общего среднего образования;
использование передового мирового опыта при подготовке телевизионных видеоуроков;
широкое внедрение информационно-коммуникационных технологий в систему общего среднего образования;
международные оценочные программы и исследования для учащихся и учителей (PISA — оценка чтения, математической и естественнонаучной грамотности 15-летних школьников, PIRLS — чтение текста учащимися 4-х классов начальных классов и оценка уровня понимания, TIMSS — оценка уровня овладения учащимися 4 и 8 классов по математике и естественным наукам, ТАЛИС — обучение и подготовка руководителей и учителей общего среднего образования изучение среды и условий труда учителей и др.) повышение квалификации;
повышение качества преподавания всех общеобразовательных предметов, в первую очередь STEAM (естествознания, техники, техники, искусства и математики) (далее — STEAM);
формирование и развитие у студентов XXI века таких навыков, как творческое и критическое мышление, анализ информации, лидерство, общение, сотрудничество, решение проблем;
предоставление студентам возможности изучать и просматривать углубленные учебные материалы;
пошаговое создание базы видеоуроков по всем темам в области науки и занятий;
Повышение качества образования за счет использования научно-методического потенциала ведущих общеобразовательных учреждений, вузов и других образовательных учреждений.
В рамках проекта онлайн-школы особое внимание будет уделено следующему:
предоставить больше информации по темам, которые учащимся сложно освоить;
практическое обучение и демонстрация виртуальных лабораторий;
предоставлять интересную и полезную информацию в дополнение к учебникам и программам;
профориентация студентов;
организация эффективного использования педагогами передовых зарубежных педагогических и информационно-коммуникационных технологий;
принять меры по организации трансляции телевизионных видеоуроков на узбекском, русском и некоторых предметах на английском языке.
www.maktab.uz для облегчения использования телевизионных видеоуроков учащимися, учителями и родителями, и будет реализована как единая централизованная виртуальная (онлайн) школа в системе общего образования учреждения.
Планируется разработка современных механизмов стимулирования интереса студентов к обучению на платформе Maktab.uz.
Разработана система выявления учебного потенциала учащихся, неосвоенных уроков, на основании чего будет создана система помощи учащимся, тематических игр и информирования родителей и педагогов об имеющихся недостатках в процессе обучения ребенка.
В целях стимулирования интереса учащихся к онлайн-образованию предлагается организовать детские викторины на профильных телеканалах и портале maktab.uz.
В целях развития портала Maktab.uz предлагается операторам мобильной связи на постоянной основе проводить недискриминационную адвокационную работу (через смс клиентам и в качестве дополнительной услуги).
В целях повышения интереса школьников к географии, технике, физике, химии, биологии, зоологии, всемирной истории и другим наукам в сотрудничестве с зарубежными медиа-корпорациями, такими как Discovery, National Geographic и BBC, были показаны их документальные фильмы на узбекском и Узбекский, будет переведен на русский язык, транслироваться на школьных онлайн-каналах и постепенно интегрироваться в портал school.uz.
В целях ознакомления школьников с историей нашей страны, историческими памятниками, подземными природными ресурсами, историей их открытия и деятельностью национальных перерабатывающих предприятий планируется разработать о них современные документальные фильмы и транслировать их на школьных онлайн-каналах.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: