Maktablarda yangi o’quv yilida variativ o’quv rejalarini sinovdan o’tkazish davom ettiriladi

Maktablarda yangi o’quv yilida variativ o’quv rejalarini sinovdan o’tkazish davom ettiriladi
Telegramda o'qish

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida 2020-2021 o’quv yilida ham variativ o’quv rejalarini tajriba-sinovdan o’tkazish ishlari davom ettiriladi.

Shu bilan birga tanlov yo’nalishlari soni oshiriladi, — deya ma’lum qilindi Xalq ta’limi vazirligi rasmiy saytida.
Eslatib o’tamiz, 2019-2020 o’quv yilining uchinchi choragidan boshlab, tajriba sifatida 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o’qitila boshlandi.
Variativ o’quv rejalarini joriy qilishdan maqsad o’quvchilarning o’zi qiziqqan fanlarni chuqur o’rganishiga sharoit yaratish, maktab bitiruvchilarining oliy o’quv yurtiga kirish imtihoniga tayyorgarlik ko’rishini ta’minlash va yuqori sinflarda o’quv jarayonini kasblarga yo’naltirilgan holda tashkil etishdan iborat.
Variativ o’quv rejalarining joriy qilinishi ixtiyoriy bo’lib, maktabda tanlov sinfini tashkil etishda yuqori malakali, tajribali o’qituvchilarning mavjudligi inobatga olinadi.
Xalq ta’limi vazirining “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida variativ o’quv rejalarni tajriba-sinovdan o’tkazish to’g’risida”gi buyrug’i qabul qilindi.(Ilova)
Mazkur buyruqqa asosan 2019-2020 o’quv yilida variativ o’quv rejalari joriy etgan maktablarda yo’lga qo’yilgan tajriba-sinov yo’nalishi yangi 2020-2021 o’quv yilida ham davom etadi.
Qabul qilingan buyruqqa ko’ra, 2020-2021 o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv rejada belgilangan umumiy haftalik dars soatlari hajmi saqlanib qolinadi.
Respublika ta’lim markazi joriy yilning 1-avgustiga qadar variativ o’quv rejalar bo’yicha namunaviy taqvim-mavzu rejalarni ishlab chiqaradi.
Yangi o’quv yilida umumiy o’rta ta’lim maktabining 7-, 8- va 9-sinflarida ham tanlov sinfini tashkil etish imkoniyati yaratilmoqda. O’tgan o’quv yilida tanlov sinflari 10-11-sinflar uchun joriy etilgan edi. 7-, 8- va 9-sinflarida ham o’quvchilar vebfrilans bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Buyruq bilan tanlov sinflari yo’nalishi 5 tadan 12 taga oshirilmoqda:

birinchi yo’nalish: 10-11-sinf uchun — xorijiy til va filologiya yo’nalishi;

ikkinchi yo’nalish: 10-11-sinf uchun — moliya – iqtisod yo’nalishi;

uchinchi yo’nalish: 7-8-9-10-11-sinflar uchun — veb-frilanser (internet tarmog’i orqali mehnat daromadi olish) yo’nalishi;

to’rtinchi yo’nalish: 10-11-sinf uchun — texnologiya yo’nalishi;

beshinchi yo’nalish: 10-11-sinf uchun — tabiiy fanlar yo’nalishi;

oltinchi yo’nalish: 10-11-sinf uchun — ijtimoiy-gumanitar yo’nalish;

yettinchi yo’nalish: 10-11-sinf uchun — boshlang’ich ta’lim yo’nalishi;

sakkizinchi yo’nalish: 10-11-sinf uchun — kimyo texnologiya yo’nalishi;

to’qqizinchi yo’nalish: 10-11-sinf uchun — geografiya va geologiya yo’nalishi;

o’ninchi yo’nalish: 10-11-sinf uchun — maktabgacha ta’lim va psixologiya yo’nalishi;

o’n birinchi yo’nalish: 10-11-sinf uchun — tarix va arxeologiya yo’nalishi;

o’n ikkinchi yo’nalish: 10-11-sinf uchun — turizm yo’nalishi.

10-11-sinflarning tanlov sinfida variativ o’quv rejani tajriba-sinovdan o’tkazishda 9 ta majburiy fan o’qitiladi: ona tili va adabiyot, o’zbek tili/rus tili, chet tili, tarix, tarbiya, matematika, informatika, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik.
Tanlov fani bo’yicha qo’shimcha ajratilgan soatlarda quyidagilar amalga oshiriladi:

o’quvchilarga fanlarni chuqur o’rgatish va tegishli mavzularga doir qo’shimcha ma’lumotlar berish;

o’quvchilar bilimini mustahkamlash va mavzularni to’liq o’zlashtirilishini ta’minlash;

“Khan Academy O’zbek – Onlayn ta’lim platformasi” ta’lim resurslaridan foydalanish;

qo’shimcha adabiyotlardan misol va masalalar, testlar (DTM saytidagi namunaviy testlar) yechish;

oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilarini jalb qilish;

o’quvchilarni oliy ta’lim muassasalarining kirish imtihonlariga tayyorlash.

Tanlov fanlarini chuqur o’rgatishda darsliklardan tashqari, qo’shimcha adabiyot va manbalardan foydalanish mumkin. Bunda mualliflik o’quv dasturlaridan amaliyotda foydalanishga Respublika ta’lim markazi tomonidan ekspertizadan o’tkazilgan taqdirda ruxsat etiladi.


Пилотирование альтернативных учебных программ в общеобразовательных школах в 2020-2021 учебном году будет продолжено.

При этом количество конкурсных площадок будет увеличено, сообщается на официальном сайте Министерства народного образования.
Напомним, что с третьей четверти 2019-2020 учебного года в качестве эксперимента предметы преподавались в 10-11 классах на добровольной основе.
Цель введения альтернативных учебных программ – создать условия для углубленного изучения учащимися интересующих их предметов, обеспечить подготовку выпускников школ к вступительным экзаменам в высшие учебные заведения и сосредоточить внимание на учебном процессе в старших классах. случай.
Внедрение альтернативных учебных планов является добровольным, с учетом наличия высококвалифицированных, опытных педагогов в организации факультативного занятия в школе.
Принят приказ Министра народного образования «О пилотной апробации альтернативных учебных программ в общеобразовательных школах» (приложение).
Согласно приказу, пилотная программа в школах, в которых в 2019-2020 учебном году были введены различные учебные программы, продолжится и в новом 2020-2021 учебном году.
Согласно приказу, общее количество учебных часов в неделю, предусмотренное основным учебным планом на 2020-2021 учебный год, будет сохранено.
До 1 августа текущего года Республиканский образовательный центр разработает типовые календарно-тематические планы по разнообразным учебным планам.
В новом учебном году есть возможность организовать соревновательный класс в 7, 8 и 9 классах общеобразовательной школы. В прошлом учебном году для 10-11 классов были введены факультативные занятия. В 7, 8 и 9 классах у учащихся также будет возможность получить знания и навыки в области веб-фриланса.
Приказ увеличивает количество факультативных занятий с 5 до 12:

первое направление: для 10-11 классов – иностранный язык и филология;

второе направление: для 10-11 классов — финансы — экономика;

третье направление: для 7-8-9-10-11 классов — веб-фрилансер (заработок через интернет);

четвертое направление: для 10-11 классов — технология;

пятое направление: для 10-11 классов — естественные науки;

шестое направление: для 10-11 классов — социально-гуманитарное направление;

Седьмое направление: для 10-11 классов — направление начального образования;

Восьмое направление: для 10-11 классов – химическая технология;

девятое направление: для 10-11 классов – география и геология;

Десятое направление: для 10-11 классов – дошкольное образование и психология;

Одиннадцатое направление: для 10-11 классов — история и археология;

двенадцатое направление: для 10-11 классов — туризм.

В факультативном классе 10-11 классов в ходе пилотного тестирования вариативного учебного плана преподаются 9 обязательных предметов: родной язык и литература, узбекский/русский, иностранный язык, история, педагогика, математика, информатика, физкультура, начальная подготовка до звонка.
Дополнительные часы по факультативному предмету включают:

предоставить учащимся углубленное изучение наук и дополнительную информацию по актуальным темам;

закрепить знания учащихся и обеспечить полное усвоение темы;

Использование образовательных ресурсов «Khan Academy Uzbekistan — Online Education Platform»;

решение примеров и задач, тесты (примеры тестов на сайте DTM) из дополнительной литературы;

привлечение преподавателей высших учебных заведений;

подготовка студентов к вступительным экзаменам в высшие учебные заведения.

Помимо учебников, для углубленного изучения факультативов можно использовать дополнительную литературу и ресурсы. При этом практическое использование авторской учебной программы допускается только при условии ее экспертизы Республиканским центром образования.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: