Onlayn darslar uchun koʻngilli ustozlar izlanmoqda!

Onlayn darslar uchun koʻngilli ustozlar izlanmoqda!

Respublika ta’lim markazi ta’lim sifatiga hissa qo‘shishni istaydigan ko‘ngilli o‘qituvchilar izlanayotganligini ma’lum qildi.

Qadrli ustozlar, xabaringiz bor, ayni kunlarda pandemiya munosabati bilan, mamlakatimiz miqyosida “Online-maktab” loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida har kuni yuzlab videodarslar efirga uzatiladi. Videodarslarni tayyorlash jarayonining oʻziga xos mashaqqatlari bor. Hozir har qanday usulda koʻrsatilgan kichik yordam — onlayn taʼlim sifati uchun katta xizmat boʻlishi mumkin.

Respublika taʼlim markazi efirga uzatilayotgan har bir fan uchun koʻngilli ekspertlar kengashlarini tuzishga qaror qildi. Agar siz u yoki bu fan oʻqituvchisi boʻlsangiz va taʼlim sifatiga hissa qoʻshish istagi boʻlsa, quyidagi havola orqali safimizga qoʻshiling.

Bizga qanday yordamingiz tegishi mumkin?

— Boʻsh vaqtingizda “Online-maktab” pavilyonida suratga olinayotgan darslar sifatini nazorat qilish (Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan ustozlar uchun);

— Masofadan turib, Telegram guruhi orqali darslar uchun tayyorlangan taqdimotlar sifatini nazorat qilishingiz mumkin.

Bundan sizga nima naf?

— Jonbozligingiz Respublika taʼlim markazi tomonidan turli koʻrinishlarda ragʻbatlantiriladi;

— Munosib ustozlar onlayn darslarni surat olish jarayonlariga jalb etiladi.

Sizdan nima talab qilinadi?

— Oʻz faningizni yaxshi bilish va pedagogik salohiyat;

— Slaydlar bilan ishlash koʻnikmasi;

— Bir oz fidoyilik.

Quyidagi soʻrovnoma orqali biz bilan bogʻlaning:
https://forms.gle/ynyd2E75ZLjEt3XD9


Республиканский образовательный центр объявил, что ищет учителей-добровольцев, которые хотят внести свой вклад в повышение качества образования. Ежедневно транслируются сотни видеоуроков. Процесс создания видеоуроков имеет свои сложности. Теперь небольшая помощь любым способом может стать большой услугой для качества онлайн-образования.Республиканский образовательный центр принял решение о создании добровольных экспертных советов по каждой тематике вещания. Если вы учитель естественных наук и хотели бы внести свой вклад в качество образования, присоединяйтесь к нам по следующей ссылке Чем вы можете нам помочь? ); — Вы можете удаленно контролировать качество презентаций для уроков через группу Telegram. Что вы получаете от этого? — Ваш энтузиазм различными способами поощряется Республиканским центром образования; — К процессу онлайн-фотографии привлекаются подходящие преподаватели. Хорошее знание своего предмета и педагогического потенциала; — Умение работать со слайдами; — А. немного посвящения Свяжитесь с нами через следующий опрос:
https://forms.gle/ynyd2E75ZLjEt3XD9

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: