Ta’tilni uzaytirish vakolati hokimlarga berildi

Ta’tilni uzaytirish vakolati hokimlarga berildi

14 ta hudud rahbarlari bog‘chalar, maktablar, professional ta’lim muassasalari va oliygohlardagi ta’tilni uzaytirish yo uzaytirmaslikni ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda mustaqil hal qiladi.

Maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati hokimlarga berilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga bu masalada ob-havo sharoitlaridan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qila oladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hokimlarning bunday vakolatga egaligi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayonida ko‘zda tutilgan.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 27-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlariga ta’lim sohasida tegishli vakolatlar berilgan.
Biroq, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining ma’lum qilishicha, bu asos bo‘la olmaydi. 27-moddada mahalliy davlat hokimiyati organlariga ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv ta’tillarini belgilash yoki ularni bekor qilib, o‘quv jarayonlarini boshlash vakolati berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni O‘zbekistonda kutilayotgan anomal sovuq ob-havo munosabati bilan barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til uzaytirilib, darslar 18 yanvardan boshlanishi rasman e’lon qilingan edi. Lekin, 10 yanvarga kelib, qator hududlardagi ta’lim muassalarida darslar 11 yanvardan boshlanishi ma’lum qilindi.

Mavzuga doir:
Qo‘shimcha ta’til hisobiga darslar qanday tig‘izlashtiriladi?

Uzaytirilgan ta’til vaqtida o‘rindosh pedagoglar oylik maoshi saqlanadimi?

O‘quvchilarning ta’til paytidagi xatti-harakati uchun sinf rahbari javobgar bo‘lmaydi


Главы 14 регионов самостоятельно принимают решение о продлении каникул в детских садах, школах, профессиональных учебных заведениях и вузах в зависимости от погодных условий.

Губернаторы вправе продлевать или не продлевать период зимних каникул в дошкольных, общеобразовательных, средних специальных, профессиональных и высших учебных заведениях.
Совет Министров Республики Каракалпакстан, хокимы областей и города Ташкента могут самостоятельно принять решение по данному вопросу исходя из погодных условий.
Как сообщает пресс-служба Министерства дошкольного и школьного образования, такие полномочия акимов предусмотрены в соответствующем постановлении Кабмина.
По данным министерства, статья 27 Закона «Об образовании» наделяет органы местного самоуправления соответствующими полномочиями в сфере образования.
Однако, по мнению Федерации обществ защиты прав потребителей, это не может быть основанием. Статья 27 не дает органам местного самоуправления право устанавливать учебные каникулы для организаций образования или отменять их и начинать образовательный процесс.
Напомним, что 5 января в связи с ожиданием аномальных холодов в Узбекистане во всех учебных заведениях были продлены зимние каникулы, официально объявлено о начале занятий 18 января. Однако к 10 января было объявлено, что занятия в учебных заведениях ряда регионов начнутся 11 января.

Предмет:
Как интенсифицируются занятия за счет дополнительных каникул?

Сохранится ли месячная заработная плата замещающих педагогов во время продолжительного отпуска?

Классный руководитель не несет ответственности за поведение учащихся во время каникул.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: