Akademik litseylarda an’anaviy darslar qachon boshlanishi aytildi

Akademik litseylarda an’anaviy darslar qachon boshlanishi aytildi

Joriy yil 15 oktabrdan oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda 2020-2021 o‘quv yili an’anaviy tarzda boshlanadi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Bunda SanPiN talablari bajarilgan taqdirda va ota-onalar hamda deputatlardan ijobiy xulosa berilgandan so‘ng akademik litseylarda o‘quv jarayonini boshlashga tayyorligi haqida hududiy ishchi guruhlarning xulosasi olinadi.

Yangi o‘quv yilini an’anaviy tarzda boshlashga tayyor bo‘lgan akademik litseylarda o‘quv jarayonini boshlash masalasi tuman (shahar) xalq deputatlari kengashi muhokamasidan o‘tkaziladi.

Shuningdek, o‘quv jarayonlarini boshlash muddati va shaklini belgilash maqsadida ota-onalarning fikrini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkaziladi.

Ta’lim muassasasiga o‘quvchilarning an’anaviy tarzda kelib o‘qishlari majburiy hisoblanmaydi.

Karantin talablaridan kelib chiqib, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar turar joylari hamda oshxona/bufetlar faoliyat yuritmaydi.


С 15 октября текущего года в академических лицеях при высших учебных заведениях традиционно начнется 2020-2021 учебный год. Об этом сообщили в Министерстве высшего и среднего специального образования.Вопрос о начале учебного процесса в академических лицеях, которые традиционно готовы к началу учебного года, будет обсуждать районный (городской) Совет народных депутатов. карантинных требований, в учебных заведениях отсутствуют студенческие общежития и столовые/кафетерии.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: