Uzaytirilgan ta’til vaqtida o‘rindosh pedagoglar oylik maoshi saqlanadimi?

Uzaytirilgan ta’til vaqtida o‘rindosh pedagoglar oylik maoshi saqlanadimi?

Uzaytirilgan qishki ta’til vaqtida o‘rindoshlik asosida dars berayotgan pedagog xodimlarning ham oylik maoshi to‘liq saqlanadimi?

Xabaringiz bor, kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘zining rasmiy sahifasida qishki ta’tilning uzaytirilgani o‘qituvchilarning oylik maoshiga ta’sir qilmasligi haqida ma’lum qilgan edi.

Ammo o‘rindoshlik asosida ishlayotgan o‘qituvchilar bu tartibni to‘liq tushunmagani uchun ta’til oyligimizga ta’sir qilmaydimi deb yana savol berishyapti. Bu kabi savollar berilishi tabiiy hol edi. Chunki avvalgi yilllarda ham aynan shu masalada juda ko‘p chalkashliklar bo‘lgan. Hozir buni batafsil tushuntirishga harakat qilamiz.

O‘rindoshlik asosida ishlash deganda xodim o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishi tushuniladi.

Tartibga ko‘ra, har chorakda o‘quvchilarga beriladigan odatiy ta’tillar vaqtida ularga oylik maosh yozilmasdi. Misol uchun, tarix fani o‘qituvchisi asosiy ish joyidan 20 soat, qo‘shni maktabdan esa 10 soat o‘rindoshlik asosida dars olgan bo‘lsa, ta’til paytlari ana shu o‘qituvchiga faqat asosiy ish joyidan oylik to‘lanardi.

❕Lekin, bu safar o‘rindoshlik asosida dars berayotgan pedagog xodimlarning ham oylik maoshi to‘liq saqlanadi.

Negaki, qishki ta’til muddatining ortga surilishi o‘qituvchining aybi bilan bo‘lmadi. Mehnat kodeksining 159-moddasiga ko‘ra xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqtda uning o‘rtacha ish haqi saqlanishi kerak.

Bunda o‘rindoshlik asosida ishlayotgan o‘qituvchilarga 28 dekabrdan 10 yanvarga qadar oylik yozilmasligi mumkin. Ammo ta’til muddati uzaytirilganligi uchun ularga 11 yanvardan to 17 yanvarga qadar bo‘lgan oraliqda albatta ish haqi to‘lanishi lozim.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Soatbay ishlayotgan hodimga mehnat ta’tili puli beriladimi?

Nаvbаtdаn tаshqаri tа’tilda xodimlаrning ish hаqi saqlanadimi?

O‘rindoshlik asosida qancha ishlash mumkin?


В период продленных зимних каникул будет ли сохранена полная месячная заработная плата педагогического коллектива?

Как известно, вчера Министерство дошкольного и школьного образования сообщило на своей официальной странице, что продление зимних каникул не повлияет на ежемесячную заработную плату воспитателей.

Однако учителя, работающие на замещающей основе, снова спрашивают, не повлияет ли отпуск на нашу зарплату, потому что не до конца понимают этот порядок. Было естественно задавать такие вопросы. Потому что в предыдущие годы было много путаницы по этому вопросу. Сейчас мы постараемся объяснить это подробно.

Работа по совместительству означает, что работник помимо выполнения своей основной работы выполняет иную оплачиваемую работу на основании трудового договора в свободное от основной работы время.

Согласно порядку, во время очередных каникул, предоставляемых студентам ежеквартально, им не выплачивалась месячная заработная плата. Например, если учитель истории преподавал 20 часов по основному месту работы и 10 часов в соседней школе на замещающей основе, то в каникулярное время этому учителю будет выплачиваться только оклад по основному месту работы.

❕Однако на этот раз будет сохранена полная месячная заработная плата ППС, преподающих на замещающей основе.

Ведь перенос зимних каникул произошел не по вине учителя. Согласно статье 159 Трудового кодекса за работником во время отсутствия без вины сохраняется средняя заработная плата.

При этом учителям, работающим на временной основе, могут не выплачиваться ежемесячные выплаты с 28 декабря по 10 января. Однако, поскольку отпускной период продлили, заработная плата им должна быть выплачена с 11 по 17 января.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Будет ли оплачиваться отпуск сотруднику, работающему в Soatbay?

Сохраняется ли заработная плата работников во время отпуска?

Сколько можно работать на основе сиденья?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: