5 yil pedagoglik stajiga ega o‘qituvchilar qabuli haqida ma’lumot berildi

5 yil pedagoglik stajiga ega o‘qituvchilar qabuli haqida ma’lumot berildi

Avval xabar berganimizdek, Davlat qabul komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar pedagogika OTMlarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi belgilangan.

Unga ko‘ra kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun 14 ta pedagogika OTMlarida jami 1000 ta maqsadli kvota ajratilgan.
Bunda eng asosiy joyi shundaki, ushbu mingta kvota o‘qishga kira olmagan pedagoglar uchun. Agar o‘zining kuchi bilan o‘qishga kirganlar bo‘lsa, ular o‘sha kirgan OTMda o‘qiyveradi.
Ko‘pchilik o‘qituvchilar ushbu masalada murojaat qilib, bizdan hech kim hech narsa so‘ramayapti, mana shu mingta kvotaga qabul qachon bo‘ladi, deb so‘rashmoqda.
Shu sababli Xushnudbek Xudoyberdiyev qisqa tushuntirib berdi. Demak, ushbu qabul quyidagicha tashkil etiladi:
5 yil stajga ega o‘qituvchilar hech qayerga hujjat topshirishi yoki ariza berishi shart emas;
Xalq ta’limi vazirligi 5 yil stajga ega pedagoglar ro‘yxatini shakllantirgan. DTMdan o‘sha ro‘yxat asosida o‘qishga kira olmagan o‘qituvchilar necha ball olganining ma’lumotini olishgan. Hozir endi ushbu ma’lumotlarni saralash va yana bir marta tekshirish jarayoni ketmoqda;
Yiqilgan o‘qituvchilar maqsadli kvota doirasida ballar ketma-ketligida o‘qishga tavsiya qilinadi. Ya’ni jaydari tilda aytganda, o‘qishdan yiqilgan o‘qituvchilar orasida eng ko‘p ball olgan 1 ming nafar 5 yil stajli pedagoglar qo‘shimcha kvotaga o‘qishga qabul qilinadi.
Yana qaytaraman, bu jarayonlar tugagunga qadar o‘qituvchilar hech qayerga hujjat topshirishi, kimlarningdir eshigida sarg‘ayishi, kimlardandir iltimos qilib yalinishi shart emas. Barchasini Xalq ta’lim vazirligi va Davlat test markazining o‘zi qiladi.
Javoblar qachon aniq bo‘ladi?
Kimlar kirganining javoblari sentyabr oyining oxiri — oktyabr oyining boshlarida chiqib qolsa kerak. Ushbu mingta kvota faqat sirtqi ta’lim shakli uchun berilishini hisobga olsak, bu hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Sirtqidagilarning o‘qishi boshlanguncha javoblar albatta e’lon qilinadi.


Как мы сообщали ранее, согласно постановлению № 1 Государственной приемной комиссии, в 2022-2023 учебном году учителя, работающие в общеобразовательных учреждениях, не имеющие высшего педагогического образования и имеющие стаж педагогической работы не менее 5 лет. В высших учебных заведениях установлено, что бакалавриат принимается на заочную форму обучения на основании договора об оплате труда.

Согласно ему, всего в 14 педагогических вузах выделено 1000 целевых квот для преподавателей со стажем педагогической работы не менее 5 лет.
Самое главное, что эти тысячи квот предназначены для педагогов, которые не смогли учиться. Если есть те, кто поступил в вуз своими силами, они будут учиться в том вузе, в который поступили.
Многие учителя обращаются к нам по этому поводу, и никто не спрашивает нас, когда будет набор на эти тысячи квот.
Поэтому кратко пояснил Хушнудбек Худойбердиев. Итак, этот прием организован следующим образом:
Преподавателям с 5-летним стажем не нужно никуда подавать документы или обращаться;
Министерство народного образования составило список педагогов с 5-летним стажем. На основании этого списка преподаватели, не прошедшие DTM, получили информацию о том, сколько баллов они набрали. Сейчас идет процесс сортировки и перепроверки этой информации;
Неуспевающим учителям рекомендуется учиться в последовательности баллов в пределах целевой квоты. Иными словами, в дополнительную квоту будет допущена 1000 педагогов со стажем работы 5 лет, набравших наибольшее количество баллов среди выбывших из школы учителей.
Повторюсь, пока эти процессы не завершены, учителям не нужно никуда обращаться, появляться у кого-то в дверях, кого-то упрашивать. Все делается Министерством народного образования и Государственным тестовым центром.
Когда будут ясны ответы?
Ответы вступивших, вероятно, выйдут в конце сентября — начале октября. Учитывая, что эти тысячи квот даются только на заочное обучение, это не вызывает никаких проблем. Ответы обязательно будут опубликованы до начала изучения аутсайдеров.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: